Bank siri. Bank va bank siri to'g'risidagi qonun


-modda. Uchinchi shaxslar


Download 419.59 Kb.
bet4/22
Sana13.09.2023
Hajmi419.59 Kb.
#1676667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Bank siri

4-modda. Uchinchi shaxslar
Bank, uning mijozi (vakili) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan tashqari boshqa barcha shaxslar uchinchi shaxslar hisoblanadi.
5-modda. Bank sirining oshkor qilinishi
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish, og‘zaki yoki yozma shaklda yoxud boshqa yo‘sinda tarqatish yoki ma’lum qilish, uchinchi shaxslar e’tiboriga yetkazish, bunday ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi uchun uchinchi shaxslarga bevosita yoki bilvosita, shu jumladan ana shunday ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoxud ma’lum bo‘lib qolgan yoki ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bunday ma’lumotlarni saqlash tartibining buzilishi oqibatida imkoniyat yaratib berish bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilar bank sirining oshkor qilinishi deb hisoblanmaydi:
bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning bank tomonidan uchinchi shaxslarga ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bankka yuridik, buxgalteriya, auditorlik, axborot va maslahat yo‘sinidagi xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga ma’lum qilinishi yoki taqdim etilishi, basharti bu shunday xizmatni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lsa hamda mazkur shaxslar ushbu Qonunning 6-moddasida belgilangan harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyishi shart bo‘lsa;
prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartibda almashish.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyundagi O‘RQ-697-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son)
6-modda. Bank sirining oshkor qilinishini taqiqlash
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan yoxud ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etilgan shaxslar tomonidan bu ma’lumotlarning oshkor qilinishi yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanilishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etishga yoki taqdim etishga haqli emas, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 419.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling