Bank ishi” yo’nalishi sbi 55 guruh talabasi Avazova Zebo mavzu: “Banklarda akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi” mavzusidagi kurs ishi tekshirdi: toshkent 2023 mavzu: Banklarda akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi reja


Banklarda akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblarni rasmiylashtirish va hisobga olish


Download 0.59 Mb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626704
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15 tayyor


Banklarda akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblarni rasmiylashtirish va hisobga olish

To‘lov hujjatlarida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart:

  • to‘lov hujjatining nomi;

  • tartib raqami;

  • hujjatning sanasi;

  • mablag‘larni to‘lovchining nomi;

  • mablag‘larni to‘lovchi hisobvarag‘ining raqami;

  • Oldingi tahrirga qarang.

  • mablag‘larni to‘lovchining identifikatsiya raqami;

(13-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 21-fevraldagi 2/8-son qarori (ro‘yxat raqami 3229-2, 07.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 10/22/3229-2/0193-son)

  • mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;

  • mablag‘larni to‘lovchining banki kodi;

  • mablag‘larni oluvchining nomi;

  • mablag‘larni oluvchi hisobvarag‘ining raqami;

  • mablag‘larni oluvchining banki nomi;

  • mablag‘larni oluvchining banki kodi;

  • to‘lov summasi;

  • to‘lov maqsadi;

shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan shaxs(lar)ning familiyasi to‘liqligicha, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda ularning imzolari (to‘lov hujjati elektron shaklda taqdim etilgan bo‘lsa, bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan berilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi).
Xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish uchun bankka taqdim qilinadigan chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari quyidagi rekvizitlardan iborat bo‘ladi:

  • to‘lovning turi;

  • hujjatning sanasi;

  • mablag‘larni to‘lovchining to‘liq nomi va pochta manzili;

  • mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i;

  • to‘lov summasi;

  • valyuta kodi;

  • to‘lov maqsadi;

  • to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq bank komission xarajatlari;

  • mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;

  • mablag‘larni to‘lovchining banki pochta manzili (mamlakat, shahar);

  • mablag‘larni to‘lovchining banki maxsus kodi;

  • mablag‘larni oluvchining banki nomi;

  • mablag‘larni oluvchining banki pochta manzili (mamlakat, shahar);

  • mablag‘larni oluvchining banki maxsus kodi;

  • mablag‘larni oluvchi bankining mablag‘larni to‘lovchining bankidagi hisobvarag‘i;

  • mablag‘larni oluvchining to‘liq nomi va pochta manzili;

  • mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i;

  • mablag‘larni to‘lovchining oluvchiga xabari.

To‘lov hujjatidagi to‘lov summasi raqam va so‘z bilan yoziladi, bunda to‘lov summasini so‘z bilan yozilganda birinchi so‘z katta harf bilan va tiyin raqam bilan yoziladi. Akkreditivga arizada qo‘shimcha ravishda quyidagi rekvizitlar bo‘lishi kerak:

  • akkreditivning amal qilish muddati;

  • akkreditiv ochilayotgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;

  • buyurtmaning tartib raqami;

  • buyurtma berilgan sana;

  • tovarning (ish, xizmat) nomi;

  • to‘lovlarni amalga oshirish uchun asos bo‘lgan hujjatning turi;

  • qo‘shimcha shartlar.

Agar ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, to‘lov hujjatlarini to‘ldirishda mablag‘larni to‘lovchi va oluvchining qisqartirilgan firma nomidan foydalanish mumkin.
To‘lov hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladi. To‘lov hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
To‘lov topshiriqnomasida uning bankka taqdim etilgan va valyutalash sanasi ko‘rsatiladi.
To‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan valyutalash sanasi to‘lov topshiriqnomasi taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan oshmasligi kerak.
Mijozlar tomonidan taqdim etilgan to‘lov hujjatlarining rasmiylashtirilishi va ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik mijozning ushbu to‘lov hujjatini imzolagan shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Tizim orqali yuborilgan to‘lov hujjatlarining qog‘oz shakldagi asl nusxalari bankka taqdim etilmaydi. Bunda Tizim orqali yuborilgan to‘lov hujjatlaridagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga mijoz javobgar hisoblanadi.
Bankda 2-son kartotekaga kirim qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha yakuniy to‘lov avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda to‘lov hujjatining “To‘lov maqsadi” grafasida yakuniy to‘lov amalga oshirilganligini bildiruvchi “Ya/t” belgisi, to‘lov hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko‘rsatiladi.
Bank tomonidan qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari quyidagi hollarda ijroga qabul qilinadi:

  • to‘lov hujjatlaridagi imzolar (rahbarlik vazifalarini hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiradigan shaxsning) va muhr izi shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq bo‘lganda, bundan mazkur bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan talab mustasno;

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan to‘lov hujjatlaridagi imzo shaxsiy varaqchada ko‘rsatilgan namunaga muvofiq bo‘lgan taqdirda, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.

To‘lov hujjatlari shaxsiy varaqchaga imzo qo‘ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. To‘lov hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan to‘lov hujjatlariga muhr qo‘yish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
To‘lov hujjatlariga mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni ilova qilinishiga talablar belgilanishi mumkin emas.
Bank tomonidan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari bank va mijoz o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan identifikatsiya vositalari orqali tasdiqlangan holda qabul qilinadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari bank operatsiya kuni davomida bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.
Elektron shakldagi to‘lov hujjatlari bankning mijozlar bilan ishlash vaqtidan qat’i nazar to‘lov hujjatining sanasi bilan u taqdim etilgan sana mos kelgan hollarda ijroga qabul qilinadi.
Bank hisobvarag‘idagi mablag‘lar quyidagilar asosida hisobdan chiqariladi:

  • qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlarining asl nusxalari;

  • to‘lov tizimlari orqali olingan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari;

  • Tizimdan foydalanuvchilarning umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali yuborgan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari va to‘lovni amalga oshirishga roziliklari;

Elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan tranzaksiyalar bo‘yicha tuzilgan elektron shakldagi hujjatlar. Mijozning hisobvarag‘iga mablag‘lar quyidagilar asosida kirim qilinadi:

  • to‘lov hujjatlarining qog‘oz shakldagi asl nusxasi yoki Tizim orqali yuborilgan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari;

  • to‘lov tizimlari orqali kelib tushadigan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari;

  • elektron to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan tranzaksiyalar bo‘yicha tuzilgan elektron shakldagi hujjatlar.

To‘lov hujjatlarining nusxalari, shuningdek mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim tomonidan imzolanadi.
Mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim to‘lov hujjatini to‘lovga qabul qilish va mablag‘larni to‘lash sanalarini ko‘rsatadi hamda o‘ziga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlaydi.
Mablag‘larni oluvchining banki tomonidan Tizim orqali taqdim etilgan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. Elektron shakldagi to‘lov hujjatlarini mablag‘larni oluvchiga taqdim qilish tartibi bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi.
Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli to’lov oborotida juda kam ulushni tashkil etadi. Jo’natilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovni kafolatlash maqsadida akkreditiv shakldan foydalaniladi. Akkreditiv-mijozning topshirig’iga ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga ko’ra akkreditiv ochgan bank mahsulot etkazib beruvchiga to’lovni bajarishi yoki boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko’zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to’lovlarni bajarish uchun vakolat berishi mumkin. Akkredetiv so’zining o’zi lotin tilidan olingan bo’lib, «ishonchli» degan ma’noni bildiradi. Hozirgi kunda korxonalar o’rtasidagi hisob-kitoblarda akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin: 
-qoplangan akkreditiv (deponentlangan)
-qoplanmagan (deponentlanmagan)
Akkreditivlar ochilganda akkreditiv ochgan bank to’lovchining shaxsiy 
mablag’idan yoki unga berilgan kredit hisobidan mol etkazib beruvchining banki 
tassarrufiga alohida «Akkredetivlar» balans hisobvarag’iga mablag’larni etkazib 
bersa, bunday akkreditivlar qoplangan akkreditivlar deyiladi. Akkreditiv ochgan bank xalqaro qabul qilingan andozalar asosida bank-emitent deb yuritiladi.
Akkreditivlarning ikkinchi turi qoplanmagan akkreditiv bo’lib, bank va boshqa 
korxonalar oldidagi majburiyatlarini o’z vaqtida bajaradigan xo’jaliklarga bunday 
akkreditivlardan foydalanishga ruxsat etiladi. Qoplanmagan akkreditivning 
qoplangan akkreditivdan farqi shundan iboratki, bunda to’lovchi korxonaning pul 
mablag’lari alohida hisobvaraqqa o’tkazib qo’yilishi talab qilinmaydi. Bank to’lovchi hisobvarag’ida to’lov hujjatlari kelib tushganda pul bo’lmagan taqdirda bank mablag’lari hisobidan to’lov berishni kafolatlaydi. Akkreditivning bu turining qulayligi shundan iboratki, mol sotib oluvchining pul mablag’lari oborotdan tashqariga chiqib ketmaydi, ikkinchi tomonidan mol jo’natuvchi korxona uchun ham to’lov kafolatlangan. Faqat bank mablag’lari hisobidan to’lov amalga oshirilganda shartnomada kelishilgan miqdorda haq to’lanadi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib 
olinmaydigan bo’lishi mumkin. Agar akkreditiv bo’yicha hujjatlarda bu haqda belgi mavjud bo’lmasa, bunday akkreditivlar chaqirib olinuvchi bo’lib hisoblanadi. 
Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank-emitent tomonidan mablag’larni oluvchi bilan 
oldindan kelishib olinmasdan ham o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. 
Masalan, shartnomada ko’zda tutilgan shartlarga rioya etilmaganda, bank-emitent 
akkreditiv bo’yicha to’lovlarni kafolatlash muddatidan avvalroq voz kechganda va 
boshqa xollarda akkreditiv chaqirib olinishi mumkin. To’lovchi mahsulot etkazib 
beruvchiga chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o’zgarishi yoki bekor 
qilinishi to’g’risidagi barcha farmoyishlarni faqat bank-emitent orqali berishi 
mumkin, ushbu bank mahsulot etkazib beruvchining banki, ya’ni bajaruvchi bankni, u esa o’z navbatida mahsulot etkazib beruvchi korxonani xabardor qiladi. Bajaruvchi bank, ayni paytda, mahsulot etkazib beruvchi taqdim etgan va mahsulot etkazib beruvchining banki tomonidan qabul qilingan akkreditiv shartlariga tegishli bo’lgan hujjatlar bo’yicha to’lovlarni mazkur bank akkreditivini o’zgartirish yoki bekor qilish to’g’risidagi xabarnomani olgunga qadar to’lashi shart. Mahsulot etkazib beruvchining roziligisiz, uning foydasiga ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditiv o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Mahsulot etkazib beruvchi korxona akkreditiv shartlarida ko’zda tutilgan hollarda akkreditivni muddatidan oldin ishlatishdan voz kechishi mumkin. 
Emitent bankida akkreditivning ochilishi. Akkreditiv faqat bir ta’minotchi bilan hisob-kitob qilishga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Akkreditivning muddati va hisob-kitob qilish tartibi tomonlar o’rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Shartnomada: 
-emitent-bankning nomi; 
-akkreditiv turi, uni bajarish muddati va bajarish usullari; 
-mol etkazib beruvchining akkreditiv bo’yicha mablag’ olishi uchun taqdim 
qilinadigan hujjatlar ro’yxati va ularning aniq tavsifi; 
-tovarlarni jo’natgandan keyin hujjatlarni taqdim qilish muddati
-mol etkazib beruvchi va oluvchi tomonlar nomi, ularning yuridik adreslari; 
-bajaruvchi bank nomi va boshqalar ko’rsatiladi.
Akkreditiv ochish uchun xaridor o’z bankiga - bank emitentga akkreditivlarni 
ochish to’g’risidagi arizani 2 nusxada taqdim etadi. Arizada akkreditiv ochish uchun asos bo’lgan shartnoma raqami, akkreditivning amal qilish muddati, akkreditivni bajaradigan bankning nomi, akkreditiv ijro etiladigan joy, akkreditiv turi, akkreditiv bo’yicha haq to’lanadigan hujjatlarning to’liq va aniq nomi, rasmiylashtirish tartibi, akkreditiv bo’yicha to’lash usuli va boshqa kerakli rekvizitlar ko’rsatiladi.
Bankda ushbu korxonaga xizmat ko’rsatuvchi mas’ul ijrochi akkreditiv ochish 
haqidagi arizani olib, uning to’g’ri va to’liq rasmiylashtirilganligi, barcha kerakli rekvezitlarning mavjudligini tekshirib ko’radi. Shundan so’ng qabul qilingan akkreditiv ochish xaqidagi arizaning birinchi nusxasiga o’z imzosini, bankning to’rtburchak muxr izini, arizani qabul qilish sanasi va to’lov o’tkazilgan sanasini qo’yadi. Arizaning birinchi nusxasida ko’rsatilgan barcha rekvezitlar kompyuterga kiritib elektron to’lovlar tizimi yordamida to’langan summani Markaziy bankning Hisob Markazi orqali mahsulot jo’natuvchi korxona bankiga, ya’ni bajaruvchi bankka jo’natiladi. Xaridorning hisobvarag’idan to’lovni o’tkazish bo’yicha operatsiyalar kuyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi:
Debet «Mahsulot oluvchi korxonaning depozit hisobvarag’i»
Kredit «Emitent bankning vakillik hisobvarag’i» 
Bir vaqtning o’zida akkreditiv summasi akkreditivlarni hisobga oluvchi ko’zda 
tutilmagan hollar hisobvarag’iga kirim qilinadi. To’lov o’tkazilgandan so’ng arizaning ikkinchi nusxasi bank mas’ul ijrochisining imzosi, bankning to’rtburchak muxr izi, to’lov o’tkazilgan sana hamda qabul qilish sanasi qo’yilgan holda to’lovchiga shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda beriladi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling