Bank moliya xizmatlari
Shartnoma shariatga muvofiq va sahih (to‘g‘ri) bo‘lishi uchun 6 ta asosiy shartlar mavjud
Download 42.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqIslom
Shartnoma shariatga muvofiq va sahih (to‘g‘ri) bo‘lishi uchun 6 ta asosiy shartlar mavjud:
1) Konsensus (o‘zaro rozilik)- fikrlarning bir joydan chiqishi. 2) Imkoniyat/ Qodirlik- Shartnomaga kirishuvchi shaxs shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lishi. 3) Ikkala tomonning ham shartnoma shartlarini bajara olishi. 4) Shartnomaning bajarilishi va maqsadi shariatga mos bo‘lishi kerak. 5) Birlamchi unsurlarning mavjudligi. 6) Amalga oshirish aniq bo‘lishi yoki asosli ravishda aniqlanishi kerak. Mushoraka - bu foyda olish uchun aktivlar, mehnat yoki majburiyatlarni birlashtirish tugrisidagi ikki yoki undan ortiq tomonlar urtasidagi kelishuv. Loyihaning foydasi va zarari moliya muassasasi va uning mijozi urtasida oldindan kelishilgan nisbatlarda, kupincha loyihani moliyalashtirishdagi ulushlarga mutanosib ravishda taqsimlanadi Mushoraka shartnomasi quyidagi asosiy toifalari bo‘yichatasniflanadi: 1.Fiqh bo‘yicha o‘rnatilgan sherikchilik shakli. Bunga shirkat ul-aqdning shakllari kiradi. 2. Zamonaviy korporatsiyaning shakllari Fiqh bo‘yicha an'a- naviy sherikchilik sherikchilikning quyidagi shakllarini o‘z ichiga oladi 1.Shirkat ul-amval ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasidagi sherikchilishartnomaviyk. 2. Shirkat ul-vujuh (majburiyat asosidagi sherikchilik 3. Shirkat ul-amal ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasida sherikchilik 1. Shirkat ul-inon yoki shirkat ul-amval ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasidagi shartnomaviy sherikchilikni o‘z ichiga oladi, unga ko‘ra har bir ishtirokchi ma'lum bir pul miqdorini kiritadi va bu ularning har biriga sherikchilik aktivlarini tasarruf etish imkonini beradi, bu yerda foyda sherikchilik tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq, zararlar esa har bir ishtirokchining sherikchilik kapitalidagi badaliga mutanosib taqsimlanishi shart qilinadi 2.Shirkat ul-vujuh (majburiyat asosidagi sherikchilik) ikki yoki undan ortiq tomon o‘rtasidagi tomonlarning obro‘si asosida, foyda olish maqsadida aktivlarni qarzga sotib olish uchun sherikchilik tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni o‘zida aks ettiradi, unga ko‘ra, tomonlar aniqlagan foizli nisbatga muvofiq taraflar o‘z majburiyatlarini bajarish mas'uliyatini zimmalariga oladilar. Bundan tashqari, tomonlar har bir sherik uchun foydada ishtirok etish ulushi va majburiyatni aniqlab olishlari kerak, bunda mana shunday ishtirok tomon- larning roziligiga ko‘ra, foydadagi ishtirok ulushidan kelib chiqib, katta yoki kichik tomonga farq qilishi mumkin Zamonaviy korporatsiyalar va ularning ko‘pchilikka ma'lum shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Sharika al-musohama (hissadorlik jamiyati); 2.Sharika al-tadamun (solidar (umumiy) mas'uliyatli kom- paniya); 3.Sharika at-tavsiya al-basita (kommandit sherikchiligi); 4.Sharika at-tavsiya bil-asham (mas'uliyati cheklangan hissadorlik kompaniyasi); 5.Sharika al-muhossa (oddiy sherikchilik); 6.Sharika al-mutanaqis (kamayib boruvchi sheriklik). Sharika al-musohama (hissadorlik jamiyati) savdolashiladigan aksiyalari teng ulushlarga taqsimlangan kapitalga ega kompaniyani o‘zida aks ettiradi, bunda har bir hissadorning javobgarligi kapitaldagi uning ulushi bilan cheklangan bo‘ladi. Bu moliyaviy sherikchilikning shaklidir. Sharika at-tadamun (solidar (umumiy) mas'uliyatli kompa- niya) o‘zida xususiy sherikchilik shaklini aks ettiradi, u o‘ziga xos huquqqa (tovar belgisi) ega ro‘yxatdan o‘tkazilgan kompaniya sifatida gavdalanadi Sharika at-tavsiya al-basita (kommandit sherikchilik) boshqaruvchi va passiv (mustaqilligi cheklangan – B. J.) sherik larni qamrab olgan xususiy sherikchilik shaklini o‘zida aks ettiradi. Mazkur sherikchilikda boshqaruvchi sheriklar o‘zining shaxsiy mulki bilan kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar mas'uliyatni zimmasiga oladi. Har bir passiv sherikning majburiyati unga tegishli bo‘lgan lotlar bilan cheklanadi, lekin ushbu majburiyat uning shaxsiy mulkiga tatbiq etilmaydi. Sharika al-muhossa xususiy kompaniyaning shakllaridan biri hisoblanadi, sheriklar sherikchilik shakllanguniga qadar, har bir potensial sherikning moliyaviy holatini va majburiyatlar bo‘yicha shaxsiy mulki bilan javob bera olish qobiliyatini baholaydilar Mushoraka shartnomalari kompaniyaning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun yoki qo‘shma investision faoliyatga, masalan, ko‘chmas mulkka yoki qishloq xo‘jaligiga quyilmalar kiritish uchun ishlatilishi mumkin. Odatda, shartnomalarning mazkur shakli uzoq muddatli investision loyihalarni moliyalash tirish uchun qo‘llanadi 3. Qarzga asoslangan moliyalashtirish vositalari. Murobaha – AAOIFI ning xalqaro standartlariga ko‘ra, bank yoki boshqa moliyaviy vositachi mijoz uchun zarur bo‘lgan aktiv- ni sotuvchidan sotib olishi va uni mijozga to‘lov muddatini uzaytirish yo‘li bilan sotishini o‘zida aks ettiradi. Mazkur bitim sotib olingan tovar bahosiga ma'lum bir kelishilgan ustama qo‘yish yo‘li bilan sotishni ifodalaydi. Ushbu ustama sotib olish bahosidan ma'lum bir foizni yoki pul miqdorini tashkil etishi mumkin. Quyidagilar murobaha bitimi amalda ekanligining shartlari hisoblanadi Sotish predmeti shariat ruxsat bergan, mavjud tovar bo‘lishi, shuningdek, o‘zida moddiy aktivni ifodalashi va uning soni hamda sifati oson aniqlanishi shart. Moliyaviy muassasa tovarni jismoniy yoki amaliy jihatdan mulk qilib olgan bo‘lishi lozim Mijoz tovarning qiymati va ustama haqidan boxabar etilgan bo‘lishi shart. Ustama miqdori tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Murobaha shartnomasidagi baho shartnoma amal qilish davri boshida bir martalik to‘lov bilan to‘lanishi mumkin, to‘lovlar, shuningdek, kechiktirilishi va shartnoma amal qilish davri yakuniga qadar butkul yoki qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi mumkin. Murobaha shartnomasidagi baho shartnoma amal qilish davri boshida bir martalik to‘lov bilan to‘lanishi mumkin, to‘lovlar, shuningdek, kechiktirilishi va shartnoma amal qilish davri yakuniga qadar butkul yoki qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi mumkin. . Download 42.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling