Bank ishi” fakulteti “Bank ishi” kafedrasi Kurs ishi


Download 1.12 Mb.
bet1/7
Sana21.04.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1368693
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kursi ishi.....Og\'abek


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BANK ISHI” fakulteti
Bank ishi” kafedrasi
Kurs ishi
Mavzu:

Tayyorladi:
talabasi: Qodirov Og‘abek Quranboy o‘g‘li
ilmiy rahbar:

Toshkent-2023

Mamlakat oltin valyuta zaxiralarini ko’paytirish va samaralari boshqarish masalalari.

Kirish
Asosiy qism


1. Mamlakat oltin valyuta zaxiralarini tashkil qilishning huquqiy asoslari
2. Mamlakat oltin valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarishda Markaziy bankning o’rni
3.Mamlakat oltin valyuta zaxiralarini ko’paytirish va samaralari boshqarishdagi muammolar va ularning yechimi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhat


Kirish
Oltin-valyuta zaxiralari -mamlakatning markaziy emissiya banki yoki xazinasida quyma (yombi) va tanga shaklida toʻplangan markazlashgan oltin rezerv fondi. Oltin valyuta.zahirasiga hukumat va markaziy banklarga tegishli boʻlgan oltin quymalari va oltin tan-galar, xorijiy bank hisob raqamlaridagi valyuta mablag‘lari, xorijiy mamlakatlar banknotlari, tangalari va davlat qimmatli qogʻozlari, shuningdek, Xalqaro valyuta fondi (XVF)dagi rezerv pozitsiyalari kiradi.Oltin valyuta zaxiralari mamlakatning pul birligini mustahkamlash, uni barkaror ushlab turish, shuningdek, ichki valyuta bozorini zaruriy valyuta mablagʻlari bilan taʼminlash maqsadida shakllantiriladi.
Markaziy bank va boshqa moliya intlari tomonidan saqlanadigan Oltin valyuta zaxiralari hajmi xalqaro va mintaqaviy valyuta-kredit hamda moliyaviy institutlarning xorijiy bank hisob raqamlaridagi xalqaro toʻlovlar uchun moʻljallangan mablagʻlari hisobidan toʻldirib boriladi. O.-v.z.ni shakllantirishda erkin muomaladagi, yaʼni boshqa valyutalarga toʻsiklarsiz ayirboshlash mum-kin boʻlgan valyutalar ham muhim oʻrin tutadi. Oltin (quyma va tanga koʻrinishida) yuqori likvidlikka ega boʻlgan xalqaro mablagʻlar orasida muhim ahamiyatga egaligini saklab kelmoqda.XVFga aʼzo mamlakatlar oʻzlarining O.-v.z.ga XVFdan erkin talab qilib olish mumkin boʻlgan valyuta qoldiqlarini kiritib borishga alohida eʼtibor beradi. Ushbu mablagʻdan XVF kapitaliga oltindan berilishi lozim boʻlgan toʻlov kvotasini oʻtkazib berishda foydalaniladi. 1970-yildan boshlab esa ushbu toʻlov kvotasini har bir davlat uchun belgilangan biror fond valyutasida toʻlash huquqlari joriy etildi.
Oltin vakyuta zahiralari xalqaro mablagʻlarining zaxira fondi vazifasini bajaradi qamda toʻlov balansi taqchilligini qoplash va valyuta bozorida milliy valyuta kursini ushlab turish maqsadida intervensiya qilish uchun foydalaniladi. Uning optimal qiymati tashqi likvidlikni, yaʼni mamlakatning xorijiy mamlakatlarga boʻlgan toʻlovlarini oʻz vaqtida, uzluksiz taʼminlash uchun yetarli boʻlmogʻi lozim. Oltin valyuta zahirasining kamayishi mamlakatning valyuta siyosati salbiy ekanligidan dalolat beradi.


Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling