Bank tizimi - tashkiliy to`zilma sifatida yirik tizim bo`lib – mamlakatning iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy ne`matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste`mol qilish bilan bog’liq xolda ko`rib chiqish zarurdir. O`zining amaliy faoliyatida banklar xo`jalik xayotini tartibga solish mexanizmi bilan uzviy ravishda bog’liq. Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga bo`lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aktsiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintakaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo`linadi. Aktsiyador banklar aktsiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aktsiyador banklar bo`lishi mumkin. Aktsiyadorlar safiga kirish aktsiyalarni sotib olish yuli bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aktsiyalarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo`lishi mumkin. Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga bo`lish mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aktsiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintakaviy, aralash mulkchilikka asoslangan bankka bo`linadi. Aktsiyador banklar aktsiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aktsiyador banklar bo`lishi mumkin. Aktsiyadorlar safiga kirish aktsiyalarni sotib olish yuli bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aktsiyalarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo`lishi mumkin. Ba`zi tijorat banklari paylar (badallar) xisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin. Ba`zi tijorat banklari paylar (badallar) xisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin. Xususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag’lari xisobidan tashkil qilingan banklar xisoblanadi. Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintakaviy, viloyat banklariga bo`linishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |