Bank ishi va audit
Download 465.03 Kb. Pdf ko'rish
|
AKRAMOV TARIX
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. O„zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi
- Respublikaning
Qozog„iston
va Turkmaniston tomonidan Davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi hududi haqida shartnoma imzolandi. Ushbu shartnoma muddatsiz bo„lib, denonsatsiya qilinmaydi, u uch qo„shni davlat o„rtasidagi do„stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi. So„nggi paytda O„zbekiston va Qirg„iziston o„z chegaralarining 85 foizi yuzasidan kelishuvga erishdi. Ko„pdan buyon davom etib kelayotgan muammolardan biri deyarli hal etildi. Transport sohasidagi hamkorlik kengaydi. Tojikiston bilan to„g„ridan-to„g„ri aviaqatnovlar tiklandi. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, chegaraoldi hududlar o„rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar faollashmoqda. Shu bilan birga, qo„lga kiritilgan dastlabki natijalardan xotirjamlikka berilishimiz mumkin emas, biz hali yo„lning boshida turibmiz, deb hisoblayman, deb bu borada amalga oshirilishi lozim bo„lgan ishlarga e‟tibor qaratdi. 2017-2018 yillarda Qo„shni respublikalar bilan har tomonlam manfaatli bo„lgan iqtisodiy, savdo, madaniy aloqalar, “Orol” masalasi bo„yicha amaliy xarakterga ega bo„lgan munosabatlar olib borilmoqda. 4. O„zbekiston Respublikasining faol tashqi siyosatining yangi bosqichi Bugungi kunda O„zbekistonning xalqaro maydonda tutgan keng o„rni Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi mamlakat tashqi siyosatining o„ziga xos xususiyati bo„lib qolmoqda. Shavkat Mirziyoev O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag„ishlab o„tkazilgan tantanali marosimda so„zlagan nutqida mamlakatning tashqi siyosat qay tarzda olib borilishi xususida to„xtalib, “Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz. Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yo„l bilan hal etish tashkil etadi. Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha xorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq, do„stona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish O„zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qiladi. Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamg„armasi, boshqa xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiramiz”, deb ta‟kidlagan. O„zbekiston Respublikasi o„z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o„zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning Download 465.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling