Banklar risklarini boshqarish va ularni muvofiqlashtiruvchilar bilan bog’liq risklar


Download 67.71 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi67.71 Kb.
#1534944
  1   2   3   4
Bog'liq
Bank risklarining mohiyati


Banklar risklarini boshqarish va ularni muvofiqlashtiruvchilar bilan bog’liq risklar
Islamova Iroda Jahongir qizi
Toshkent kimyo-texnalogiya instituti Shahrisabz filali 1- kursi talabasi
Annotatsiya: Bank riskini boshqarish tizimi riskining yuzaga kelishini oldindan xomcho’t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy holatlarga yo’l qo’ymaslik yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig’indisidan iborat.
Bank riskini boshqarish tizimining ob’ekti banklar faoliyatidan yuzaga keluvchi risklar bo’lsa, uning sub’ekti sifatida riskga o’z ta’sirini o’tkazuvchi guruh, bank xodimi yoki menejer hisoblanadi.
Kalit so’zlar: Bank, risklar, kapital, ssuda, boshqaruv, moliya, tarmoqlar, qo’mita, daromat, xarajad, Bazel standarti, kredit liniyasi, foiz riski.

Har qanday bank faoliyati turli risklar bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularni samarali boshqarish banklarning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Risk har qanday bank operatsiyalarida turli ko’lamda bo’ladi va turli yo’llar bilan qoplanadi. Oldindan ma’lum molyaviy natijaga erishishni kafolatlovchi riskdan xoli bo’lgan operatsiyalarni iqtisodiyotida uchratish juda qiyin. Banklar uchun risklardan qochish emas balki, ularni bartaraf etish, minimallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, ularning mohiyati xususda yagona yondashuv yo’q. Ko’pchilik olimlar riskni yuzaga kelish sabablarini zarar ko’rishga olib keluvchi holatlar, omillarga bog'lashadi. I. Bernar va J. Kollilarning fikricha, kredit riski bank riskining bir turi sifatida kredit qaytarilgunga qadar yuzaga kelishi mumkin bo’lgan, ko’zda tutilmagan holatlar, deb talqin qilishgan. Xalqaro Bazel qo’mitasi kapital yetarliligini baholashda kredit riskini ta'riflab. «kontragent tomonidan majburiyallarni bajarmaslik riski» silhlida qarashadi.


I.O. Krolli riskni bank tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida, o’z mablag’larining bir qismini yo’qotish, rajalashtirilgan daromadlarni olmaslik yoki qo'shimcha xarajatlarni qilish ehtimoli sifatida ta'rillaydi.
Yuqoridagi ta’riflardan ko’rinib turibdiki, bank risklari mohiyatini mualliflar qandaydir mavhumlik, noaniqlik, ko’zda tutilmagan holatlardagi xatar, daromad olmaslik yoki ko'zlangan natijaga erishmasdan zarar ko'rish ehtimoli, deb ta'riflangan. Mazkur ta'rillar qaysidir darajada bank risklari bilan bog'liq, lekin uning xususiyatini tavsiflamaydi.
Bank mijozlarga xizmat ko'rsatishda tovar ishlab chiqaruvchilar riski bilan bog’lanadi. Bank kapitali o’z tabiatiga ko'ra, sanoat va savdo kapitalining bir qismi hisoblanadi, vaqtinchalik jalb etilgan qarz kapitalini o'zida ifoda etadi. Bank kapitalining qaytarilishi, masalan, kreditlashda qarz oluvchi oborotiga mablag'larning o’tishi, keyinchalik undan bo’shab orqaga qaytishi jarayonida bank qarz oluvchi bilan birga risk qiladi. Ikkinchidan, o'ziga tegishli bo’lmagan mablag’ni vaqtinchalik boshqa subyektga beradi.
Aytish lozimki, bank riski uning faoliyatidagi ma'lum vaziyatni tavsitlovchi, kutilayotgan natijani salbiy tomonga chetlashishini va faoliyat natjasining mavhumliligini ko’rsatuvchi kategoriyadir. Bank riskining ikki muhim jihatini e'tiborga olish lozim: birinchidan, qaror qabul qilinuvchi vaziyatning mavhumligi; ikkinchidan, rejalashtirilgan natijaning salbiy tomondan o'zgarishi hisoblanadi. Shu bilan bog’liq holda, quyidagi uch kategoriyaga e'tibor berish muvofiq:
1. Xarajat: bankning jalb qilingan mablag'lar uchun omonatchilarga va kreditorlarga to’lagan foizlari. xodimlarga ish haqi xarajatlari va boshqa operatsion xarajatlar. Bank xarajatlarini amalga oshirishda risk quyidagi shakllarda namoyon bo'lishi mumkin: bozor sharoiti o’zgarishi natijasida, omonatlar bo’yicha foiz xarąjatlarning oshishi. kredit resurslari tanqisligi oqibatida. ulaming xarid narxi oshishi. boshqa banklarda narxlarning oshishi tufayli bank xodimlari ish haqi xarajatlari oshishi va boshqalar.
2. Zarar: kutilmagan vaziyatlar tufayli. joriy operatsiyalarda vaziyatning yaxshi o’rganilmaganligi hisobiga daromadlarning olinmasligi va rejalashtirilgandan yuqori xarajatlar qilinishi. Zarar ko'rish riski, avvalo, mablag'larning noratsional joylashtirilishi, bozor imkoniyatlarini va xatarini to'g'ri baholamaslik natijasida yuzaga keladi.
3. Yo'qotishlar: turli banklarda riskni umumiy holda ko'rsatuvchi ko'rsatkich - sof foydaning kutilmaganda kamayib ketishi. Bu ko’rsatkich yuqoridagi kategoriyalarni qamrab oladi.
Bank risklarining vujudga kelish sabablari
Bank risklari vujudga kelishining sabablari quyidągilardir:
— bozorni yaxshi o'rganmaslik;
— resurslarni jalb qilish va ulami joylashtirish sohasida ma'lumotlarning noto’g’riligi yoki yetarli emasligi;
— kreditlanadigan loyiha, obyekt va mijozlar to'g'risida. ularning moliyaviy holati to'g'risidagi ma'lumotlarning noto’g’riligi yoki to’liq emasligi;
— tarmoqlar yoki sohalar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarining inobatga olinmaganligi;
— subyektlar yoki mijozlarning malakasi va saviyasi, mablag'lardan foydalanish bo’yicha bilim va maqsadlarining turli xilligi va boshqalar.
Amaliyotda bank risklarini baholashda mijozlarning to'lovga
Iayoqatsiz bo'lib qolish ehtimoli, ularning moliyaviy holatining keskin pagayishi, valyuta va qimmatli qog'ozlar kursining o'zgarishi, shuningdek, mablag'larning ma'lum qismini qaytarib olish ehtimoli va boshqalar inobatga olinadi.
Ayni paylda, bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
— ma'lum bank operatsiyalarini amalga oshirishda konkret risklarni kamaytiruvchi yoki oshiruvchi omillarni aniqlash;
— aniqlangan omillami riskka ta'sir etish kuchini tahlil etish;
— riskning aniq shaklini baholash;
— riskning optimal darajasini belgilash;
— riskning maqbul darajasiga mosligi jihatdan alohida operatsiyalarni tahlil etish:
— riskni pasaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Bank faoliyatini butun bir kompleks sifatida va differensiyalangan tarzda turli operatsiyalar, bitimlar, uslubiyatlar, usullar, ish sxemalari, texnologiyalar tizimlari, tashkiliy tuzilmalar majmuasi sifatida ko'rib chiqishda ularning barchasiga atrof-muhitning agresiv ta'siri, mos ravishda shakllanadigan va amalga oshadigan risklar mavjudligini taxmin qilish mumkin.
Banklar faoliyatining o’ziga xos asosiy yo'nalishi bo'lgan kredit tizimi elementlaridan samarali foydalanish, ular faoliyatida moliyaviy masalalar birlamchi darajali ekanligini ko’rsatadi. Shuningdek, bank faoliyatida risklaming roli va ahamiyatini belgiIab beradigan, yuqorida sanab otilgan omillar banklarning turli operatsiyalari bilan namoyon bo'ladi. Bank operatsiyalaridagi mavjud risklar. uning moliyaviy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Risklarning menejment jarayonida ayrim muammolar va zararlarni keltirib chiqarishi va ularni keskinlashtirishi, shuningdek, risklarning salbiy tomonlarini inobatga olgan holda, bank faoliyatida mavjud risklar oqibatida bartaraf etishga harakat qilish, bank faoliyatini şamarali tartibga solish, barqarorlashtirish choralarini izlashga, ishlab chiqishga undashi kabi ijobiy xususiyatlarini ham qayd etish mumkin.
Aksariyat jarayonlarning ko'proq barqarorlik, muvozanat va tartibga intilishiga qaramay, bank menejmentida risklarning bir qator ijobiy tavsifnomalarini qayd etib o'tmasdan bo'lmaydi. Risklarning obyektivligi va tabiiyligini tushungan hamda tan olgan, ularning banklar faoliyatidagi, ular bilan bog’liq korxona va tashkilotlar faoliyatidagi roli va ahamiyatini to'g'ri baholagan holda, samarali menejment risklardan himoya qilish, ularni boshqarishdan tashqari, ulardan bank mahsulotlari sifatida, kompleksliligini oshirish, bank faoliyatini diversifikatsiya qilish va hatto daromadlarning o'sishi, qo’shimcha foyda olish vositalari sifatida ham foydalanadi.
Risklar tijorat banklarining faoliyatiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Ayrim davrlarda ma’lum bir riskning tijorat bankining faoliyatiga ta’siri favqulodda va kuchli bo’ladi. Bunga misol qilib, 1996-yilga bankrot bo’lgan Angliyaning “Beringz bank”ini keltirish mumkin. Mazkur bank o'zining Singapurdagi filiali rahbarining xatti-harakatlari tufayli bankrot bo'ldi. Bunda portfel riski bankning faoliyatiga favqulodda va kuchli ta'sir ko'rsatdi. Ya'ni, filial boshlig'i bank balansining passiv qismida turgan barcha bo'sh pul mablag'larini, qimmatli qog'ozlar portfelini diversifikatsiyalashni qo'pol ravishda buzgan holda, Yaponiya korporatsiyalarining obligatsiyalari va fyucherslariga investitsiya qildİ. Oradan biroz vaqt o’tgach, Yaponiyaning Kobe shahrİda yuz bergan dahshatli zilzila natijasida Yaponiya korporatsiyalarining obIigatsiyalarİ va frucherslarining bozor bahosİ keskin tushib ketdi. Buning oqibatida "Beringz” bank bankrot bo'ldi. Tijorat banklarida likvidlilik riskining chuqurlashishi bankning reputatsiyasiga va aktivlarining daromadliligiga nisbatan kuchli salbiy ta'sirini yuzaga keltiradi. Likvidlilik riskining bankning reputatsiyasiga nisbatan salbiy ta'sİri shunda namoyon bo'ladiki, bankda balanslashmagan likvidIiIiknİ yuzaga kelishİ natijasida to'lovlarniing kechikishi yuz beradi. Bu esa, banknİng mijozlar oldidagİ reputatsiyasiga putur yetkazadi.
Likvidlilik riskining bank aktivlarining daromadliligiga nisbatan salbiy ta'siri shundaki, tijorat bankining "Ностро,” vakillik hisobraqamlarida pul mablag'larining to'planishi bank aktivlarining daromadlilik darajasini pasayishiga olib keladi. Chunki, tijorat banklarining "Ностро" vakillik hisobraqamlarining qoldiqlariga, odatda, foiz to'lanmaydi.
Ta'kidlash joizki, tijorat banklarining faoliyatiga kredit riskining ta'siri boshqa risklarning ta'siriga qaraganda yuqoridir. Bu esa, quyidagİ sabablar bilan izohlanadi:
kreditlar tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida salmog'iga ko'ra birinchi o'rinni egallaydi

  • kreditlarning qaytmasligi bankning likvidlilik darajasini pasaytiradi, chunki kreditlar tijorat bankinİng "Ностро" vakillik hisobraqamlarini kreditlash yo’li bilan beriladi;

— kreditlami o'z vaqtida va to'liq qaytmasIigi natijasida foizIi daromadlar miqdori kamayadi. Buning natijasida sof foizli daromad miqdori ham kamayadi. Sof foizli daromad esa, tijorat bankining moliyaviy barqarorligini tavsiflovchi muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Tijorat banklari faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatiga moliyaviy xİzmatIar ko'rsatish bo'lganligi sababli valuta riski ularning faoliyatiga ma'lum davriy oraliqlarda kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Tijorat banklarida "risk-menejment" tizimining rivojianishi bank risklari darajasini pasaytirish imkonini beradi. Natijada, risklar ta'sirida bankning moliyaviy barqarorligi yomonlashishining oldi olinadi.
Shunisİ xarakterliki, tijorat banklari faoliyatidagi risklarning darajasiga ta'sir qiluvchi tashqİ omillar ta'sirida ayrim risklarning darajalari kutilmaganda oshib ketishi mumkin. Masalan, mamlakatda iqtisodiy konyunkturaning yomonlashib ketishi natijasida milliy valutaning qadri keskin pasayishi mumkin. Bunday holatda valuta riskining tijorat banklari faoliyatiga nisbatan ta'siri keskin oshadi. Yoki Markaziy bankning majburiy zaxira stavkaIarining oshirilishi natijasida tijorat banklari faoliyatidagi likvidlilik riskining darajasi keskin oshishi mumkin.








Er


Download 67.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling