Banklar va bank faol iyati to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1- modda. Ta’riflar


-modda. Banklar faoliyatini litsenziyalash


Download 428.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana05.05.2023
Hajmi428.84 Kb.
#1427417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA11

 


5-modda. Banklar faoliyatini litsenziyalash 
Bank, shu jumladan chet el banki, O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi. 
Litsenziyada bank bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati ko‘rsatiladi. 

Litsenzi
yasiz amalga oshiriladigan bank faoliyati g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi va bunday 
faoliyat natijasida olingan daromad davlat budjetiga olib qo‘yilishi lozim. 
6-modda. Firma nomi 
“Bank” atamasi yoki mazkur atama qo‘shib yasalgan so‘z birikmalarini ushbu Qonunga 
muvofiq bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlar o‘z firma 
nomida yoki reklama maqsadlarida ishlatishlari mumkin. 

Ushbu talabni buzish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
II. BANKLAR TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYATINI TUGATISh TARTIBI 
7-modda. Bank muassislari 
Banklar, qoida tariqasida, mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati 
tarzida tashkil etiladi. 

Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar bank 
muassislari bo‘lishi mumkin, basharti, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va jamoat fondlari bundan mustasno. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng ko‘p ulushi qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi. 
Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil 
mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar. 
Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirokiga yo‘l qo‘yilmaydi, chet el kapitali 
ishtirokidagi ba
nklar va shu’ba banklar tashkil etish hollari, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa hollar bundan mustasno. 
 

Download 428.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling