Banklar va bank faol iyati to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1- modda. Ta’riflar


Download 428.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana05.05.2023
Hajmi428.84 Kb.
#1427417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA11

8-modda. Bank ustavi 
Banklar o‘z ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatadilar. 
Bank ustavida: 
bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va qayerda joylashganligi (pochta manzili); 
bank operatsiyalarining ro‘yxati; 
ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ustav kapitalidagi ulushlarning taqsimoti; 
bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda 
vazifalari haqidagi ma’lumotlar; 
bank auditi tartibi, shu jumladan buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq 
belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 
Bank ustavida, ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari, qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. 
Bank ustaviga kiritiladigan o‘zgartishlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. 
 
 
 
 
9-modda. Bankning ustav kapitali 
Bankning ustav kapitali bank 
muassislari va aksiyadorlari to‘lagan pul mablag‘laridan tashkil 
topadi. 


Kreditga va garovga olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan 
bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun 
budjet mablag‘laridan foydalanilishi mumkin. 
Eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan uni ro‘yxatga olish paytigacha to‘lanishi 
kerak. Ustav kapitali uchun to‘lanadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankida 
yoki boshqa banklarida ochilgan jamg‘arish hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ko‘rsatilgan mablag‘lardan 
depozit sifatida foydalanish mumkin. 
Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. 
 
10-

Download 428.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling