Bank ishi va auditi
I. MALAKAVIY AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI
Download 386.12 Kb.
|
Bayzakov Yusuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. MALAKAVIY AMALIYOT DAVRIDA TALABANING
I. MALAKAVIY AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARIIshlab chiqarish amaliyotni o‘tkazishdan asosiy maqsad talabalarning mutaxassislik fanlaridan, jumladan banklarda buxgalteriya hisobi fanidan o‘qish jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va zamonga mos holda rivojlantirishdir. Shu bilan birga bank amaliyotida bo‘layotgan eng oxirgi o‘zgarishlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarini, bank tizimiga oid me’yoriy hujjatlarni chuqur o‘rgangan holda O‘zbekiston bank tizimining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish amaliyot maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Respublikada bank infratuzilmalari kengayib borgan sari ularning mijozlari soni va shunga mos ravishda bajaradigan operatsiyalari ko‘lami hamda soni ko‘payib boradi. Demak, bank operatsiyalarini jahon andozalari talablari asosida tez va to‘g‘ri bajarish, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun bank tizimining barcha tuzilmalari, bank boshqarmalari, filiallar, minibanklar uchun yetarli darajada malakali bank xodimlari talab etiladi. Ushbu amaliyot orqali talabalar banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tartibi, hisobvaraqlar rejasini o‘rganish, kredit, kassa operatsiyalarining hisobi, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari va ular orqali hisob-kitoblarni yuritish, barcha bank operatsiyalari bo‘yicha asosiy buxgalteriya yozuvlarini o‘tkazish tajribasini, hujjatlar asosida operatsiyalarni rasmiylashtirish, shuningdek, buxgalteriya balansining tahlili va bank moliya hisobotlarini tuzish bo‘yicha bilimlarni yanada yaxshiroq o‘zlashtira oladilar. Shundan kelib chiqib, amaliyotning asosiy vazifasi tijorat banklarning faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan operatsiyalar hisobini tashkil etilishni hamda ular asosida nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishni o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot davrida talabalar bankning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari lozim. II. MALAKAVIY AMALIYOT DAVRIDA TALABANINGDownload 386.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling