Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari
Download 29.2 Kb.
|
Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslashgan tijorat banklari
- Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
Tijorat banklari o'zlarining xo'jalik mavqeiga ko'ra aksionerlik tu-ridagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko'ra, faoliyatning biron-bir turiga xizmat ko'rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo'lishi mumkin.
Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag'lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o'rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shuningdek, vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug'ullanadi. O'zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonunida aytilishicha, tijorat banklari va aksiyali pay asosida tashkil topgan xususiy banklar bo'ladiki, ular "kredit hisob-kitob va o'zga xil bank xizmatini ko'rsatadilar". Tijorat banklar faoliyatining asosiy maqsadi foyda chiqarib olishni ko'zda tutadi. Tijorat banklari daromadining manbai mijozlarining bank xizmati uchun to'lovi va aktivlardan - zayom, kredit, qimmatli qog'ozlardan olinadigan foiz hisoblanadi. Ixtisoslashgan tijorat banklari - iqtisodiyotning turli sohalarida tijorat tamoyillarida kredit-pul operatsiyalarining muayyan turlarini amalga oshiradi. Jumladan, bizning respublikada Sanoat-qurilish banki - sanoat, transport, aloqa va moddiy-texnika ta'minoti sohalarida; «Zamin», «G'alla», «Paxta» banklar — agrosanoat kompleksi tarmoqlari va sohalarida; Tadbirkor banki mayda va o'rta biznes, kooperativ va yakka tartibdagi mehnat faoliyati sohasida kredit-pul operatsiyalarini amalga oshiradi. Xalq banki - mamlakatda omonat ishlarini tashkil etishni, naqd pulsiz hisob-kitob qilishni va aholi uchun kassa vazifasini amalga oshirishni, aholiga shaxsiy ehtiyojlarga kredit berishni va shu kabi operatsiyalarni ta'minlaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki eksport-import operatsiyalarini bevosita amalga oshiruvchi korxona va muassasalarga kredit beradi, qo'shma korxonalarga kredit berishda qatnashadi, yig'ma valyuta rejasining ijrosini, valyuta resurslaridan tejab foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek, tashqi iqtisodiy operatsiyalarga oid hisob-kitoblarni tashkil etadi va amalga oshirishni ta'minlaydi. Tijorat banklari tizimida tor ixtisoslashishi bo'yicha investitsion va ipoteka banklarini ajratib ko'rsatish lozim. Download 29.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling