Bank ishi” yo’nalishi sbi 55 guruh talabasi Avazova Zebo mavzu: “Banklarda akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi” mavzusidagi kurs ishi tekshirdi: toshkent 2023 mavzu: Banklarda akkreditivlar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi reja


Download 0.59 Mb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626704
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
15 tayyor

1-son kartoteka — to‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
2-son kartoteka — muddatida to‘lanmagan to‘lov hujjatlari hisobi yuritiladigan balansdan tashqari hisobvaraq;
akkreditiv — to‘lovchi tomonidan to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ shartnoma shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilingan taqdirda, mablag‘larni oluvchining hisobiga o‘tkazilishiga doir bankning shartli majburiyati;
aksept — to‘lovchining, to‘lov uning hisobidan amalga oshirilishiga roziligi yoki qarzdorlikni tan olganligi;
operatsiya kuni — farmoyishlarni qabul qilish va ularga ishlov berish amalga oshiriladigan vaqtning davri;
valyutalash sanasi — to‘lov hujjati asosida pul mablag‘larini oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish sanasi;
masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) — elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot va uskunalar majmui;
mablag‘larni oluvchi — pul mablag‘larini oluvchi shaxs;
mablag‘larni oluvchining banki — mablag‘larni oluvchining pul mablag‘lari kirim qilinadigan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
mablag‘larni to‘lovchi — to‘lov kimning hisobidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs;
mablag‘larni to‘lovchining banki — mablag‘larni to‘lovchining pul mablag‘lari hisobdan chiqariladigan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
mablag‘larni to‘lovchining identifikatsiya raqami — yuridik shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan to‘lov hujjatlarida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va jismoniy shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan to‘lov hujjatlarida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatiladigan to‘lov hujjatining rekviziti;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 21-fevraldagi 2/8-son qaroriga (ro‘yxat raqami 3229-2, 07.03.2022-y.) asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 10/22/3229-2/0193-son)

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling