Bank ishi va auditi


Aksiyadorlik tijorat Agrobank Jizzax viloyati Paxatakor filialining boshqaruvfaoliyati va personalining vazifalari


Download 386.12 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi386.12 Kb.
#1543128
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bayzakov Yusuf

2. Aksiyadorlik tijorat Agrobank Jizzax viloyati Paxatakor filialining boshqaruvfaoliyati va personalining vazifalari


Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1995 yilda qabul qilingan ―Banklarni ro’yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to’g’risida‖gi 630- sonli Nizom asosida olib borilar edi. Bu qonunga 2009 yil 15 avgustda №703 son bilan o‘zgartirish kiritilgan va hozirda banklar ushbu qonun asosida tashkil etilmoqda. Banklar O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi, "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlari hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, qoida tariqasida, aksiyadorlik jamiyati tarzida tashkil еtiladi. 2016 yilning 1 iyulidan boshlab aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil еtiladigan tijorat banklari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiningqarorlarida nazarda tutiladigan holatlardan tashqari, faqat xorijiy investorning ustav kapitalidagi ishtiroki ulushi 15 foizdan kam bo`lmagan taqdirdagina tashkil qilinishi mumkin16 . Agrobank, Oʻzbekiston Respublikasi davlat tijorat Agrobank — yirik universal davlat tijorat jamgʻarma banki. 1992 y. da sobiq davlat mehnat jamgʻarma kassalari (1923) negizida tashkil etilgan mehnat jamgʻarmalari va aholini kreditlash maxsus banki — SSSR Jamgʻarma banki (1987) ning Oʻzbekiston boʻlimi asosida Oʻzbekiston jamgʻarma banki tashkil etildi. 1995 yilda bu bank hukumatning maxsus qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat tijorat Agrobank deb nomlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi ―Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi ―Aksiyadorlik-tijorat Agrobank‖ nomiga o’zgartirildi17 . Boshqaruvi Toshkent shahrida. Bank taʼsischilari: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (51%) va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (49%). Agrobank keng tarmoqdi universal bank, respublikadagi bank tizimining yirik boʻgʻinlaridan biri hisoblanadi. 14 ta hududiy filiali, 188 tuman (shahar) filiali, 144 mini bank, 2517 ta shoxobchalarga ega (2004). Jismoniy va yuridik shaxslarga barcha turdagi bank xizmatlarini koʻrsatadi. Bankning asosiy vazifalari: respublikada bank jamgʻarma ishlarini rivojlantirishga qaratilgan depozit siyosatini olib borish; aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank omonatlariga jalb qilish va ular hisobiga shakllangan resurelarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yoʻnaltirish; davlat va boshqa emitentlarning qimmatli qogʻozlarini xarid qilish, saqlash, hisobga olish hamda ikkilamchi bozorda oldisotdi muomalasini amalga oshirish; lahzali va boshqa turdagi lotereyalarni tashkil qilish va oʻtkazish; xoʻjalik subʼyektlari va yakka tartibda faoliyat kursatadigan tadbirkorlarga mikrokreditlar berish; yuridik va jismoniy shaxslarga hisobkitob — kassa xizmati koʻrsatish, uchinchi shaxs foydasiga toʻlovlar qabul kilish va boshqa Bank muassasalari davlat tomonidan koʻp bolali va kam taʼminlangan oilalarga tayinlanadigan nafaqa va yordam pullarini egalariga tarqatdi. Agrobankda kadrlarni to’plash. Nomzodga bo’lgan talablar aniqlangach (lavozim yo’riqnomasi, malakaviy karta va boshqa shakldagi hujjatlar); kadrlar bo’limi keyingi bosqichni amalga oshirishga kirishishi mumkin: ya‘ni yetarli malakaga ega nomzodlarni tanlash. Bunda korxona sarflashi mumkin bo’lgan byudjet va birlamchi inson resurslari asosiy limitlovchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Nomzodlarni jalb qilishda bank bir qancha qulayliklar va kamchiliklarga ega bo’lgan qator usullarni qo’llashi mumkin: Ijtimoiy omillar korxona va tashkilotlar, xususan tijorat banklari sharoitida ijtimoiy muhitni tashkil etish bilan bog’liq shart-sharoitlardagi o’zgarishlarni va bu o’zgarishlarning oqibatlarini ifodalab beradi. Ijtimoiy omillarning asosiy yo’nalishini mehnat jarayoni amalga oshiriladigan tijorat banklarining o’zida ishlaydigan xodimlarga, ularning oilalari istiqomat qiladigan muhitga hamda ularning yaqin atrofidagi xodimlarga ta‘sir ko’rsatish shakllariga qarab farqlash mumkin. Asosiy omillarga quyidagilar kiradi:  tijorat banklarining potentsiali, uning ijtimoiy infratuzilmasi;  ish sharoitlari va mehnatni muxofaza qilish;  personalning ijtimoiy ximoyalanganligi;  jamoadagi ijtimoiy ruhiy vaziyat;  mehnatni moddiy rag’batlantirish va oila byudjetlari;  ishdan tashqari vaqt va dam olishdan samarali foydalanish va boshqalar. Tijorat banklari o’zining miqyosi, mulkchilik shakli,bo’ysunishi, qayerda joylashganligi va boshqa shart-sharoitlariga qarab o’zining yaxllit ijtimoiy infratuzilmasiga ega bo’ligan, faqat uning ayrim elementlari yig’indisiga ega bo’lishi, yoki boshqa korxona va tashkilotar bilan kooperatsiyalashuviga va ijtimoiy sohaning munitsipial bazasiga umid qilishi mumkin. Lekin har qanday vaziyatda ham ijtimoiy infratuzilma haqida g’amho’rlik qilish ijtimoiy taraqqiyot va personalni boshqarishning eng muhim talabi hisoblanadi. Bu omillar quyidagilarni o’z ichiga oladi;  banklarning zamonaviy texnika va texnologiya bilan ta‘minlash darajasi, mehnatning mexanizatsiya va avtomatlashuvi darajasi, samarali materiallarning ishlatilishi;  zamonaviy fantexnika yutuqlarining ishlab chiqarishga joriy etilishini hisobga olgan xolda mehnatni tashkil etish, ishchilar guruhlarining alohidaligini, mehnat intizomi bilan bir qatorda ishlab chiqish. Tijorat banklarining ijtimoiy infratuzilmasiga umumlashtirilgan holda uy-joy fondi va kommunal xo’jalik ob‘ektlar, tibbiyot va davolash profilaktika muassasalari, ta‘lim va madaniyat ob‘ektlari, savdo va umumiy ovqatlanish ob‘ektlari, maishiy xizmat ko’rsatish ob‘ektlari, sport inshootlari va ommaviy dam olish bazalari personalni samarali boshqarishni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy himoya tizimi xodimni, og’ir axvolga tutib qolishi, sog’lig’i, kasalligi ishsizlik tufayli mehnat layoqatini yo’qotishdagi mehnat huquq va imtiyozlarni ishonchli tarzda ximoya qilishda ishonch bag’ishlaydi. Jamoaning ijtimoiy-ruhiy vaziyati uchta asosiy tarkibiy qismdan iboratdir: xodimlarning ruhan mos kelishi, ularning ijtimoiy intilishlari, axloqiy tarbiyalanganligi kabi bog’liq kuchlar ta‘sirida bo’ladi. Ijtimoiy ruhiy vaziyat insonlarni yaqinlashtirish, birgalikda astoydil mehnat qilish, iroda, xis tuyg’ularini munosabatlarini, qiziqish, rag’batlantirish, iqtisodiy samarali bo’lgan omillarni ilgari suradi, xodimni rag’batlantiradi, kuch-quvvatini ortishini yoki pasayishini mehnat g’ayrati, unga qiziqish, qiziqmaslik, ishdan manfaatdorlikni yoki befarqlikni ifodalaydi19 . Quyida biz AT Agrobank Samarqand viloyati Qo’shrobod filiali xodimlari bo‘yicha ma‘lumotlarni tahlilini ko‘rib chiqamiz. AT Agrobank Samarqand viloyati Qo’shrobod filiali xodimlari tasnifiga ko‘ra jami xodimlar 45 tani tashkil qiladi. Asosiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 2020 yil 23 tani tashkil qilib 56% ga yetigan va o‘tgan davrga nisbatan 3% ga ortgan.2021 yil I choragiga nisbatan asosiyxizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘zgarmagan. 2020 yilda yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni 11 tani tashkil etgan bo‘lib umumiy 26,8 % ga teng bo‘lgan va o‘tgan yilga nisbatan 2,4% ga kamaygan. 2021 yilda esa ushbu ko‘rsatkich o‘zgarmaganini ko‘rishimiz mumkin. Xo‘jalik bo‘limi xodimlari 2020 yil V choragiga nisbatan 7,3% ni tahskil etgan. Ma‘muriy boshqaruv xodimlari 2021 yil I choragiga nisbatan 4 tani tashkil qilib 10,5 ga teng bo‘lgan. Tijorat banklari faoliyatida personalini boshqarishda ijtimoiy xizmat ko’rsatishga ijtimoiy rivojlantirishning aniq maqsadli dasturlari va rejalari bilan asoslangan tadbirlarni ta‘minlashning tashkiliy boshqarish funksiyalari xosdir. Bunda barcha jamoalar, bank kasaba uyushmasi, tarmoq va xududiy organlar hamkorligida va birgalikda ish ko’rishi lozim. Ijtimoiy masalalar bo’yicha xujjatlarqarorlar, buyruqlar, nizomlar, yo’riqnomalar, tavsiyalar va hokazolarning loyihalarini tayyorlash ham zarur. Ijtimoiy xizmat ko’rsatishning boshqaruvchilar faoliyati qonunlarning to’la-to’kis bajarilishiga butunlay bo’ysundiriladi. Yana shuni alohida e‘tirof etish lozimki, tijorat banklarida, xususan Agrobankda personalni to’g’ri tashkil etish orqali uni samarali boshqarishda kadrlarni to’g’ri tanlash, joylashtirish, rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan nizom bank personalini boshqarishda dasturil amal bo’lib xizmat qilmoqda va bu o’z ijobiy samarasi bermoqda.

Download 386.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling