Bank tizimining samaradorligini oshirish Bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash Bank sektorida davlat ulushini kamaytirish
Bank sektorida davlat ulushini kamaytirish
Download 28.61 Kb.
|
Bank tizimining samaradorligini oshirish
3. Bank sektorida davlat ulushini kamaytirish
Tijorat banklarini xususiylashtirish bank tizimini isloh qilishning muhim omili hisoblanadi. Mazkur vazifani bajarish maqsadida quyidagilar ko‘zda tutilmoqda: 1) kredit tashkilotlarini ularga xos bo‘lmagan funksiyalarni bajarishdan, shuningdek, ortiqcha yuklamalardan ozod qilish orqali ma’muriy yukni izchillik bilan bartaraf etish; 2) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, tijorat banklarining biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va masofaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; 3) bank ishida yetarli darajada tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan strategik investorlarni jalb qilgan holda, qator tijorat banklarida davlat ulushini kamaytirish; 4) bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi (“loyihalar fabrikasi”)ni joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida bir qancha banklardagi davlat ulushini o‘rta muddatli istiqbolda saqlab qolish; 5) nazorat yuklarini, shu jumladan banklarning regulyator va davlat organlari bilan axborot almashinuvini takomillashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini soddalashtirish va avtomatlashtirish orqali ularni taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan yuklarni kamaytirish. Yirik banklarni xususiylashtirishda asosiy yondashuv ikki bosqichni, shu jumladan 2020-2021-yillarda institutsional o‘zgarishlarni va undan keyingi davrda davlat ulushini strategik investorlarga to‘liq sotishni nazarda tutadi. Birinchi bosqich davomida banklarni institutsional o‘zgartirish xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni hamda banklarning moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va tegishli transformatsiya strategiyasini ishlab chiqish uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilishni nazarda tutadi. Xalqaro moliya institutlari bilan keng qamrovli hamkorlik korporativ boshqaruv, biznes-strategiya va operatsiyalarga zamonaviy yechimlarni joriy etishga asoslanadi. Bundan tashqari, ularning ishtiroki potensial strategik investorlar uchun ijobiy belgi hisoblanadi. Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarni korporativ transformatsiya qilish jarayoni to‘rtta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Korporativ boshqaruvni takomillashtirish: bank kuzatuv kengashlariga bank sohasida xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mustaqil a’zolarni kiritgan holda, ularning tarkibini yangilash, tijorat banklari boshqaruv organlari o‘rtasida vakolat va majburiyatlarni aniq taqsimlash; samarali nazorat uchun kuzatuv kengashlari huzurida maxsus qo‘mitalarni tashkil etish; zamonaviy xalqaro tajriba asosida bank boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish, ijro organlari faoliyati sifatini baholash uchun “samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari”ni belgilash amaliyotini joriy qilish; moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga o‘tish, minoritar aksiyadorlar, mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlarga ma’lumotlarning yetarli darajada oshkor etilishini ta’minlash; 2. Bank xizmatlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish: biznes jarayonlarni maqbullashtirish va boshqaruv sifatining xalqaro standartlarini joriy qilish; tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali kreditlar ajratish jarayonlarini soddalashtirish; mijozlarga keng ko‘lamli xizmatlarni (moliyaviy maslahat, investitsion banking, faktoring, loyihaviy moliyalashtirish, lizing va boshqalar) taklif etish; 3. Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish: masofaviy bank xizmatlari, shu jumladan kontaktsiz to‘lovlar soni va qamrovini kengaytirish; avtomatlashtirilgan skoring tizimi, raqamli identifikatsiyalash va kredit konveyeridan keng foydalanish; bank ma’lumotlari va tizimlarining axborot xavfsizligini kuchaytirish; bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni joriy qilish (fintex, marketpleys, raqamli bank); 4. Kadrlar salohiyatini oshirish: kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish; bank kadrlarini uzluksiz o‘qitish tizimini joriy qilish; har bir xodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq to‘lashning zamonaviy tizimlariga o‘tish (KPI, bonus). Bank tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirishda Bank-moliya akademiyasi faoliyatini yangicha tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda, yetakchi xorijiy banklar va konsultantlar bilan hamkorlik qilish asosida uzluksiz ta’lim tizimini tashkil etish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uzviy aloqani ta’minlash nazarda tutiladi. Ikkinchi bosqich — davlat ulushini xususiylashtirish banklarning transformatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanganidan so‘ng amalga oshiriladi va zarur tajriba, bilim va obro‘ga ega bo‘lgan strategik investorlarga bank aksiyalarini sotishni nazarda tutadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur Strategiya doirasida quyidagi banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirish ko‘zda tutilmoqda: 1) “Ipoteka-bank” ATIB va “O‘zsanoatqurilishbank” ATBni Xalqaro moliya korporatsiyasining ko‘magida; 2) “Aloqabank” ATBni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot bankining ko‘magida; 3) “Asaka” ATBni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining ko‘magida; 4) “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turon bank” ATBni xalqaro moliya institutlari va konsalting tashkilotlarini jalb qilish orqali ularni qo‘shib yuborish masalasini ko‘rib chiqqan holda. Mazkur Strategiyani amalga oshirish doirasida AT “Xalq banki” va “Asia Alliance Bank” ATBdagi davlat aksiyalari paketini xorijiy strategik investorlarga sotish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, AT Xalq bankini xususiylashtirishga tayyorlash jarayonida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini bankdan ajratib olish ko‘zda tutilmoqda. Bank tizimini isloh qilish davrida barcha aholi qatlamlarining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida davlat ishtiroki ustuvor ravishda uchta bankda — “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda – O‘zmilliybank), “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBda saqlab qolinadi. O‘zmilliybank faoliyati ustuvor ravishda strategik korxonalar va investitsiya loyihalariga bozor shartlarida bank xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, keng qamrovli bank mahsulotlarini taqdim etishga qaratilgan tizimli ahamiyatga molik bank sifatida belgilanadi. Bundan tashqari O‘zmilliybank xalqaro tajribani inobatga olgan holda, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, moliyalashtirish va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) joriy etish bilan shug‘ullanadi. “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBning hududlardagi tarmog‘i afzalligini inobatga olgan holda, ularning faoliyati kichik va o‘rta biznesni, qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan kredit orqali qo‘llab-quvvatlashga, hududlarda, shu jumladan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qiyin bo‘lgan olis tumanlarda jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish va kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bunda, mazkur banklarda quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda: professional kuzatuv kengashlarini shakllantirish, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish; operatsiyalar va biznes natijalarning samaradorligini kompleks monitoringi tizimini joriy qilish; tashqi auditorlar va davlat nazorat organlari bilan o‘zaro tizimli hamkorlikni ta’minlash. Davlat ulushi mavjud bo‘lgan ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni qayta tashkil etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Download 28.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling