Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari
Download 29.2 Kb.
|
Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat banki
Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli. Reja: Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi. Bank tizimi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta'minlashda banklar muhim rol o'ynaydi. Banklar pul mablag'larini to'plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug'ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo'lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil etadi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo'lib, o'z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi. «Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish...» ustuvor yo'nalishlardan hisoblanadi8. Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko'pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo'lib, u o'tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o'rnatiladi. Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg'arma muassasalaridan mablag'larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko'ra, Markaziy bank "banklar banki" deyiladi. Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini olib borishga ko'maklashadi. Markaziy bank ko'plab xilma-xil vazifalarni bajaradi. Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi. Ikkinchidan, cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta'minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi. Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi. To'rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg'unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi. Beshinchidan, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi. Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish ma'suliyatini oladi, milliy valyutani muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi. Monetar siyosatning asosiy maqsadi inflyatsiyani past darajada ushlab turish va so'mning barqaror ayirboshlash kursini ta'minlashdan iborat. Mazkur vazifalar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishga yo'naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog'langandir. O'zbekiston Markaziy banki o'zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi. Bank tomonidan pul-kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qog'ozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zaxira talablari vositalari ham ishga solinadi. O'zbekiston Markaziy banki pul bozorlarida qisqa muddatli likvidlikni tartibga solish maqsadida ochiq bozorda operatsiyalarni amalga oshiradi. Xususan, 2004 yil mobaynida tijorat banklarining bo'sh pul mablag'larini depozitlarga jalb qilish va muomalaga qimmatli qog'ozlarni chiqarish hajmi 100 mlrd. so'mni tashkil etdi. 2004 yilda xorijiy valyutani sotish va sotib olish operatsiyalari birjadan tashqari bozorda amalga oshirildi. Valyutani erkinlashtirish natijasida milliy valyuta konvertatsiyasining joriy qilinishi evaziga ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar salmog'i sezilarli darajada ortdi. Shu bilan bir qatorda, tashqi savdo jumladan, eksport operatsiyalarining kengayishi tashqi savdo balansining ijobiy qoldig'i (1,037 mlrd. AQSh dollari) bo'lishiga va O'zbekiston Markaziy bankining oltin-valyuta zaxirasining ortishiga (30 foizdan ortiq) olib keldi. O'zbekiston Markaziy banki keyingi yillarda qulay foiz stavkasi siyosatini olib bormoqda. Jumladan, 2004 yil mobaynida qayta moliyalash stavkasi ikki marotaba qisqardi: birinchi marta iyul oyida 20 foizdan 18 foizga va ikkinchi marta 2004 yilning dekabr oyida — 18 foizdan 16 foizga. O'zbekiston Markaziy banki stavkalarining pasayishi awalo, bank tizimining qo'shimcha resurslarga bo'lgan talabi va inflyatsiyaning past darajasi bilan moslashtirildi. Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining pasayishi jarayonida tijorat banklarining foiz stavkalarini pasayishi ham kuzatildi.9 Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida banklar va korxonalar teng huquqli sheriklar sifatida chiqadi. Kredit berishda fantexnika taraqqiyotini jadallashtirishni, ishlab chiqarishni rivojlantirishning yangi sifat darajasiga erishishni ta'minlaydigan tadbirlarga ustunlik beriladi. Banklar o'z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun moddiy jihatdan mas'ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari ko'proq ularning iqtisodiy foydaligiga va samaradorligiga qarab beriladi. Download 29.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling