Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari


Download 29.2 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi29.2 Kb.
#1548079
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli.

Investitsion banklar - maxsus kredit muassasalari bo'lib, obligatsiya hamda qarz majburiyatlari boshqa turlarini chiqarish yo'li bilan uzoq muddatli ssuda kapitalini jalb qiladi va ularni mijozlar (asosan davlat va tadbirkorlar)ga taqdim etadi.
Investision kompaniyalar o'zlarining qimmatli qog'ozlarini chiqarish yo'li bilan huquqiy investorlar pul resurslarini to'playdi va ularni korxona (milliy va chet el)lar aksiya va obligatsiyalariga joylashtiradi. Bunday
kompaniyalar to'liq investorlar manfaatini ifodalaydi va ularning asosiy maqsadi qo'yilgan kapital hisobiga foyda olish hisoblanadi.
Ipoteka banklar — bu ko'chmas mulk (yer va inshoot) hisobiga uzoq muddatli ssuda berishga ixtisoslashgan kredit muassasalaridir. Ipoteka bankning resurslari o'zlarining ipoteka obligatsiyalari hisobiga shakllanadi. Olingan ssudadan uy-joy va boshqa inshootlar qurish, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish uchun foydalaniladi.
Barcha tijorat banklari zaxira (rezerv)larining hajmi va tarkibi bo'yicha Markaziy bank tomonidan o'rnatiladigan malum talablarga javob berishi zarur.
2005 yil yanvar holatiga ko'ra, O'zbekistonning bank tizimi O'zbeiston Markaziy banki va respublika bo'yicha 805 ta bo'limlariga ega bo'lgan 32 tijorat banklari tashkil etildi. Tijorat banklari tarkibiga 11 ta xususiy banklar, 5 ta xorijiy kapital ishtirokidagi banklar, 13 ta turli mulk shakllari birlashgan banklar kiradi. 2005 yil 1 yanvar holatiga ko'ra mini banklar soni 1122 taga yetdi.
Hukumat va O'zbekiston Markaziy banki tomonidan davlat ehtiyojlari uchun fermer xo'jaliklardan paxta va bug'doy yetishtirish xarajatlarini maqsadli kreditlashga bosqichma-bosqich o'tkazish bo'yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2005 yildan tijorat banklari tomonidan respublikaning barcha hududlarida mazkur tizim joriy qilina boshlanadi. Bunga qo'shimcha ravishda tijorat banklari tomonidan fermer xo'jaliklarini kelasi yil hosili va yer uchastkasi hukuqini garovga qo'yish bo'yicha kreditlash mexanizmi ishlab chiqilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, kreditlarni ta'minlashning yangi garov mexanizmi fermer xo'jaliklarini qarz mablag'laridan keng foydalanishga imkoniyat yaratadi. Qarzdorlarning kreditlari haqidagi ma'lumotlarni hisobga olish maksadida O'zbekiston Markaziy banki tomonidan Kredit ma'lumotlari milliy institutini (KMMI) tashkil etish bo'yicha nizom qabul qilinib, kredit ma'lumotlari Banklararo kredit byurosiga (BKB) va tijorat banklariga taqdim etildi. Kredit ma'lumotlarining yagona reestri tijorat banklarining kredit, lizing va faktoringli shartnomalari, garovga qo'yilgan mol-mulk va kafolatlar hamda davlat statistika idoralari, nodavlat tashkilotlar va xo'jalik subyektlaridan olingan ma'lumotlar asosida shakllantiriladi. Qarz oluvchilarning krediti haqidagi ma'lumotlardan samarali foydalanish bank nazorati sifatini oshirishga va kredit xatarlarining kamayishiga olib keladi.
2005 yil 1 yanvar holatiga tijorat banklarining jami aktivlari summasi 5,4 trln.so'mni tashkil etdi, bu banklarni kredit qo'yilmalarining sezilarli darajada ortganligi bilan bog'liq. 2004 yilda aktivlar 22 foiz o'sgan, bu esa, aksariyat jihatdan banklarning kreditlar berishga qo'yilmalarning oshganligi bilan izohlanadi. 2004 yilda kredit qo'yilmalarining umumiy qoldig'i 751 mlrd. so'mga yoki 13,4 foizga, shu jumladan, milliy vaiyutada 320,4 mlrd.so'm yoki 22,3 foizga o'sdi. 2004 yil mobaynida milliy vaiyutada jismoniy shaxslar mablag'larini depozit hisoblarga jalb etish 32 foizga ortib, 323 mlrd. so'mni tashkil etdi.8



Download 29.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling