Bank ishi” fakulteti “Bank ishi” kafedrasi Kurs ishi
O‘zbekiston oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoning kuchli 20 talik reytingiga kirdi
Download 1.12 Mb.
|
Kursi ishi.....Og\'abek
O‘zbekiston oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoning kuchli 20 talik reytingiga kirdi
Butunjahon oltin kengashining 2021-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibidagi oltin hajmi bo‘yicha dunyoning top-20 taligi reytingida Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya va Liberiyadan o‘zib ketgan holda 15-o‘rinni egalladi. Bu haqda ‘‘Review.uz’’ xabar berdi. Foto: Bloomberg Oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirish, optimal darajada tutib turish va zaruratga qarab ko‘paytirish barcha mamlakatlar Markaziy banklari zimmasidagi muhim vazifa hisoblanadi. Oltin-valyuta zaxiralarining hajmi har bir mamlakat milliy moliya bozorining barqarorligini, mamlakatning xalqaro kapital bozorlaridan kredit jalb qilish imkoniyatlarini, tarkibiy islohotlar o‘tkazilishi hamda milliy iqtisodiyot va moliya bozorlari rivojlanishining ta’minlanganligini ifodalaydi. Biroq hozirgi sharoitlarda oltin-valyuta zaxiralari hajmi va tarkibiga qo‘yiladigan an’anaviy talablar sezilarli darajada farq qiladi va mamlakatning moliyaviy barqarorligini aniqlash uchun oriyentir hisoblanmaydi. Ayrim rivojlangan mamlakatlar o‘z xalqaro zaxiralariga mos kelmaydigan o‘ta yuqori tashqi qarz ko‘rsatkichlariga ega. AQSH uzoq yillar davomida zaxiralarni asosan oltin ko‘rinishida saqlab keladi. Bu o‘z valyutasini emissiya qilish imkoniyatini hisobga olgan holda mantiqan to‘g‘ridir. O‘zbekiston eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlar sirasiga kiradi. Oltin ko‘rinishidagi salmoqli zaxiralarga ham ega. Keyingi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishi barobarida tashqi qarzning ko‘payishi va tashqi savdoda salbiy saldo tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu esa ba’zan xavotirga sabab bo‘lib, jahondagi bugungi tendensiyalarni hamda mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining zamonaviy funksiyalaridan to‘liqroq foydalanish imkoniyatlarini chuqurroq o‘rganish zaruratini keltirib chiqaradi. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil yakunlari bo‘yicha zaxiralar hajmi 34,7 mlrd dollarga teng bo‘lgan holda, import hajmi chorakda 6,3 mlrd dollarni tashkil etgan. Ya’ni, qoplash koeffitsenti tavsiya etilgan minimal ko‘rsatkichdan qariyb 5 baravar yuqori. Intervensiyalarni qoplash koeffitsiyenti zaxiralar hajmi va bir kunlik intervensiyalar hajmining (o‘rtacha, maksimal) nisbati sifatida hisoblanadi. Zarur bo‘lgan minimal qiymat, odatda, belgilanmaydi. O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga asosan, 2020-yilda xorijiy valyuta savdosi saldosi 5,23 mlrd dollarni, 2021-yil yakunlari bo‘yicha esa 3,23 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu mavjud zaxiralar hajmi bilan to‘liq qoplanadi. Pul bazasini qoplash koeffitsiyenti zaxiralar hajmi va keng ma’noda pul bazasi hajmining nisbati sifatida hisoblanadi. Zarur bo‘lgan minimal qiymat – 100 foiz. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil yakunlari bo‘yicha pul massasi hajmi 130,5 trln so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich (AQSH dollarining joriy kursini hisobga olgan holda) tavsiya etilgan limitlardan qariyb 3 baravar yuqori ekanini ko‘rish mumkin Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling