Banklar va bank faoliyati to’g’risida
Download 34.25 Kb.
|
02. Nizom yakuniy nazorat hammaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy nazorat bo’limi”ning asosiy maqsadi va vazifalari
Umumiy qoidalar Mazkur Nizom, O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Xalq banki Ustavi hamda Markaziy bank va Xalq banki tomonidan chiqarilgan me’yoriy xujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Mazkur Nizom “Yakuniy nazorat bo’limi”ning vazifalari va funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini belgilaydi. “Yakuniya nazorat bo’limi” o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonuni, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Xalq banki Kengashi hamda Boshqaruvining qarorlari va farmoyishlari, Xalq banki Nizomi va bank muassasalari faoliyatiga tegishli bo’lgan boshqa me’yoriy xujjatlar asosida amalga oshiradi. Mazkur Nizom Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy hamda tuman (shahar) filiallaridagi Yakuniy nazorat bo’limlari hodimlarining faoliyat ko’rsatishi uchun rasmiy asos bo’lib hisoblanadi. “Yakuniy nazorat bo’limi” hududiy filiallarda Yakuniy nazorat bo’limi boshlig’i va bosh mutaxassislari hamda tuman (shahar) filiallarda Yakuniy nazorat bo’limi bosh mutaxassislarini o’z ichiga oladi. “Yakuniy nazorat bo’limi” mustaqil hisoblanib, Operatsiyalar departamenti direktori tomonidan markazlashgan holda boshqariladi. Bunda, “Yakuniy nazorat bo’limi” hodimlari to’g’ridan-to’g’ri Xalq bankining Operatsiyalar departamentiga bo’ysundi. “Yakuniy nazorat bo’limi”ning ish faoliyati Xalq banki Operatsiyalar departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladi. “Yakuniy nazorat bo’limi” hodimlari bankning Xalq banki hududiy (viloyat) va tuman (shahar) nomeklaturasida bo’ladi. Bankning hududiy filiallaridagi “Yakuniy nazorat bo’limi” hodimlari Operatsiyalar departamenti direktori xulosasiga muvofiq lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. “Yakuniy nazorat bo’limi” hodimlari lavozim maoshiga qo’shiladigan ustama haqlar, mukofot pullari bo’yicha to’lovlar Operatsiyalar Departamentining tavsiyasiga asosan belgilanadi. “Yakuniy nazorat bo’limi” hududiy (viloyat), tuman (shahar) filiallari hodimlariga mazkur nizomda ko’zda tutilmagan vazifalarni yuklash ruxsat etilmaydi. “Yakuniy nazorat bo’limi”ning asosiy maqsadi va vazifalari Yakuniy nazorat bo’liminning maqsadi-hududiy filial va uning tasarrufidagi filiallarda ichki nazorat monitoringini amalga oshirish, bank filialining barcha ichki operatsiyalarini nazoratdan o’tkazish hamda Operatsiyalar departamentiga hududiy filiallar faoliyatining nazorati va natijalari bo’yicha obyektiv tahlil, baxo, tavsiyalar hamda ma’lumotlarni taqdim etish orqali filiallarning samarali faoliyat yuritishiga ko’maklashishdan iboratdir. Hududiy filiallarning “Yakuniy nazorat bo’limi”ning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: Hududiy filiallarda hamda tuman (shahar ) filiallarida buxgalteriya hisob-varaqlari va moliyaviy hisobotlaning saranjom-sarishtaligi, aniqligi hamda ishoncliligini tahlil qilish orqali o’rganish; Hududiy filial tasarrufidagi filiallarning kapital tavakkalchiligini baxolash bilan bog’liq kapitalni baxolash tizimini o’rganish; Universal va chakana kassalar ishiga oid muomalalar (aholi omonatlari, kommunal va bir martalik to‘lovlar, plastic kartalar ochish), pul muomalasi, aholi va yuridik shaxslarga naqd pulsiz, hisob-kitob, kassa hamda kredit xizmat ko’rsatish, xorijiy valyutalar (xalqaro pul o’tkazmalari) bo’yicha bo’ladigan muomalalarning amaldagi yo’riqnomalarga asosan bajarilishini nazorat qilish; Bankning tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda, bank filliallarida naqd pul, qimmatliklar va qimmatbaxo qog’ozlarni saqlanishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlani ishlab chiqish va amalga oshirish; Hududiy (viloyat) va tuman (shahar) filiallarida buxgalteriya hisobini me’yoriy xujjatlarga asosan to’g’ri yuritilishini tekshirish; Pul mablag’lari hamda Tovar-moddiy boylilari daxlsizligini ta’minlanishi bo’yicha talablarga rioya etilishini tekshirish; Tekshirirsh ishlarini olib borish va aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf qilishga oid hodimlar bilan amaliy o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish; Hududiy (viloyat) va tuman (shahar) filiallarining moliyaviy va xo’jalik faoliyatini tekshirishdan o’tkazib, moliyaviy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida takliflar hamda tavsiyalar berish; Bankning ichki-hisobi bo’yicha muomalalari va pul muomalasi bo’yicha ishlarni tashkil etishning holatini tekshirish; Bnk balansining 17400-debitor hisob raqamlari va omonat transit hisob-raqamlarini filiallar kesimida kunlik nazorat qilish, yuzaga keladigan xatoliklarni doimiy tahlil qilib borish va o’z vaqtida bartaraf qilish uchun barcha zaruriy choralarni ko’rish, shubhali buxgalteriya amaliyoti bajarilgan taqdirda Bosh bankga xabar berish; Transit hisob- raqamlarni tekshirish va ko’p davrlar mobaynida vujudga kelgan qoplanmagan summalarni tahlil qilishni tuman (shahar) filiallariga yuklatish, hamda bartaraf qilishda qatnashish; Fuqarolarga to’lanadigan ijtimoiy to’lovlarni (pensiya, nafaqa) to’g’ri to’lanishini tekshirib borish; ijtimoiy to’lovlarni to’lanishini o’rganish maqsadida fuqarolar bilan uchrashib, yozma solishtirmalar tuzish (slicheniya qilish); har chorakda bir mini banklar, maxsus, sayyor, universal va chakana kassalarda rejali, mavzuli hamda to’satdan tekshirishlar o’tkazish; har chorakda bir, tuman (shahar) Yakuniy nazorat bo’limi hodimlarining qilayotgan ishlari va xisobotlarini tekshirish, tekshirilgan xujjatlarni tanlov asosida qayta tekshiruvdan o’tkazib ko’rish; mini banklar, maxsus, sayyor, chakana va universal kassalarning kunlik bajarilgan operatsiyalari bo’yicha tuzilgan xujjatlarini ma’sul bo’limlar tomonidan tekshirilishini nazoratga olib borish; hududiy (viloyat) va tuman (shahar) filiallarida lotereya biletlari qoldig’i, sotilishi yuzasidan har oyda Universal kassa operatsiyalari va mini banklar sho’basi hamda pul muomalasi, tahlili va naqd pul mablag’larini monitoring qilish bo’yicha maxsus sho’basi bilan birgalikda mavzuli tekshiruvdan o’tkazish; o’g’rilik, talon-taroj qilish, kamomad sodir etish, ortiqcha to’lash holatlarini oldini olish, bank va uning mijozlariga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish, mavjud muammoli aktivlami bartaraf qilishda ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning bajarilishini nazoratga olish; hududiy filiallarda tekshirish jarayonida kerakli bo’lgan xujjatlar, xisobotlar hamda ma’lumotlarni, shuningdek, ular bo’yicha mansabdor shaxslarning yozma tushuntirishlarini va ish uchun zarur boshqa xujjatlarni asl nusxalarini belgilangan tartibda olish; bank filiallarida tizimda amaldagi barcha me’yoriy xujjatlar talablarini bajarilishini nazorat qilish; hududiy (viloyat) va tuman (shahar) filiallarida, kredit, pul-muomalasi, hisob-kitob, kassa, valyuta, FJBPT va boshqa operatsiyalari bo’yicha bajarilgan muomalalarning to’g’riligi va asosliligi bo’yicha tekshirish ishlarini tashkil etish; hududiy (viloyat) va tuman (shahar) filiallarida Yakuniy nazorat hodimlari tomonidan o’tkazilgan tekshirish natijasi bo’yicha tuzilgan xisobot va dalolatnomalarni qabul qilish, ulardan bir nusxasini bosh ofisdagi ma’sul hodimga taqdim qilish, xisobotlarga asosan ishlab chiqilgan tekshirish davomida bartaraf etilmagan xato-kamchililar bo’yicha chora-tadbirlarni bajarilishini ta’minlash, hamda chora-tadbirning bajarilganligi haqidagi ma’lumotni bosh ofis hodimiga taqdim etish; filiallarda o’tkazilgan tekshirishlar va tuman (shahar) filiallarining Yakuniy nazorat hodimlari tomonidan o’tkazilgan ichki nazorat natijalarini Operatsiyalar departamenti ma’sul hodimiga va hududiy filial raxbariga taqdim qilish, xato va kamchiliklarga yo’l qo’ygan ma’sul hodimlarga nisbatan chora ko’rish yuzasidan takliflar berish; yakuniy nazorat bo’limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida Operatisiyalar departamentiga ma’ruza va ma’lumotnomalar tayyorlash; hududiy (viloyat) va tuman (shahar) filiallarida mablag’larning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish bilan bog’liq maslalar yuzasidan Boshqaruvga ma’lumotlar tayyorlanishida qatnashish; bank filiallarida ish to’g’ri yuritilishini, xujjatlarni o’z vaqtida ijro etilishi va saqlanishi, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish; moddiy javobgarligi bor lavozimlarga ishga qabul qilinayotgan ishdan ozod etilayotgan hodimlarni qonuniy tarzda qabul qilish hamda topshirish jarayonida ishtirok etish; hududiy (viloyat) va tuman (shahar) filiallarida bo’limning o’zida va filiallarda o’tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklarni chora-tadbirlar dasturi asosida to’liq bartaraf etilishini monitoring qilish hamda amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ma’lumotlarni Operatsiyalar departamenti ma’sul hodimiga taqdim qilish. Tuman (shahar) filiallarining “Yakuniy nazorat bo’limi” bosh mutaxassislarining asosiy vazifalari bank filiali ichki operatsiyalarini kunlik yakuniy nazoratdan o’tkazish va har oylik tekshiruvlardan o’tkazishdan iborat bo’lib, quyidagilar hisoblanadi: Download 34.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling