VI-bob. Yakuniy qoidalar.
19. Yakuniy nazorat xodimi mehnat ta’tilida bo‘lgan, betob yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmaganda uning vazifasi filialdagi ichki nazorat va komplayens xizmati filial menejeri xodimiga yuklatiladi. Bunda, ichki nazorat va komplayens xizmati filial menejeri o‘rganish uchun olingan barcha ish hujjatlarini yakuniy nazorat xodimidan belgilangan tartibda qabul qilib oladi.
20. Yakuniy nazorat amalga oshirilgunga qadar omonat operatsiyalarining qonuniyligiga hamda pul va qimmatliklarning butligiga chakana va yuridik xizmat yo‘nalishi mas’ul xodimlari va kassir javobgardir.
21. Aniqlangan noqonuniy operatsiyalar uchun nazoratchi, kassir, yakuniy nazoratni amalga oshiruvchi xodim, bo‘lim boshlig‘i va filial rahbari javobgardir.
22. Ushbu Tartibga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23. Tartibda ko‘zda tutilgan talablar amaldagi qonun hujjatlari asosida belgilanadi.
24. Mazkur Tartib bank Boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va amaliyotga joriy etiladi.
Operatsiyalar
departamenti direktori F. Muxamedov
1-ilova
№
|
Nomi
|
soni
|
Topshirdi
|
Qabul qilib oldi
|
F.I.Sh
|
sana
|
imzo
|
F.I.Sh
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |