Bank ishi va audit


Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo„nalishi Markaziy Osiyo


Download 465.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana26.01.2023
Hajmi465.03 Kb.
#1127703
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
AKRAMOV TARIX

Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo„nalishi Markaziy Osiyo 
mintaqasidir. O„zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va 
barqarorlikni ta‟minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal 
etishga, shu jumladan, Afg„onistondagi vaziyatni hal qilishga ko„maklashishga 
qaratilgan. O„zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash
mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo 
transchegaraviy daryolarining suv-yenergetika resurslaridan oqilona va kompleks 
foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta‟minlash, chegaralarni 
delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha 
sa‟y-harakatlarni amalga oshiradi. 
O„zbekiston mintaqa davlatlari bilan do„stona va ahil qo„shnichilik 
munosabatlarini 
mustahkamlashdan, 
ilmiy-texnikaviy 
va 
madaniy-gumanitar 
hamkorlikni rivojlantirishdan, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari 
va oddiy fuqarolar o„rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor. 
O„zbekiston 
Afg„oniston 
bilan 
aloqalarni 
kengaytirishni, 
mazkur 
mamlakatdagi vaziyatni tinch yo„l bilan hal etishga qaratilgan xalqaro sa‟y-
harakatlarda faol ishtirok etishni davom ettiradi. O„zbekiston tomoni Afg„oniston 
iqtisodiyotini qayta tiklanishiga, uning transport, ishlab chiqarish, energetik va 
ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirishga ko„mak berishda davom etadi. Barqaror 
va ravnaq topayotgan Afg„oniston Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlikning 
kafolatidir. 
MDH malakatlari bilan hamkorlik ham O„zbekiston tashqi siyosatining 
ustuvor yo„nalishi hisoblanadi. Mazkur davlatlar bilan respublikamiz tarixan 
shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport-kommunikatsion va boshqa aloqalarga 
ega. O„zbekiston Hamdo„stlik mamlakatlari bilan tenglik, o„zaro foydalilik, bir-
birining manfaatlarini hurmat qilish va e‟tiborga olish tamoyillari asosida ikki 
tomonlama hamkorlik munosabatlarini qurishni davom etadi. 
O„zbekiston Rossiya bilan 2004-yil 16-iyunda imzolangan Strategik 
hamkorlik, 2005-yil 14-noyabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari to„g„risidagi 
shartnomalar hamda 2012-yil 4-iyunda imzolangan O„zbekiston Respublikasi va 
Rossiya Federatsiyasi o„rtasida Strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to„g„risidagi 
deklaratsiya asosida do„stona munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash va 
tadrijiy rivojlantirish ikki mamlakat manfaatlariga to„liq mos keladi hamda 
mintaqadagi tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Ikki 
tomonlama munosabatlarning eng muhim vazifalari O„zbekiston Respublikasi 


Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 4-5-aprelida Rossiyaga davlat tashrifi 
chog„ida erishilgan kelishuvlarni to„liq amalga oshirilishini ta‟minlashdan 
iboratdir. 

Download 465.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling