Bank siri. Bank va bank siri to'g'risidagi qonun


-modda. Bank sirining muhofaza qilinishi


Download 419.59 Kb.
bet5/22
Sana13.09.2023
Hajmi419.59 Kb.
#1676667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Bank siri

7-modda. Bank sirining muhofaza qilinishi
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning muhofaza qilinishi bank tomonidan kafolatlanadi.
Bankning rahbarlari va boshqa xodimlari xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilishi, shuningdek mazkur ma’lumotlardan shaxsiy maqsadda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanishi, uchinchi shaxslarga bunday foydalanish imkoniyatini bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday ma’lumotlarni saqlash tartibini buzish oqibatida yaratib berishi taqiqlanadi.
Bankning rahbari yoki boshqa xodimi bankda ishlash davrida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uning bank bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor qilishga haqli emas.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning tegishli ravishda saqlanishi uchun bank zarur tashkiliy va texnikaviy chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Agar bank bilan mijoz (vakil) o‘rtasida nizo kelib chiqqan bo‘lsa, bank o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga mijozning (vakilning) bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni zarur hollarda va doirada ma’lum qilishi mumkin.
8-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mijozning (vakilning) o‘ziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek ushbu Qonunda belgilangan tartibda boshqa shaxslarga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank sirini tashkil etuvchi, pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni, agar bu ma’lumotlar uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lsa, olishga haqlidir.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyundagi O‘RQ-697-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni, agar bu ma’lumotlar mazkur tashkilotlar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish sohasida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lsa, olishga haqlidir.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z mijozlari haqidagi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kredit axborotini belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etish bank sirining buzilishi deb hisoblanmaydi;
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 419.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling