Bank ishi” kafedrasi sirtqi ta’limning 5230700- “Bank ishi va auditi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs sbia-81 guruh talabasi Umarqulova Fotimaning amaliyot daftari toshkent-2022
Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar
Download 0.7 Mb.
|
Umarqulova Fotima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar reja amalda bajarilishi (%)
- Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar _______________________________ ______________
- MyTuron
Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar _______________________________ ______________ (ismi-sharifi) (imzo)
(muhr o‘rni) 4-mavzu. Tijorat banki faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish Bankning samarali faoliyatini joriy yil 1-dekabr holatiga ko'ra, bankning sof aktivlari 1068,5 mlrd. so'mga yetib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 265,7 mlrd. so'm yoki 33,1 foiz o'sgani ham tasdiqlab turibdi. Bankning likvidlik, ishonchlilik, to'lovga qobiliyatlilik kabi asosiy ko'rsatkichlari barqarorligi ta'minlanib, uning jami kapitali o'tgan yilning mos davriga nisbatan 59,2 mlrd. so'm yoki 49 foiz o'sdi va 180 mlrd. so'mni tashkil etdi.
O'z navbatida, bank kredit qo'yilmalari hajmida ham o'sish kuzatilmoqda. Ushbu raqam o'tgan yilning mos davriga nisbatan 200 mlrd. so'm yoki 49,2 foizga o'sib, hozirgi paytda 636 mlrd. so'mga yetdi. Xususan, kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun joriy yilning o'tgan davrida bank mablag'lari hisobidan ajratilgan sarmoyalar miqdori 239 mlrd. 200 mln. so'mga yetgani bu boradagi ishlarning amaliy samarasidir. Bank ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bilan bog'liq loyihalarni moliyalashtirish, qishloq joylarda tadbirkorlikni taraqqiy ettirish maqsadida 168 mlrd. 700 mln. so'mdan ortiq investitsiyalarni yo'naltirdi. Bundan tashqari, «Turonbank» ATB tomonidan ayni paytda naqd pulsiz hisob-kitoblarni kengaytirish va plastik kartochkalar emissiyasini ko'paytirish borasida qator amaliy choralar ko'rilmoqda. Buning samarasi o'laroq, 2022-yil 1-dekabr holatiga ko'ra, bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni o'tgan yilning mos davriga nisbatan 67,5 ming donaga oshib, 376,5 ming donani tashkil etdi. Shundan 369,6 ming donasi jismoniy shaxslarga, 6,9 ming donasi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan korporativ plastik kartochkalaridir. Shu bilan birga, 2022 yil- ning 1- dekabr holatiga ko'ra, bank tomonidan yosh oilalarga 4 mlrd. so'mlik ipoteka kreditlari, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 9,2 mlrd. so'm, servis sohasiga 87,3 mlrd. so'm, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga 6 mlrd. so'm, ishbilarmon ayollar rahbarlik qilayotgan korxonalarga 32,9 mlrd. so'm miqdorida kreditlar berildi. Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, «Turonbank» ATB innovatsion g'oya va loyihalar uchun hamisha ochiq moliya muassasasidir. Shu bois ham mijozlar biznesini rivojlantirishga ko'maklashish maqsadida yangi bank texnologiyalari asosidagi masofadan boshqarish tizimlari joriy qilindi. Amaliyot o‘tash joyidan tayinlangan rahbar _______________________________ ______________ (ismi-sharifi) (imzo) (muhr o‘rni) 5-mavzu. Tijorat bankining zamonaviy chakana xizmat turlarini o’rganish. Endi bank xizmatlaridan foydalanish yanada qulaylashtirildi bank ofislariga kelmasdan MyTuron mobil ilovasidagi My ID tizimi orqali identifikatsiyadan o‘tib, Turonbank mijoziga aylanish va mobil ilovasi orqali ko‘plab amaliyotlarni bajarish mumkin. Jumladan, bir necha daqiqa ichida “Onlayn Mikroqarz” rasmiylashtirish, shuningdek UzCard, Humo, Visa, Mastercard plastik kartalariga onlayn buyurtma berish va bir necha soniya ichida Humo Virtual kartasini ilovaning o‘zida ochish imkoniyati mavjud. Plastik kartalar turidan kelib chiqib ularni bir lahzada bloklash, hisobdagi mablag‘larni nazorat qilish, PIN-kodni o‘zgartirish, SMS-xabarnoma yoqish yoki o‘chirish orqali kartalarni boshqarish mumkin. Smartfoningiz orqali MyTuron mobil ilovasiga kirib istalgan vaqtda va istalgan joyda MyTuron ilovasi orqali taqdim etilayotgan bank xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. MyTuron mobil ilovasi qulay interfeysga ega bo‘lib, bank xizmatlaridan tez va oson foydalanish imkoniyatini yaratadi. MyTuron mobil ilovasiga boshqa banklarning UzCard va Humo plastik kartalarini ham ulab, “Onlayn Mikroqarz”dan tashqari boshqa barcha amaliyotlardan bemalol foydalanish imkoniyati yaratilgan. Mobil ilovada MyTuron Bonus kartasi ham mavjud, to‘lovlar uchun bu kartaga bonuslar yig‘iladi. Mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tgan mijozlar ham bonuslarga ega bo‘ladi. Ushbu tizim juda kulay va xavfsiz. U biron bir tashqi faktorlarga emas, faqat foydalanuvchining o‘ziga bog‘liq bo‘lib, tizimga ulangach to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda qulay sharoitlarda to‘lash imkoni yaratiladi. MyTuron ilovasidan foydalanishda o‘z hohishingizga ko‘ra 5 xonali pin-kod vositasidan yoki ikki bosqichli autentifikatsiyali himoya tizimidan foydalanish mumkin. Bunda har gal tizimga kirish uchun bank programmasi orqali mobil telefoningizga yuboriladigan bir martalik sms-kodi to‘lovlaringiz xavfsizligini ta’minlaydi. MyTuron ilovasi iPhone va Android telefonlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Bank operatsiyalarrini tez va oson bajarish imkoniyatiga ega MyTuron mobil ilovasini PlayMarket va Appstore orqali yuklab olishingiz mumkin. Quyidagi shtrix kodni skaner qilish orqali ham MyTuron ilovasini mobil telefoningizga yuklab oling. QR–kodli ilovani mobil telefoningizga yuklab olish uchun telefoningizda QR Code Reader dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling