Bank ishi va audit


natijasida strategik hamkorlik to„g„risida bitim tuzildi


Download 465.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana26.01.2023
Hajmi465.03 Kb.
#1127703
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
AKRAMOV TARIX

natijasida strategik hamkorlik to„g„risida bitim tuzildi. Bunda siyosiy, harbiy, 
harbiy-texnika, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa masalalar bo„yicha alohida bitimlar 
imzolandi. Yoqilg„i-energetika sohasida neft va gaz qidiruv ishlarini bir milliard 
dollarga, «Gazprom» va Uzneftgaz birlashmasi o„rtasida mavjud yoqilg„i 
korxonalarini texnik jihatdan qayta qurish uchun 1 milliard 200 million dollar 
hajmda bajarishga kelishildi.
O„zbekistonda 350 korxona Rossiya investitsiyasi asosida ishlab, shundan 300 
tasi qo„shma korxonalarda, Rossiyada esa 100 dan ortiq O„zbekiston-Rossiya 
qo„shma korxonalari ishlayapti.
V.V.Putin: «...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan 
manfaatdormiz» degan edi. O„zbekistonda bir mln. ortiq rus millatiga mansub 
fuqarolar yashaydi. O„zbekistonda rus tilida 159 ta maktab, rus-o„zbek tillarida 
ishlaydigan 603 ta maktab mavjud. O„zbekiston aholisining 84,9 foizi rus tilida 
erkin gaplashadi. Rus tilida 85 gazeta va 52 jurnal nashr etiladi. 2002-2004-yillari 
500 mingdan ortiq darsliklarni Rossiya hukumati yubordi. Har yili Rossiya oliy 
o„quv yurtlarida o„zbek yoshlari uchun tekin, barcha sharoitlarga ega o„quv 
o„rinlari ajratiladi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat Rossiya Federasiyasi bilan, balki Ukraina bilan 
ham keng yo„lga qo„yildi.
1993-yil Markaziy Osiyo rahbarlarining Almatida bo„lib o„tgan 
uchrashuvidan so„ng Markaziy Osiyo hamdo„stligiga asos solindi
Hamdo„stlikka a‟zo bo„lgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy 
texnika taraqqiyoti yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, 
xorijiy davlatlardan mahsulot tashish, zarur xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni 
keltirish hamda o„z mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, tabiiy ofatlar oqibatini 
tugatish, ekologiya sohasida tadbirlarni birgalikda o„tkazish uchun imkoniyatlar 
yaratildi.
Din, e‟tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy 
taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o„ziga ruxan, urf-
odatlari va an‟analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar 
o„rnatish suveren O„zbekistonning tashqi siyosatidagi muhim o„nalishlardan 
biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun
ular orasida qadimiy do„stlik va birodarlikni mustahkamlash, o„zaro iqtisodiy 


muammolarni yechish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit 
yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg„ularini, uyg„otib kelmoqda.
Ayni paytda O„zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni 
yo„lga qo„yib borar ekan, bu mintaqada iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo„lga 
qo„yishdagi asosiy xavf Afg„oniston mojorosi ekanligini doimo diqqat markazida 
saqlab turdi. Bularga siyosiy jihatdan diniy ruhdagi ekstremizm, xalqaro terrorizm
korrupsiya va jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog„ savdosi 
kabi muammolarni kiritish mumkin.
Oxirgi yillarda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 
tashabbusi bilan O„zbekistonning Qozog„iston, Tojikiston, Turkmaniston, 
Qirg„iziston respublikalari bilan munosabatlari yangi bosqichga chiqdi. Ayniqsa, 

Download 465.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling