Bank ishi va audit
O„zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo„shilishi va xalqaro nufuzining
Download 465.03 Kb. Pdf ko'rish
|
AKRAMOV TARIX
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1992-yil 26-fevralga kelib O„zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi
- O„zbekiston bu tashkilotga 105-a‟zo bo„lib kirdi
2. O„zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo„shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi O„zbekistonning tashqi siyosatida mintaqalararo havfsizlikni ta‟minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko„rsatdi. Ko„pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konfrensiyasi, Qo„shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo„lga qo„yildi. 1994-yil iyul oyida O„zbekiston NATOning “Tinchlik yo„lidagi hamkorlik” Dasturiga qo„shildi. 1999-yil aprelda I.A.Karimov Shimoliy Atlantika Ittifoqi qoshidagi “Tinchlik yo„lida hamkorlik” dasturining a‟zosi sifatida NATO ning 50 yillik yubiley tantanalarida qatnashdi. NATO Bosh kotibi X.Solana va AQShning NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O„zbekistonga tashriflari O„zbekiston va mazkur tashkilot o„rtasidagi tinchlik yo„lidagi siyosatining hamohang ekanligini ham ko„rsatdi. O„zbekiston BMTga a‟zo bo„lib kirgan yillari YeXHTning katta mansabdor xodimlari qo„mitasining Pragadagi yig„ilishida MDH tarkibidagi davlatlarni ushbu tashkilotga a‟zo bo„lib kirishi masalasi ko„tarildi. 1992-yil 26-fevralga kelib O„zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O„zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo„linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. YeXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo„yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta‟minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yo„lga qo„yib olgani quvonarli holdir. O„zbekiston rahbariyatining mojorolar kuchayib borayotgan yerlarga qurol-yarog„ yetkazib berishni to„xtatish haqidagi fikri Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi. 1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a‟zo 54 mamlakat rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuv bo„lib o„tdi. Mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. XX asr oxiri XX1 asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo„ldi. Bu kurashga O„zbekiston o„zining katta hissasini qo„shmoqda. Buni AQSh senatorlaridan Liberman tasdiqlab: “O„zbekistonsiz bizning Afg„onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo„lmas edi”,-deydi. Bu o„rinda O„zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorligi masalasiga ham to„xtab o„tmoq joiz. Mazkur ittifoq bilan hamkorlik uchun tuziladigan bitim va muzokaralar o„laroq O„zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o„rtasidagi bitim 1996-yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YeI davlatlari rahbarlarining yig„ilishida imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal‟asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuv - sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to„g„risidagi bu hujjat O„zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida o„z o„rni va ovoziga ega bo„lishida katta ahamiyat kasb etdi. O„zbekiston Respublikasi Islom konferensiyasi tashkiloti, Qo„shilmaslik harakati kabi mintaqaviy tashkilotlar bilan ham samarali aloqalar o„rnatdi. Bular orasida, ayniqsa, yuzdan ortiq a‟zoga ega. 1985-yilda tuzilgan Qo„shilmaslik harakati tomonidan olib borilayotgan siyosat O„zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillariga, xalqaro kelishmovchiliklarni tinch o„l bilan hal qilish, turli harbiy-siyosiy bloklar faoliyatida qatnashmaslik, tinchliksevarlik kabi o„nalishlarga to„la mos keladi. O„zbekiston bu tashkilotga 105-a‟zo bo„lib kirdi. O„zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosatida jahon hamjamiyatiga qo„shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o„rnatish masalalari dolzarb vazifalar qatoriga kirdi. Shu bois O„zbekiston jahon iqtisodiyotida integrasiyalashish yo„lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporasiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko„maklashuv tashkiloti va boshqa moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarga a‟zo bo„lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo„lga qo„yib oldi. Shu bilan birga O„zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar-Jahon sog„liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo„yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiada qo„mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlar bilan o„zaro aloqalarni tiklab oldi. Ularning vakolatxonalari Respublikamizda ochildi va faoliyat ko„rsatmoqda. BMT ning ta‟lim, ilm-fan va madaniyat masalalariga ixtisoslashgan YuNESKO tashkiloti bilan ham Respublikamiz o„rtasidagi hamkorlik munosabatlari shu kunlarda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. O„zbekiston 1993 yil YuNESKOga a‟zo bo„lgan edi. (O„sha paytdayoq YuNESKO dasturiga buyuk munajjim Muhammad Tarag„ay Ulug„bek tavalludini dunyo miqyosida nishonlash masalasi O„zbekiston bilan ushbu tashkilot o„rtasidagi hamkorlikning yangi asosdagi rivojini boshlab berdi.) 1994-yilga kelib esa O„zbekiston Respublikasining YuNESKO ishlari bo„yicha Milliy komissiyasi tashkil etildi YuNESKOning Bosh direktori va Fransiya Prezidenti ishtirokida YuNESKO qarorgoxida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ma‟rifatning gullab-yashnashi “ ko„rgazmasini ochdi. O„zbekiston bilan YuNESKOning o„zaro hamkorligi kengayshi natijasida YuNESKO ishtirokida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochildi, 2000- yilda 28-dekabrda esa Shahrisabz YuNESKO ro„yxatiga kiritildi. Shaxrisabz bu ro„yxatga kiritilgan respublikamizdagi uchinchi shahar bo„ldi. Bunday aloqalar o„z navbatida munosabatlarimizni yanada yuqori pog„onaga ko„tarib, hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi. Mustaqillik yillari respublikada o„tkazilgan barcha tadbirlarda YuNESKO ishtirok etdi. Amir Temur tavallud topgan kunining 660 yilligi, Axmad al-Farg„oniy, Imom al-Buxoriy, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk shaxslarning yubiley tantanalari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi kabi tadbirlar bevosita YuNESKO homiyligida o„tkazildi. Download 465.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling