Bank tizimi va Markaziy banklarning maqsadi vazifalari


Download 0.95 Mb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1149028
  1   2   3
Bog'liq
Bank tizimi

Bank tizimi va Markaziy banklarning maqsadi vazifalari

Bajardi:Usmonqulov I.

Tekshirdi:Abdullayeva Sh.


Reja:
1. Bank tizimi
2. Markaziy banklarning maqsadi vazifalari
3.Xulosa
4.Foydalanilgan adabiyotlar va web saytlar

1. Bank tizimi

Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.

Bank tizimi har qanday davlat moliyaviy tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida uning iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli bank faoliyatini amalga oshirilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni davlat tomonidan qat’iy va aniq xuquqiy tartibga solinishi nafaqat bank mijozlarining, balki davlat va jamiyat manfaatlarini muhofaza qilishning muhim kafolatlaridan bo‘lib hisoblanadi. Bank sohasidagi xuquqiy munosabatlar deganda moliya, kredit va bank xizmati ko‘rsatish bozorida ishtirok etuvchi sub’ektlar o‘rtasida (Markaziy bank va tijorat banklari; tijorat banklari va ularning mijozolari) yuzaga keluvchi hamda qonunchilik normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy aloqalar majmui tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki – mamlakat bank-kredit tizimlarini boshqaruvchi, monopol tarzda pul emissiyasini amalga oshirishga xaqli bo‘lgan, milliy iqtisodiyot manfaatlarini ko‘zlab pul kredit siyosatini shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi bankdir.

O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki – mamlakat bank-kredit tizimlarini boshqaruvchi, monopol tarzda pul emissiyasini amalga oshirishga xaqli bo‘lgan, milliy iqtisodiyot manfaatlarini ko‘zlab pul kredit siyosatini shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi bankdir.

Markaziy bank faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Bankka oid xuquqiy munosabatlar bo‘lib Markaziy bank tomonidan bank sohasini boshqarish va nazorat qilish chog‘ida o‘z vakolatlarini amalga oshirish tufayli Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida yuzaga keladi.


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling