Banklar va bank faoliyati to’g’risida


Download 34.25 Kb.
bet2/5
Sana25.09.2023
Hajmi34.25 Kb.
#1687471
1   2   3   4   5
Bog'liq
02. Nizom yakuniy nazorat hammaga

(kunlik)

  • Bank filialining kunlik operatsiyalari yakunlanganidan so’ng keying bank ish kunidan kechikmagan holda bank dasturiga kirib, amalga oshirilgan barcha operatsiyalarni pul hisob-kitob xujjatlarining asl nusxalari bilan solishtirish;

  • Yakuniy nazoratni amalga oshiruvchi xodim tomonidan bank filiali va bank filialidan tashqarida joylashgan tarmoqlar (minibank va bank xizmatlari markazlaridan tashqari) kunlik hisobotlar yig‘majildini 1-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan jurnalga aks ettirgan holda qabul qilib oladi;

  • Buxgalteriya kunlik xujjatlarini har bir ish kuni uchun debetlangan yoki kreditlangan balans hisob-varaqlari raqamlari ortib borishi tartibida va mijozlarning hisob- raqami bo’yicha o’tkazmalarga barcha to’lov totpshiriqnomalarni mavjudligini, to’lov topshiriqnomalarda barcha imzolar borligi, to’lov topshiriqnomalarining sanasi qoidaga ko’ra to’lov o’tkazilayotgan kun bilan mosligini, to’lov summalari sonda va yozuvda to’g’ri yozilganligi, to’lovni oluvchi va o’tkazuvchilarning hisob-raqamlari to’g’ri ko’rsatilganligini tekshirish, ichki berilgan memorial orderlar mas’ul hodim, bosh buxgalter tomonidan imzolanganligi, to’lov topshiriqnomalar va memorial orderlar muomalalar bajarilgan kunlik buxgalteriya xujjatlari to’g’riligini tekshirib kunlik buxgalteriya yig’ma jildini tikib shakllantirish;

  • hisob-raqamida pul mablag’i mavjud bo’lmagan mijozlardan olib qolingan Soliq uchun to’lov topshiriqnomalariga qisman to’lov amalga oshirilganda shu to’lov topshiriqnomalrining orqa qismiga qisman to’lov amalga oshirilgan sana yozilishi va amalga oshirgan hodimning imzosi mavjudligini tekshirish, hamda, to’liq to’lov amalga oshirilgandan so’ng ham to’lov topshiriqnomasi orqasiga to’liq to’lov oshirilgan sana yozilganligi va operatsiya amalga oshirgan hodimning imzosi mavjudligi hamda to’liq to’lov amalga oshirilgan kunning xujjatlar yig’ma jildiga ushbu to’lov topshiriqnomasing tikilganligi tekshiriladi;

  • Kunlik kassa xujjatlari har kunligi alohida yig’ma-jildga taxlab tikilishi va raqamlanishini yakuniy nazoratdan o’tkazish;

  • Kunlik kassa xujjatlaridagi summalar 120-shakldagi kitob bilan mosligi, kunlik kirim, chiqim va qayta sanash kassalardagi amalga oshirilgan operatsiyalarning xujjatlari ularning jurnallari va ma’lumotnomalardagi summalarga mosligini, ushbu ma’lumotnoma va jurnallarda buxgalter-nazoratchi va kassirlarni imzolari mavjudligini tekshirish;

  • Kunlik kassa operatsiyalar bo’yicha tuzilgan yig’ma jild xujjatlaridagi summalarni bank dasturiga kiritilgan summalarga mosligini solishtirish;

  • Kunlik kassa mudiri tomonidan yuritiladigan kassa kitob va jurnallaridagi qoldiqlar bilan bank dasturida balansdagi qoldiqlarga mosligini taqqoslash;

  • Bank filiali kassa amaliyotlaridan kirim - chiqim orderlari orqali naqd pulda olingan yoki topshirilgan milliy va xorijiy valyutalar orderlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va mas’ul shaxslarning imzosi mavjudligi filialda tuzilgan mas’ul xodimlar imzo namunasi bilan mosligini;

  • bankdan tashqarida joylashgan tarmoqlardan keltirilgan pul mablag‘larni dasturda shakllantirilgan hisobotga mosligini;

  • kommunal va bir martalik to‘lovlar, jami qabul qilingan to‘lovlar summasi yig‘indisini tarmoqlar tomonidan yuborilgan yoki inkassatsiya qilingan pul mablag‘i va terminallar yakuni elektron hisobotidagi summalar yig‘indisi bilan taqqoslaydi. Ular bo‘yicha farq mavjud emasligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng, birlamchi hujjatlar asosida amalga oshirilgan buxgalteriya o‘tkazmalari yo‘naltirilganligini;

  • transit hisob-raqamlarda vujudga kelgan xato-kamchiliklar bo’yicha hududiy (viloyat) filiali Yakuniy nazorat hodimi bilan birga tahlil qilib sabablarini o’rganish va bartaraf qilishda qatnashish;

  • dasturda omonat hisobvaraqlariga foiz mablag‘lari to‘g‘ri hisoblanganligi va buxgalteriya amaliyotlari bajarilganligini;

  • dasturda omonat hisobvaraqlari ochilishi, kirim-chiqim amaliyotlari, shuningdek omonat hisobvaraqlariga kirim qilingan foizlar, hisobvaraqlarga naqd pulsiz kirim qilingan mablag‘lar to‘g‘ri kirim qilinganligi va balans hisobvaraqlarida aks ettirilganligini;

  • o‘chirilgan va qo‘lda bajarilgan omonat operatsiyalarini tekshiradi va yozuvlarning o‘chirilishi sabablarini aniqlab, mas’ul ijrochilardan tushuntirish xati oladi;

  • jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan kassa xizmatlari bo‘yicha bank daromadlarining bank tariflarida ko‘rsatilgan stavkalarda undirilishi, bunda ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha belgilangan tartibda shartnomalarning rasmiylashtirilganligini hamda naqd pulsiz kelib tushgan pul mablag‘larini naqd pulda to‘lab berishda tegishli ramzlardan to‘g‘ri foydalanganligini;

  • jismoniy shaxslar nomiga kelib tushgan milliy pul o‘tkazmalari bo‘yicha mablag‘larni berishda asos hujjatlarni mavjudligi va ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;

  • Bank daromadlarini Bank tariflarida belgilangan tartibda undirilganligi va tegishli hisobvaraqlarga yo‘naltirilganligini;

  • qat’iy hisobda turuvchi blankalarni filial pul omboridan chiqim orderiga asosan olinganligi, seriya va bosma raqamlari kunlik hisobotdagi qimmatliklar hisobotiga hamda

  • balans hisobvarag‘ida to‘g‘ri aks ettirilganligini;

  • buzilgan qimmatliklarni kunlik hisobotga tikilganligini tekshiradi;

  • Valyuta ayirboshlash shoxobchalari bo‘yicha filial xodimlarini o‘rin almashish bo‘yicha buyrug‘idan ko‘chirma mavjudligi va ushbu xodimlar tarmoqda kun davomida faoliyat ko‘rsatganligi, kirim-chiqim hujjatlaridagi imzolar filial tomonidan ishlab chiqilgan imzo namunalaridagi xodim imzosi bilan mos kelishi;

  • kunlik hisobotlarda filial kassa amaliyotidan kun boshiga olingan madad pullari chiqim orderlari va kun yakunida kirim orderi orqali topshirilgan pul mablag‘lari balans hisobraqamlardagi kirim va chiqimlar bilan mosligi;

  • kun davomida ishlatilgan qimmatliklardagi ma’lumotlarning to‘liq aks ettirilganligi, kirim va chiqim mablag‘lari qimmatli qog‘ozlarda sonda va so‘zda to‘g‘ri yozilganligi;

  • qimmatliklar va kirim chiqim orderlarida kassir va mijoz imzosi mavjudligi;

  • kirim-chiqim orderdagi mablag‘larning umumiy summasi kunlik hisobotda to‘g‘ri aks ettirilganligi;

  • Pensiya va nafaqalarni tarqatish uchun sayyor kassalar tomonidan yozilgan talabnoma va chiqim orderiga asosan olingan madad pullarini bank dasturidagi har bir sayyor kassa 10109 va 10113 hisob-raqamlariga aks ettirilishini tekshirish;

  • Olingan madad pullari yo’nalish bo’yicha biriktirilgan sayyor kassa maxsus avtomashinaga joylashtirib, pensiya va nafaqalarni to’lash joyiga olib borilishini nazorat qilish;

  • Kun ohirida sayyor kassalar tomonidan tuzilgan kunlik xujjatlaridagi operatsiyalar bank dasturida 10113 hisob-raqamida aks ettirilgan operatsiyalarga mosligini tekshirish;

  • Sayyor kassalar tomonidan kunlik tarqatilgan pensiya va nafaqalar yuzasidan tuzilgan yig’ma-jildlarni filialning Pensiya va nafaqa to’lovlari bo’limiga kunlik topshirilshini ta’minlash va nazorat qilish;

  • Sayyor kassalarning kunlik yig’ma-jilddagi chiqim operatsiyalar bo’yicha tuzilgan ro’yxatdagi pensionerlarning imzosi to’lov qaydnomasidagi imzoga mosligini tekshirish, chiqim operatsiyalar ro’yxatidagi jamlangan summa bank dasturida 10113 hisob-raqamidan chiqim qilingan summaga mosligini tekshirish;

  • Sayyor kassalar tomonidan pensiyalar va nafaqalarni to’lashda pensiyalar va nafaqalarni to’lash jadvaliga amal qilishini nazorat qilish;

  • Agarda ishonchnomalar asosida pensiya va nafaqalar to’langanda ishonchnomalar O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolik Kodeksi”ning 137-moddasi talablari asosida rasmiylashtirilganligini tekshirish;

  • Universal kassa, chakana kassa, maxsus kassa va sayyor kassalarda jismoniy shaxslardan qabul qilingan kommunal to’lovlar (isitish, issiq suv, ichimlik suvi, oqava, elektr energiyasi, gaz va chiqindi uchun)ni to’lov reestriga solishtirish va buxgalteriya balansining tegishli hisob-raqamlari orqali xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar hisob-raqamlariga o’tkazilganligini taqqoslash;

  • Pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarga to’lov qaydnomalarida ko’rsatilgan summalarni to’lab berilganligi yuzasidan rasmiylashtirilgan chiqim xujjatlarini va to’lov ro’yxatini umumiy summalarni buxgalteriya balansining 29849(29848)-hisob-raqamidan chiqim qilinishini taqqoslash;

  • “Fido business Suite” dasturiy ta’minotida Pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarga “to’landi” maqsadlari blan amalga oshirilgan chiqim amaliyotlarini kunlik kassa xujjati, bank dasturidagi operatsiyalar bilan taqqoslash;

  • Barcha kirim va chiqim xujjatlariga buxgalter-nazoratchi va kassirlar tomonidan imzo qo’yilganligini, kirim va chiqim operatsiyalari bo’yicha tuzilgan ro’yxat to’lov summalari 109-110 ma’lumotnomalarga muvofiqligini tekshirish;

  • 2 va 14 yoshgacha bolali bo’lgan oilalarga beriladigan nafaqa hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam pullari naqd pulda tarqatilgan hollarda kunlik kassa xujjatlarini bank dasturidagi (29848) hisob-raqamidagi aylanmaga mosligini tekshirish;

  • 2 va 14 yoshgacha bolali bo’lgan oilalarga beriladigan nafaqa hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam pullari naqd pulda tarqatilgan hollarda chiqim orderlari va kunlik chiqim operatsiyalari bo’yicha jamlanma ro’yxatni buxgalter-nazoratchi va kassir tomonidan imzolanib, yig’ma-jildga tikilishini tekshirish;

  • 2 va 14 yoshgacha bolali bo’lgan oilalarga beriladigan nafaqa hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam pullari plastik kartalar orqali tarqatilganda nafaqaxo’rlarning o’zlarining nomiga ochilgan plastik kartalarga kirim qilinishini tekshirish va qonuniyligini o’rganish;

  • Mini banklar, universal va chakana kassalar, maxsus kassalarning kunlik kassa xujjatlari jamlangan yig’ma-jildlarini filialning tegishli bo’linmalariga topshirilishini nazorat qilish;

  • Mini banklar, universal va chakana kassalar, maxsus kassalarning bank dasturidagi 10111 hisob-raqamidagi operatsiyalari kunlik kassa xujjatlaridagi pul hisob-kitob xujjatlariga mosligini tekshirish;

  • Mini banklar, universal va chakana kassalar, maxsus kassa va sayyor kassalar tomonidan naqd pulsiz plastik kartalar orqali qabul qilingan to’lovlari bo’yicha alohida yig’ma jildda tikilishini nazoratga olish va to’lovlarning qonuniyligini tekshirish;

  • O’tkazilgan kunlik tekshirishda kassa kamomadi, ortiqligi yoki pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarni mablag’larini o’zlashtirish va boshqa noqonuniy holatlar aniqlansa tegishli tartib asosida dalolatnoma rasmiylashtirilib, zudlik bilan Ichki Audit departamentiga habar berish maqsadida hududiy viloyat filialining Yakuniy nazorat bo’limiga axborot berish.


Download 34.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling