Bank ishi va audit
Mustaqil O„zbekiston 2001 yilning iyun oyida «Shanxay beshligi»
Download 465.03 Kb. Pdf ko'rish
|
AKRAMOV TARIX
Mustaqil O„zbekiston 2001 yilning iyun oyida «Shanxay beshligi» deb
yuritilgan xalqaro tashkilotning XXRni Shanxay shahrida chaqirilgan sammitida bu tashkilotning to„la huquqli a‟zosi bo„ldi. 1998 yili tashkil yetilgan «Shanxay beshligi»ga Xitoy, Rossiya, Qozog„iston, Qirg„izston va Tojikiston Respublikalari a‟zodir. Shundan keyin «Shanxay hamkorlik tashkiloti» nomi bilan yuritilib bosh maqsad har tomonlama hamkorlik o„rnatishdan iborat bo„lib, ayni bir vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda tashkilotning faoliyat markazida turadigan bo„ldi. Terrorizmga qarshi kurash qarorgohi (shtabi) Bishkekdan Toshkentga ko„chirildi. Keyingi yillarda yosh mustaqil davlatlar ichida Markaziy Osiyo davlatlari uchun dini, urf-odatlari va an‟analari yaqin bo„lgan Sharq mamlakatlari bilan o„zaro aloqalar olib borish imkoniyatlari bu mamlakatlar o„rtasidagi munosabatlarni kengaytirdi. Bu o„rinda birinchi navbatda Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni aytib o„tish o„rinlidir. Shuningdek, O„zbekiston 1992-yil 6 fevralda Turkiya, Pokiston, Eron tomonidan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a‟zo bo„lib kirdi va 1992 yil Eron, Turkiya, Pokiston, Turkmaniston, Qozog„iston davlat va hukumat rahbarlari bilan imzolangan “Trans-Osiyo” temir yo„l aloqasini tiklash maqsadida Tajan-Seraxs-Mashhad o„li qurilishi haqidagi bitimda faol ishtirok etdi. Bu O„zbekiston uchun dengiz yo„llariga, xalqaro transport tarmog„iga, tovar va kapital xalqaro bozoriga chiqish imkoniyatini berdi. Arab mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar madaniy va diniy tomondan ham uzviy bog„liq bo„ldi. Bu o„ldagi harakatlar natijasida savdo sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni o„qitish imkoniyatlariga o„l ochdi. O„zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi bilan aloqalari kengayib, bu ikki davlat o„rtasidagi o„zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik tamoyiliga asoslandi. Xitoy Xalq Respublikasi O„zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo„lib, 1991-yil 27-dekabrda tan oldi va 1992-yili 2-yanvarda diplomatik aloqalar o„rnatdi. AQSh bilan bo„layotgan o„zaro aloqalarga to„xtab o„tmoq joiz. Dunyoning yetakchi davlati, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intelektual salohiyatga ega bo„lgan AQSh bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda AQSh O„zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta‟minlashdagi yetakchilik rolini tan olib, respublikamiz bilan terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik masallarida hamkorlik qilinmoqda. Shu yili Download 465.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling