Bank ishi va audit


Download 465.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana26.01.2023
Hajmi465.03 Kb.
#1127703
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
AKRAMOV TARIX



 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
ANDIJON FAKULTETI 
“BANK ISHI VA AUDIT” YO’NALISHI 70/22 GURUH 
TALABASI AKRAMOV MUHIDDINNING “O’ZBEKISTONNING 
ENG YANGI TARIXI”FANIDAN O’ZBEKISTON VA JAHON 
HAMJAMIYATI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 
REFERATI 
TAYYORLADI: AKRAMOV.M 
TEKSHIRDI: ABDULLAYEV.T 


. O„zbekiston va jahon hamjamiyati.
Reja: 
1. O„zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining 
yaratilishi va uning tamoyillari. 
2. O„zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo„shilishi va xalqaro nufuzining 
ortib borishi. 
3. O„zbekistonning MDH, Markaziy Osiyodagi qardosh davlatlar va 
jahonning turli mamlkatlari bilan hamkorlik munosabatlari. 
4. O„zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi. 
*** 
 
1. O„zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining 
yaratilishi va uning tamoyillari. 
XX asrning oxirgi o„n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o„zgarishlar davri bo„lib 
kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o„zgarib, bir-biriga qarama-
qarshi bo„lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki 
harbiy-siyosiy blok barham topdi. Xalqaro vaziyatning tinchligi va xavfsizlik 
tizimi shu ikki tomonning o„zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. 
Dunyoda «sovuq urush» siyosati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi 
xavfi ostida yashardi. Biroq sobiq Ittifoqning parchalanishi natijasida uning 
tarkibidagi 15 ta mustaqil davlat, jumladan mustaqil O„zbekiston davlati vujudga 
keldi. «Sovuq urush» siyosati barham topdi. XXI asr bo„sag„asida xalqaro 
vaziyatning o„zgarishi jahon tapaqqiyotininr holatini ham tubdan o„zgartirib 
yubordi. Endi dunyo ko„p qutbli bo„lib qoldi.
Dunyoning geosiyosiy holati yangi pallaga ko„tarildi. Sosialistik tuzum 
yemirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta‟sir etdi.
Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o„z taraqqiyot ko„lami bilan 
jahon hamjamiyatidan munosib o„rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori 
O„zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o„rin olish maqsadida o„zining 
ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O„zbekistonning o„z taraqqiyot 
istiqbollari uchun qulay jo„g„rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham 
mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o„rin olish uchun 
imkon berdi. Xususan, O„zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o„rni, bu 
hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo„lib kelgani 
Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib 
kelinmoqda. O„zbekistonning bu borada amalga oshirgan ulkan yutuqlari 
umumjahon sivilizasiyasi bilan mushtarak ekanligini alohida qayd etish bilan birga 
bu sermashaqqat yo„lda Prezident I. A. Karimovning o„rni beqiyosligini ham aytib 
o„tmoq lozim.
Ma‟lumki, sobiq ittifoq davrida O„zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar 
bilan to„g„ridan to„g„ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo„lib, respublikaning o„rni 
faqat qog„ozlarda federasiya sub‟ekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. 
O„zbekiston o„z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko„rsatishdan ajrab qolgan, xorij 
bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.


Istiqlolning 
dastlabki 
kunlaridan 
boshlab 
O„zbekistonda 
xalqaro 
tashkilotlarning faoliyatini o„rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik 
aloqalarni yo„lga qo„yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali 
milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta‟kidlash kerakki, 
O„zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
Mamlakatimiz tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy aloqalarining asosiy 
tamoyillari nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berildi. Tashqi siyosiy va 
tashqi iqtisodiy yo„lni belgilashda jahon tajribasidan foydalanildi, mamlakatimiz, 
xalqiimz xususiyatlari va manfaatlari hisobga olindi. Tashqi siyosatga tinchlik, 
barqarorlik, hamkorlik yo„li asos qilib olindi. 
“Xalqaro hamjamiyatning to„la huquqli a‟zosi bo„lgan O„zbekiston 
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq sub‟ekti 
sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o„z 
hududini qurol-yarog„lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy 
qirg„in qurollarini o„qotish, suveren davlatlar o„rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal 
yetishda kuch ishlatish va tazyiqqa o„l qo„ymaslikdan iborat”,-deb 1991-yil 31-
avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi 
Bayonot”da o„z tashqi siyosatining asosiy o„lini belgilab olgan O„zbekiston 
Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-
moddasida bu yo„lni qonun bilan mustahkamladi.  
O„zbekistonni 
xalqaro 
huquq 
sub‟ekti 
sifatida 
belgilaydigan, 
respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan 
qonunlar qabo„l qilindi. 
Hozirgi vaqtda O„zbekiston O„zining tashqi siyosati quyidagi tamoyillarga 
asoslangan 
holda 
olib 
bormoqda. 
Bu 
tamoyillar: 

mafkuraviy 
qarashlardan 
qat‟iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, 
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik vaxavfsizlikni saqlashga sodiqlik

davlatlarning suveren tengligi va chegaralar dahlsizligini hurmat 
qilish; 

boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

nizolarni tinch yo„l bilin hal etish; 

kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 

inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; 

ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning 
umum e‟tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi; 

davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini 
ta‟minlash maqsadida itttifoqlar to„zish, hamdo„stliklarga kirish va ulardan ajralib 
chiqish; 

tajovo„zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 

tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko„ptomonlama 
kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga 
boshqasidan uzoqmaslik; 


Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo„lib 
tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan 
olishini ta‟minladi. 
O„zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning 
umumjahon e‟tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya darajasida ham 
mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui 
Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklarasiyasidan, va 
inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va 
Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni 
rivojlantirish 
maqsadida 
“Diplomatik munosabatlarni o„rganish tartibi”, 
“O„zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida 
aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan 
tamoyillari o„z aksini topdi.
Shu o„rinda aytib o„tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning 
asosiy tashqi siyosiy doktarinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar 
yo„nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish 
imkonini 
berdi. 
Mamlakatimizni 
jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini 
mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida 
mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta‟minladi. O„zbekiston Respublikisi 
o„zining tashqi siyosatdagi yo„nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan 
holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo„lgan davr 
ichida respublikani 111 davlat, hozirgi kunga qadar esa O„zbekiston mustaqilligini 

Download 465.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling