Banklarda buxgalteriya fanidan


-jadval Banklarda buxgalteriya balansi shakli


Download 0.96 Mb.
bet4/6
Sana27.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1300516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Мавзу

1.-jadval
Banklarda buxgalteriya balansi shakli
Balans 2020 yil, "______"_______________

Balans hisobraqamlari

AKTIV

PASSIV

Aktiv

+




Majburiyat




+

Kapital




+

Daromadlar




+

Xarajatlar

+




Jami





Balansdan tashqari hisobvaraqlar

+

+

Balans jami





Imzolar: Rahbar _________ Bosh buxgalter___________

Har kunlik tuziladigan balansda hisob raqamlaridagi qoldiq summalarining pastiga yoki alohida qog‘ozga, balansga ilova qilib, yig‘ma kartochkalar asosida balansdan tashqari hisob raqamlardagi qoldiq summasi kiritiladi.


Kunlik operatsiyalar kompyuterlarda hisobga olingan holda kunlik balans sifatida balans hisob raqamlari bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar haqida ma’lumotlardan foydalaniladi.
Bu operatsiyalarni balansga ta’siriga ko‘ra mazmunan to‘rtta guruhga bo‘lishimiz mumkin.
1 guruh operatsiyalarida ikkita aktiv hisobvaraq ishtirok etib, ularning biri ma’lum summaga kamayadi, ikkinchisi esa xuddi shu summaga ko‘payadi.

A +




A -

Bunday o‘zgarish bank balansining natijalariga ta’sir qilmaydi chunki o‘zgarish faqatgina bank aktivlarining ichida sodir etiladi. Bunga misol qilib, quyidagi buxgalteriya yozuvini keltiramiz:
Debet 10103 Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar (+)
Kredit 10101 Aylanma kassadagi naqd pullar (-)
Xar ikki hisobvaraq ham aktiv xarakterga ega. Bank o‘z aylanma kassasidagi naqd pulni pul almashtirish shoxobchasiga beradi va bitta aktiv hisobvaraq 10101 ma’lum bir summaga kamayadi, ikkinchi aktiv hisobvaraq 10103 xuddi shu summaga ko‘payadi. Umumiy balans natijasi o‘zgarmaydi.
2 guruh operatsiyalarida ikkita passiv hisobvaraq ishtirok etib, ularning birida ma’lum summada mablag‘lar kamayadi, shu mablag‘lar summasiga ikkinchi passiv hisobvaraqasi ko‘payadi.

P +




P -

Bank passivlaridagi bunday o‘zgarish ham balans natijasiga ta’sir etmaydi, chunki o‘zgarish faqat balansning passiv qismida sodir etildi. Bunday o‘zgarishni quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali ko‘rish mumkin:
Debet 20218 YAkka tartibdagi tadbirkorlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari (-)
Kredit 20208 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari (+)
20218 va 20208 hisobvaraqlarning ikkalasi ham mazmun jixatidan passiv. Misolimizda mol sotuvchi korxona xususiy korxona, mol sotib oluvchi korxona yakka tartibdagi tadbirkor ham bank mijozi hisoblanadi. Mol sotib oluvchi korxona olgan moli uchun mol sotgan xususiy korxonaga pul o‘tkazmoqda. Bunda bitta passiv hisobvaraq kamayib (20218), bir xil summaga ikkinchi passiv hisobvaraqa (20208) ko‘paymoqda. Bunday o‘zgarish balans natijasiga ta’sir qilmaydi, chunki ushbu o‘zgarish balansning passiv qismi ichida bo‘lib o‘tadi.
3 guruh operatsiyalarida bitta aktiv va bitta passiv hisobvaraq ishtirok etib, ularning ikkalasi ham bir xil summaga ko‘payadi.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling