Banklar va bank faol iyati to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1- modda. Ta’riflar


-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlar


Download 428.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana05.05.2023
Hajmi428.84 Kb.
#1427417
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA11

30-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Banklar hujjatlarni Markaziy bank belgilagan tartibda va muddatda o‘z idoraviy arxivlarida 
saqlashlari shart. 
 
 
31-
modda. Banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar 
Banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga 
oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Mijozlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zlari tanlagan bitta yoki bir necha bankda 
milliy valyutada va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar 
ochishga haqli. 
 
Banklar mijozlarga hisobvaraqlar ochishning Markaziy bank belgilagan tartibiga rioya 
qilishlari shart. 
 
Bankning barcha xizmatlari bank aksiyadorlari va boshqa mijozlarga teng shartlar asosida 
ko‘rsatiladi. 
 
32-modda. Banklararo operatsiyalar 
Banklar shartnoma asosida mablag‘larni depozitlar, kreditlar shaklida bir-birlaridan jalb 
etishi va bir-biriga joylashtirishi, tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari 
orqali hisob-
kitoblarni amalga oshirishi hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa o‘zaro 
operatsiyalarni bajarishi mumkin. 
 
33-modda. Banklarning hisob-kitob qilish tartibi 
Banklar va ularning mijozlari hisob-kitoblarni Markaziy bank belgilaydigan tartibda amalga 
oshiradilar. Ko‘rsatilgan tartibni buzganlik uchun ular qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar 
bo‘ladilar. 
 
34-
modda. Kreditlar qaytarilishini ta’minlash 


Banklar qonun hujjatlariga muvofiq ko‘char va ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish, kafolat 
berish, kafillikka olish va majburiyatlar asosida kredit beradilar. 
 
Banklar ta’minlanmagan kredit (e’timodli kredit) berish haqida qaror qabul qilishlari mumkin. 

Download 428.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling