Bank ishi” yo’nalishi sbi 55 guruh talabasi Saidov Ruf’atjon Tursunovich mavzu: “Bank foydasi va uning hisobini yuritish” kurs ishi tekshirdi: toshkent 2023 Mavzu : Bank foydasi va uning hisobini yuritish Reja


-rasm. Tijorat banki foydasining taqsimlanish tartibi


Download 0.8 Mb.
bet6/8
Sana22.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1645982
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5to\'

2-rasm. Tijorat banki foydasining taqsimlanish tartibi

Yuqorıda keltirilgan rasmda bankning jami foydasi taqsimoti keltirilgan bo’lib, unga ko’ra bankning umumiy foydasi istemol fondiga 15%, zaxira fondiga 20%, jamg’arma fondiga 25% va dividendlarga 20% i sarflanadi.




  1. Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati, tahlili va rivojlaninsh istibollari.

Tijorat banklari moliyaviy natijalarini, shu jumladan foydani tahlil qilish uchun ma’lumotlarni asosan, banklar buxgalterii balansi, «Foyda va zararlar to’grisidagi xisobot»lardan, hamda audit tekshiruvi, yig’ilishlar bayonnomalaridan, zaruriyat tugilganda buxgalteriya hisobining anamitik ”


Shuni aytish joizki, tijorat banklari ularning faoliyat turlari va mijozlarining shug’ullanadigan faoliyat turlariga bevosita bog’liq. Daromad va xarajatlarning tarkibi ham muhim ahamiyatga ega. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, qaysidir banklar asosiy daromad olish manbasi sifatida kredit operatsiyalarini amalga oshiradi, qolgan ba’zi banklar investitsiya faoliyatini amalga oshiradi. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida daromad va xarajatlari tarkibini ko’rib chiqamiz.
3-jadval
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida daromad va xarajatlar tarkibi%

Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, daromadlar tarkibida yuqori darajani kreditlardan olingan daromadlar tashkil etadi. Bu 2012-yili 57,46% ni tashkil etgan bo’lsa, 2014-yil bu 62,10 foizni tashkil etdi. Komission daromadlar
miqdori 2014-yil yakunlari bo’yicha jami daromadlarning 27,65 foizni tashkil etadi. Banklarimizning asosiy daromad manbalari ma’lum bir soha bilan cheklanib qolgani yaxshi holat emas. Shuning
uchun daromad sohalarini diversifikatsiya qilish kerak. Xarajatlar tarkibiga
qaraydigan bo’lsak eng yuqori ulushni operatsion xarajatlar tashkil etmoqda.
Albatta bu ham yaxshi holat emas, bank imkon boricha operatsion xarajatlar
salmog’ini kamaytirishi lozim.
Hozirgi kunda tijorat banklarining foydasi quyidagi yo‘nalishlarda foydalanilmoqda:
ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanayapti;
aksiyadorlarga dividend sifatida berilayapti;
byudjetga to‘lovlar amalga oshirilayapti;
bank xodimlari o‘rtasida taqsimlanayapti;
bank kapitali miqdori oshirilayapti.
Tijorat banklari foydasi tahlilining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar:
faoliyat moliyaviy natijalarini (foyda yoki zarar) aniqlash;
foydaning belgilangan reja, o’tgan davrlardan farqini o’rganish;
foydaning tarkibi: daromadlar, xarajatlar qanday o’zgarganligini o’rganish hamda bu o’zgarish sabablarini aniqlash;
faoliyat davomida tejamkorlikga rioya qilinganligini o’rganish;
rentabellik (foydalilik) ko’rsatkichlarini aniqlash va ularning qanday o’zgarayotganli klarini o’rganish;
xarajatlarini kamaytirib, daromadlarini ko’paytirib, foydasini ko’paytirish
ichki imkoniyatlarini aniqlash va shu kabilar. Quyidagi
3-jadval ma'lumotlaridan shuni ko'rishimiz mumkinki, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari 2013-2014-yillar davomida o'sish tendensiyasini tashkil qilgan. 2013-yil davomida
Banklarning jami daromadlari1994037,7 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2014-
Yil davomida jami daromadlar o’tgan yilda nisbatan 16,2 foizga oshib, 2317867,9 min so’mga yetgan.
4-jadval
Tijorat banklari jami daromadlari tarkibi va dinamikasi

Yuqoridagi ma’lumotlar asosida shuni aytish mumkinki, barcha tijorat banklarining sof foydasi 2014-yilda 2013-yilga nisbatan o’sgan. 2014-yilda jami


sof foyda 772173 mln. so’mni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 24,09 foiz
o’gan. Har bir tijorat bankiga to’g’ri keladigan sof foyda ham o’sish dinamikasiga ega. 2014-yilda bu ko’rsatkich 29698 mln.so’mni tashkil etgan
bo’lsa, 2013-yilda esa 2932 mln. so’mni tashkil etgan. Quyidagi 8-jadvalda
AT “Aloqa bank”ning foizli daromadlarining 2012-2014-yillar oralig’ida
gi holatini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
AT “Aloqa bank”ning foizli daromadlari guruhidan ba’zi bir daromadlari o’tgan yil bilan taqqoslanganda kamayganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Bu foizli daromadlar guruhiga O'z R Markaziy banki va boshqa banklar hisobvaraqlari bo'yicha foizli daromad, so'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli daromad misol bo’ladi. Har bir daromad turini alohida tahlil qiladigan bo’lsak, so'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli daromad2014-yilda 498630 Ming so’mni tashkil qilgan bo’sa, 2012-yilda bu ko’rsatkich 409042 ming so’mni tashkil qilgan. O’tgan yilga nisbatan so'ndirilguncha ushlab turilgan investitsiyalar bo'yicha foizli daromad 52,47 foizga kamayganligini guvohi bo’lamiz. Yuqoridagi jadval asosida AT “Aloqa bank”ning foizsiz daromadlari 2014-yilda 2012-yilga nisbatan ko’paygan. Joriy yilda bankning jami foizsiz daromadlari 41909544Ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2012-yilga esa bu ko’rsatkich 28522 526 ming so’mni tashkil etgan. Bank daromadlarining oshishiga xizmatlar va vositachlik haqlari uchun oladigan foizsiz daromadlarining ulushining ko’payishi asosiy sabablardan biri bo’lgan.Joriy yilda xizmatlar va vositachilik haqlaridan olingan daromadlarning qiymati 40761079 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, o’tgan yilning shu davrida 21988193 ming so’mni tashkil etgan.
5-jadval
AT “Aloqa bank” ning foizli daromadlari (ming.so’mda)

Yuqoridagi jadval asosida AT “Aloqa banklari” ning foiz daromadlari 2014-yilda 2012-yilga nisbatan ko'paygan.joriy yilda bankning foiz daromadlari 4986637743 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2012-yilga esa bu ko’rsatkich 53085772 ming so’mni tashkil etgan. Oshgan daromad miqdori 3355971 ming so’mni tashkil etgan. Bank daromadlarining o’sishiga kredit bo’yicha foizli daromadlarning ulushining ko’payishi asosiy sabab bo’lgan. Kredit bo’yicha foizli daromadlar 2014-yilda 85208238 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich o’tgan 2012-yilda 51104312 ming so’mni tashkil qilgan. Bundan shuni aniqlashimiz mumkinki, bankning kredit bo’yicha foizli daromadlari 2014-yilda deyali 30,0 foizga oshib, ko’paygan summa 34103926 ming so’mni tashkil qilgan. Shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, boshqa foizli daromadlar ham 2014-yilda 2012-yilda nisbatan oshgan.
6-jadval.
Aloqa bankning foiz daromadlari. (ming so’mda)

Yuqoridagi jadval asosida o’nida shuni aytish mukinki AT “Aloqa bank” ning
foizsiz xarajatlari 2014-yil 31 -dekabr holatida o’tgan yilning shu davriga
nisbatan sezilarli ravishda oshgan. 2014-yil davomida bankning jami operatsion
xarajatlari 44 801 866 ning so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2013-yil davomida bu xarajatlar tarkibi 36 712834 ming so’mni tashkil etgan.
Joriy yilda bank tomonidan amalga oshirilgan foizsiz xarajatlar o’tgan yilga nisbatan 8 089032 ming ko’pni tashkil etgan. Buning asosiy sabablari esa operatsion xarajatlar tarkibining o’tgan tilga nisbatan o’zgarishi hisoblanadi.
7-jadval
AT “Aloqa bank”ning foizsiz harajatlari .



Foizli xarajatlar o’tgan yilga nisbatan 31,05 foizga oshib, ko’paygan foizli Xarajatlar 13 720215 Ming so’mni tashkil qilgan. Bankning foizli xarajatlar guruhlarining har birini tahlilini ko’rib chiqadigan bo’lsak, eng katta ulushni bankning muddatli depozitlar bo'yicha foizli xarajatlari tashkil etgan bo’lib, bu ko’rsatkich 2014-yilda 22761149 ming so’mni tashkil etgan bo’sa, 2012-yil davomida esa 12532721ming so’m bo’lgan.

3-rasm. Aloqa bankning daromadlar dinamikasi.
Boshqa banklarga to'lanadigan mablag'lar bo'yicha foizli xarajatlar ham bankning xarajatlari ichida salmog’li ulushni tashkil etgan. 2014-yilda bu foizli xarajat miqdori 14 710965 ming so’mni tashkil etgan. 2012-yilda esa boshqa banklarga to 'lanadigan mablag’lar bo 'yicha foizli xarajatlar 5 340 844 ming so’mni tashkil qilib, 2014-yilga nisbatan 49,47 foizda kamayib, kamaygan summa 2 9370121 ming so’mni tashkil qilgan. AT“Aloqa bank” ning depositlar bo’yicha foizli xarajatlaridan talab qilib olinguncha depozitlr bo 'yicha foizli xarajatlar joriy 2014-yilda 419867 ming so’mni tashkil qilgan.
Depositning bu turi bo’yicha xarajat 2012-yilda 509 014 ming so’mni tashkil qilgan. Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan shuni ko’rishimiz mumkinki,

4-rasm. Aloqa bankning harajatlar dinamikasi.

AT “Aloqa bank” ning jami daromadlari o’sish tendensiyasiga ega. 2012-yilda bankning jami daromadlari 81608298 ming so’mni tashkil etgan. 2014-yilga kelibjami daromadlar 127 117 782 ming so’mni tashkil qilgan bo’lib, joriy yilda jami daromadlar 2012-yilga nisbatan 15,58 foizga oshgan. Shuni ta’kidlash joizki, 2012-2014-yillar oralig’ida AT “Aloqa bank”ning jami daromadlari 45 509484 ming so’mda oshgan. Shuningdek, bankning jami daromadlari yillar kesimida ham o’sishni tashkil qilgan. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bank daromadlari barqaror o’sib dinamikasiga ega va shu bilan mutanosib ravishda sof foyda miqdori ham ko’payib kelmoqda.




XULОSA


Mazkur kurs ishida ko’tarilgan mavzudan shunday xulosa qilishimiz
likvidliligining ta’minlanishi, shuningdek banklarning moliyaviy barqarorligi, avvalumbor, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga salmoqli ahamiyatga ega bo’lib, bundan tashqari banklarning qanchalik ko’proq foydaga ega bo’lishi, o’z navbatida, banklarning omonatchilar va kreditorlar manfaatlarini shunchalik darajada himoya qilinganligidan, hamda tijorat bankining xizmatlari, operatsiyalari va faoliyati barqaror ekanligidan dalolat beradi.
O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilganda, avvalambor shuni ta’kidlashimiz kerakki, global jahon iqtisodiyotida hali-beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolarga qaramasdan 2014-yilda O’zbekiston o’z iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirdi, aholining turmush darajasini izchil yuksaltirishni ta’minladi, dunyo bozoridagi o’z pozitsiyasini mustahkamladi. Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklari iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini ta‟minlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilish orqali ular uchun nafaqat daromad manbai, shu bilan birga bank uchun ham qo’shimcha resurs manbaidir. Shuningdek, bu orqali iqtisodiyotda pul mablag’larini bankdan tashqari jamg’arilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, bu borada aholining manfaatlarini ham inobatga olgan holda, tijorat banklari tomonidan aholi uchun jozibador omonat turlari joriy etilmoqda.
Respublikamiz tijorat banklarining daromadlarini oshirish, bank foydasini ko’paytirish maqsadida quyidagi takliflarni kiritishimiz mumkin:

  1. Tijorat banklarining foizli daromadlarini yalpi daromad hajmidagi salmog’ining mo’tadil darajasini ta’minlash, bunda jami daromad tarkibida foizli daromadlarning ulushini 70% va undan ortiqroq qilishga erishish lozim. Bu ishlarni bajarishda maxsus fondlar yordamidan kengroq foydalanish zarur.

  2. Tijorat banklariga barqaror resurs manbalarini ko’proq jalb qilib, shu orqali har xil kutilmagan zararlarnin kamaytirishga erishish kerak.

  3. Banklarda innovatsion texnologiyalar va yangi zamonaviy xizmat turlarini ko’proq qo’llagan holda bank faoliyatining samaradorligini oshirish va bu orqali operatsion va boshqa xarajatlar salmog’ini kamaytirishga erishish lozim.

  4. Tijorat banklarida marketing tadqiqotlarini samarali va keng yo’lga qo’yish orqali banklarga yangi mijozlar jalb qilishni takomillashtirish tizimini yaratish kerak, bu esa o’z navbatida bank foydasini yanada ko’paytirishga xizmat qiladi.

  5. Foyda va zararlarni chuqur tadqiq etishda foyda va rentabellikni o’stirishning ichki imkoniyatlarini aniqlashda, bank foydasini o’stirish yuzasidan har tomonlama asoslangan xulosalarni chiqarishda moliyaviy hisobotlarning takomillashgan tartibini joriy etish lozim.

  6. Respublika tijorat banklarining moliyaviy bozordagi operatsiyalarini rivojlantirish.

Yuqoridagi takliflarni bank amaliyotida qo’llanilishi tijorat banklari foydasini oshirishga yordam beradi degan umiddamiz.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling