Bank siri. Bank va bank siri to'g'risidagi qonun


Download 419.59 Kb.
bet6/22
Sana13.09.2023
Hajmi419.59 Kb.
#1676667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Bank siri

9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga taqdim etish
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:
prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo‘yicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni ta’minlash maqsadida — tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida — tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.
Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar o‘z ish yurituvidagi jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv ishlari bo‘yicha banklarda hisobvaraqlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan rejimda olishi mumkin.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyundagi O‘RQ-697-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni sudga va davlat ijrosiga taqdim etish
(10-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar sudga uning yozma so‘rovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar bo‘yicha taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat ijrochisiga uning yozma so‘rovi, shu jumladan elektron hujjat tarzidagi so‘rovi asosida, mazkur bank mijoziga (vakiliga) nisbatan davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi bo‘yicha taqdim etiladi.
(10-moddaning ikinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)

Download 419.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling