Banklar va bank faoliyati to’g’risida


Download 34.25 Kb.
bet3/5
Sana25.09.2023
Hajmi34.25 Kb.
#1687471
1   2   3   4   5
Bog'liq
02. Nizom yakuniy nazorat hammaga

(har oy davomida)

  • Filialning aylanma kassa, mini bank, universal kassa, chakana kassa, maxsus kassa va sayyor kassalarida to’satdan taftishlar o’tkazishda hududiy yakuniy nazorat boshliqlari yoki bosh mutaxasislariga yordam berish;

  • Bank tomonidan amalga oshirilgan ma’muriy xarajatlar (AUR) yig’ma jildi oyda bir marta tekshirilishi lozim. Ma’muriy xarajatlar (AUR) xujjatlar yig’ma jildi yakuniy nazorat hodimi tomonidan shakllantirilib tikiladi. Bunda har bir amalga oshirilgan bank xarajatlari uchun asos xujjatlar (shartnomalar, hisob-fakturalar, akt-sverkalar, yoqilg’i xisobotlari va boshqa xujjatlar) shakllantirilib tikilishi lozim.

  • ma’muriy xarajatlar (AUR) tekshirishda bankning barcha xarajatlariga nisbatan to’lovlar o’tkazilgan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarning va hisob-fakturalarning mavjudligi, ulardagi summalar, muxrlar, imzolarning to’g’riligi tekshiriladi;

  • agarda shartnomalar bir yilga tuzilgan bo’lsa, bir yillik shartnomarning mavjudligi, alohida tikilganligi, hamda ular bo’yicha amalga oshirilayotgan har oylik xarajatlar uchun hisob-faltura va akt sverkalarning mavjudligi;

  • hisob-raqamlardan chiqim bo’lgan mablag’lar bilan mosligi tekshiriladi;

  • bank tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar boshqaruv tomonidan belgilangan limitdan oshib ketmagaligi tekshiriladi;

  • filial raxbarlar, raxbar o’rinbosarlari va bosh buxgalterlar va boshqa hodimlar uchun qilingan benzin xarajatlari bo’yicha dalolatnomalar va maxsus xisobotlarning mavjudligi, hamda cheklarning umumiy summalari bilan bir xilligi tekshirish lozim;

  • bankning bo’sh turgan binosini ijaraga berishda Davlat Aktivlarini Boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqiligan binoni ijaraga berishning eng kam stavkalariga asoslangan holda amalga oshirilganligini tekshiriladi;

  • ta’mirlash yoki qurilish qilingan binolar bo’yicha barcha asos xujjatlar (smetalar, shartnomalar, akt-sverka, boshqaruv qarorlari va boshqalar) mavjudligi, ularning to’g’ri amalga oshirilganligi, shartnoma shartlari bilan mosligi tekshiriladi.

  • Mahalla fuqarolar yig’ini tomonidan 2 va 14 yoshgacha bolali bo’lgan oilalarga beriladigan nafaqa hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam pullari bo’yicha taqdim qilingan to’lov ro’yxatlari va to’lov topshiriqnomalarini ma’sul hodim tomonidan qabul qilinishini nazoratga olish;

  • Pensiya va nafaqalar qaydnomalar bo’yicha naqd pullar har oyda yetkazib berish (topshirish) davri davomida Sayyor kassa hodimlari tomonidan bajarilayotgan ishlar shubxali ko’ringanda pensionerlar bilan solishtirma tekshiruvlar va sayyor kassada to’satdan taftishlar o’tkazishda hududiy Yakuniy nazorat boshliqlari va bosh mutaxassislariga yordam berish;

  • To’lov qaydnomasida ko’rsatilgan pensionerlarni topish imkoni bo’lmasa, sayyor kassalarning buxgalter-nazoratchisi ushbu pensionerlar bo’yicha to’lov qaydnomasining tegishli satriga yozuvlar kiritib, o’z imzosini qo’yib, to’lov qaydnomasini Pensiya va nafaqa to’lovlari bo’limiga taqdim etishini nazoratga olish;

  • Tuman (shahar) pensiya jamg’armasi bilan filialning pensiya va nafaqalar bo’limi bilan birgalikda har oy tarqatilgan hamda tarqatilmagan pensiya va nafaqalar bo’yicha tuziladigan solishtirma dalolatnomani bank dasturidagi balans bilan solishtirib, qonuniyligini tekshirish;

  • Pensiya jamg’armasiga moliyalashgan mablag’lardan tarqatilmay qoolgan mablag’larni qaytarilishida to’lov qaydnomasidagi tarqatilmay qolgan pensiya va nafaqa mablag’larga mosligini va qonuniyligini tekshirish;

  • Bank dasturidagi 22632, 29849 hisob-raqamidagi aylanmalarni qonuniyligini o’rganish va ushbu aylanmalarni to’lov qaydnomalaridagi summalarga hamda sayyor kassalarning kunlik kassa xujjatlariga mosligini tekshirish;

  • 2 va 14 yoshgacha bolali bo’lgan oilalarga beriladigan nafaqa hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam pullari bo’yicha taqdim qilingan to’lov ro’yxatlaridagi mablag’larni moliyalashgan (22630) hisob-raqamidagi mablag’larga mosligini tekshirish;

  • Jismoniy shaxslardan qabul qilingan kommunal to’lovlar (isitish, issiq suv, ichimlik suvi, oqova, electr energiyasi, gaz va chiqindi uchun) bo’yicha to’lovlarni to’lagan fuqarolarning kamida 30 foizi bilan solishtirma tekshirish ishalarini amalga oshirish;

  • Har bir sayyor kassaga biriktirilgan xizmat avtomashinalari belgilangan marshrutlarda foydalanilganligini, ularda sarflangan yoqilg’i mahsulotlari xajmini, rasmiylashtirilgan yo’l varaqalarini hamda transport vositasini texnik holatini tekshirishdan o’tkazish;

  • Maxsus kassa va sayyor kassa buxgalter-nazoratchi va kassirlarini kamida har uch oyda rotatsiya qilinishini ta’minlash;

  • Bank balansidagi omonat hisob-varaqlari qoldiqlarini chakana kassadagi qoldiqlari bilan taqqoslash, omonat daftarchalari harakatlarini nazorat qilib borish, omonat ishlari to’g’ri, qonuniy bajarilganligini o’rganish;

  • Bank filialining yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarni nazorat qilish va tekshirish;

  • Filiallarda lotereya biletlari qoldig’i va sotilishini tekshiruvdan o’tkazish;

  • Chakana xizmatlar va mini banklar tomonidan har chorakda omonatlarni inventarizatsiyadan o’tkazilishini ta’minlash va nazorat qilish;

  • O’tkaziladigan xujjatli, to’satdan va mavzuli tekshirishlarda pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarni mablag’larini o’zlashtirish, jismoniy shaxslardan kommunal to’lovlar bo’yicha qabul qilingan to’lovlarni kassa xisobotida aks ettirilmaganlik va boshqa o’zlashtirish holatlari aniqlansa, tegishli tartib asosida dalolatnoma rasmiylashtirilib, zudlik bilan Operatsiyalar departamentiga xabar berish maqsadida hududiy viloyat filialining Yakuniy nazorat bo’limiga axborot berish hamda tegishli xujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilishini ta’minlash.

  1. Yakuniy nazorat bo’limi” ning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

  1. Yakuniy nazorat hodimlari quyidagi huquqlarga ega:

  • Bankning hududiy (viloyat) va tuman (shahar) filliallarida ish faoliyatini belgilangan tartibda tekshirib borish;

  • Yakuniy nazorat bo’limining xizmat vazifasi doirasiga kiruvchi masalalar bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslar bilan xizmat yozishmalarini olib borish;

  • Tekshirishlar vaqtida hududiy filial va tasarrufdagi filial hodimlaridan bank faoliyatiga oid barcha zarur xujjatlarni talab qilish;

  • Tekshiruvlar o’tkazish jarayonida tug’ilgan savollar bo’yicha bank hodimlaridan yozma va og’zaki tushuntirishlar olish;

  • Tekshirish jarayonida aniqlangan xato-kamchililarni yuzaga keltirgan hodim tomonidan bartaraf etilishini og’zaki va yozma talab qilish, yo’qotilgan yoki tikilmagan to’lov xujjatlar va boshqa xujjatlarni tiklashni talab qilish va filial raxbariga bildirishnoma kiritish;

  • Agarda ma’sul Yakuniy nazorat hodimi ichki nazorat qilganida aniqlangan xato-kamchiliklar, ushbu xato-kamchiliklarni yuzaga keltirilgan ma’sul hodim yoki filial raxbari tomonidan bartaraf qilinishidan bosh tortilganda bosh ofisga ushbu holat haqida ma’lumot berish;

  • Zarur xujjatlardan nusxalar olish, zarur hollarda belgilangan tartibda (kelgusida saqlanishi gumon bo’lgan) xujjatlarning asl nusxalarini olish;

  • Hududiy filiallarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilish maqsadida hududiy boshqarma tarkibiy tuzilmalaridan kerakli ma’lumotlar va tushuntirishlarni talab qilib olish;

  • Tekshirish o’tkazish maqsadida boshqarma tasarrufidagi filiallar binolariga, shuningdek elektron qog’oz arxivlariga belgilangan tartibda kirish;

  • Tekshirishlar jarayonida bankning hududiy (viloyat) va tuman (shahar) filiallari raxbarlariga tekshirish davomida aniqlangan qonunbuzarliklar va kamchiliklarni bartaraf etishga oid ko’rsatmalar berish;

  • Tekshirish o’tkazilayotgan hududiy (viloyat) va tuman (shahar) filiallari raxbarlaridan ishda aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni tuzatishni belgilangan muddatlarda bajarilishini talab qilish;

  • Asosiy fondlar, Tovar-moddiy boyliklar saqlanishini talab qilish, zarur hollarda omborlar, seyflar, saqlash joylari va arxivlarni muxrlash;

  • Yakuniy nazorat bo’limi tomonidan pullarni va boyliklarning to’satdan tekshirilishini ta’minlash uchun, moddiy javobgar shaxslar ishtirokida, kassa xonalarga belgilangan tartibda to’siqsiz kirish;

  • Bo’lim hodimlari uchun sanitarya-gigiyena me’yorlari talablariga javob beruvchi, kerakli hisoblash va texnik vositalar bilan jihozlangan ish joylari yaratib berilishini talab qilish.

  1. Yakuniy nazorat bo’limi hodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Operatsiyalar departamenti direktori va ma’sul hodimlar tomonidan berilgan barcha topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish;

  • Bank filiallarida o’tkazilgan barcha turdagi tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklarning to’liq bartaraf etilishi bo’yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining bajarilishi, shuningdek kelgusida ularning takrorlanishini oldini olish maqsadida hududiy filial tarkibiy bo’limlari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlarni monitoring qilish;

  • Bank filiallarida joriy tekshiruvlarni, jumladan har chorakda mijozlar, xususan aholidan qabul qilingan pullarning mavjudligi hamda ularni omonat daftarchalarida (sertifikatlari) ko’rsatilgan summalar bilan mosligini, ijtimoiy (pensiya, nafaqa) to’lovlarini to’g’ri to’lanishini, shuningdek aktivlar sifati va ularning tasniflanish holati, buxgalteriya hisobi hamda emissiya-kassa ishlarining to’g’ri tashkil etilishi, plastik kartalar orqali amalga oshirilayotgan to’lovlarning amaldagi me’yoriy xujjatlarga muvofiqligi, valyuta operatsiyalarining qonuniyligi, pul muomalasi ishlarining tashkil etilishi va boshqa masalalarni muntazam o’rganib borilishini tashkil etish hamda ular bo’yicha ma’lumotlarni Operatsiyalar departamentiga taqdim qilish;

  • Filiallardagi tekshiruvlarda aktivlarning tasniflanishi, tavakkalchilikni boshqarishni hamda likvidlilikni baholash, o’tkazilgan bank operatsiyarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy xisobotda o’z vaqtida, to’liq hamda aniq aks ettirilishini baxolash kabi masalalarni yoritish;

  • Filiallarda o’tkazilgan barcha turdagi tekshiruv yakunlari bo’yicha umumlashgan ma’lumotlar va tavsiyalarni Operatsiyalar departamentiga taqdim qilish, aniqlangan kamchiliklarga ishlab chiqilgan chora tadbirlarni bajarilishini ta’minlash va nazoratga olish;

  • Filiallarning davriy moliyaviy xisobotlari va holatini tahlil qilgan holda Operatsiyalar departamentiga hamda hududiy filial rarxbariyatiga filiallarning moliyaviy holatini yaxshilash va nazorat tizimini yanada optimallashtirish yuzasidan takliflar berish;

  • Operatsiyalar departamenti tomonidan belgilangan hisobotlar hamda talab qilingan ma’lumotlarni o’z vaqtida taqdim etib borish;

  • Tekshiruvlar davomida hududiy filiallarda aniqlangan, bankga qasddan ziyon yetkazish, mablag’larni o’zlashtirish va boshqa jinoiy holatlar yuzasidan zudlik bilan Operatsiyalar departamentini ogoh qilish hamda hududiy filialning tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda mablag’larni tiklash choralarini ko’rish;

  • Tekshiruvlar davomida shubxali va gumonli alomatlari mavjud operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita o’z raxbariga va hududiy filial boshlig’iga yozma ravishda xabar berish;

  • Operatsiyalar departamenti direktori topshirig’iga ko’ra yuzaga kelgan masala yoki muammolarni o’rganish bo’yicha xujjatli tekshiruvlarni o’tkazish;

  • Tekshiruv xisobotlari va boshqa xujjatlarning saqlanishi, ularning rasmiylashtirilishi hamda o’rnatilgan tartibda arxivga topshirilishini ta’minlash.

  1. Yakuniy nazorat bo’limi hodimlari quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:

  • Qonun xujjatlariga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi har qanday ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlamasligi;

  • Tekshirish natijalarini buzib ko’rsatganligi;

  • Tekshirishlarda olingan xujjatlarning butligini ta’minlamaganligi va qaytarmaganligi;

  1. Yakuniy nazorat bo’limi hodimlari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda bankning ichki nizomlariga binoan javobgar bo’ladilar.

  1. Yakuniy nazorat bo’limi” hodimlariga qo’yiladigan talablar

18. Yakuniy nazorat bo’limi hodimlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Bank sohasiga mos keluvchi oliy ma’lumotga ega bo’lishi yoki oliy o’quv yurtida o’qiyotgan bo’lishi kerak;

  • Bank qonunchililgi sohasida bilimlarga ega bo’lish, shu jumladan Markaziy bankning me’yoriy xujjatlarini bilish;

  • Bank tomonidan tashkil etilgan attestatsiyalardan o’tishi.

  1. Yakuniy nazorat bo’limi”ning hududiy filial bo’limlari va bank filiallari bilan aloqalari

  1. Yakuniy nazorat bo’limi ishlarini yaxshilash, bank muassasalarida naqd pul, qimmatbaxo qog’ozlar va qimmatliklarning daxlsizligini ta’minlash hamda bank amaliyotlarida kamchiliklarga yo’l qo’yilishini oldini olish va bartaraf qilish masalalari bo’yicha hududiy filialning barcha bo’limlari va sho’balari hamda quyi filiallar bilan xizmat aloqasi bo’ladi.


Download 34.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling