Bank tizimi Pul-kredit siyosati
Download 31.89 Kb.
|
DAVLATNING KREDIT PUL SIYOSATI UNING DASTAKLARI VA AMALGA OSHIRISH VOSITALARI
Majburiy rezervlar. Majburiy rezerv talablari tijorat banklarining kredit resurslari miqdoriga ta’sir ko’rsatish orqali iqtisodiyotdagi pul taklifini tartibga solishda pul-kredit siyosatining muhim instrumentlaridan biri sifatida qo’llanilmoqda.
Xususan, 2013 yil davomida inflyatsiya va pul massasining belgilangan prognoz ko’rsatkichlaridan kelib chiqib hamda tijorat banklarida uzoq muddatli resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida diversifikatsiyalangan majburiy rezerv normalari qo’llanilib, tijorat banklari tomonidan jalb qilingan yuridik shaxslarning talab qilib olinguncha va 1 yilgacha bo’lgan muddatli depozitlari uchun – 15 foiz, 1 yildan 3 yilgacha bo’lgan depozitlar uchun – 12 foiz, 3 yildan ortiq bo’lgan depozitlar uchun – 10,5 foiz miqdorida o’zgartirilmasdan qoldirildi. 2013 yilda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy rezervlari hajmi 463,1 mlrd. so’mga yoki yil boshiga nisbatan 25,2 foizga ko’paydi. O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hisobvarag’iga qo’shimcha ravishda 1,2 mlrd. dollar miqdoridagi mablag’lar yo’naltirilishi pul massasining belgilangan prognoz ko’rsatkichidan ortiqcha o’sishining oldini olishga va shu orqali ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi. Shuningdek, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o’sish jarayonlarini rag’batlantirish maqsadida foydalanildi. Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining, iqtisodiyotning kredit resurslariga bo’lgan talabini etarli darajada qondirish va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning 2013 yilga belgilangan maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2013 yil mobaynida yillik 12 foiz miqdorida saqlab turildi. Qayta moliyalash stavkasini shu holatda ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo’lgan talab va taklifning muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda tijorat banklari resurs bazasining barqarorligini ta’minlashga xizmat qildi. Download 31.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling