Banklarda buxgalteriya fanidan


Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi


Download 0.96 Mb.
bet2/6
Sana27.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1300516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Мавзу

2. Bank hisob-operatsion apparatining tuzilishi

Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi. Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operasiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘iq bo‘ladi.



3-rasm. Buxgalteriya apparati tarkibi.



4-rasm. Front ofisning vazifasi va bo‘limlari.



5-rasm. Bek ofisning vazifasi va bo‘limlari.


Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati quyidagilar bilan izohlanadi:

6-rasm. Buxgalteriya apparatini tarkibiy qismlarga ajratish.

SHunday qilib, banklarda buxgalteriya apparatining ish faoliyatini tashkil qilishda amaldagi qonuniy va me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini va ularning sifatli bajarilishini ta’minlashga yaqindan yordam beradi.




3. Buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi, uning mazmuni va mohiyati

Banklarda buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish ko‘p jihatdan uning uslubiy asoslari hisoblangan, buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasining tuzilishiga bog‘liqdir. Ushbu hisobvaraqlar rejasi banklarda amalga oshiriladigan barcha bank operasiyalarni xalqaro standartlar asosida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Ungacha banklarda qo‘llanadigan hisobvaraqlar rejasi markazlashgan rejali iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, uning ishlash tamoyiliga quyidagilarni:



  • kredit resurslarini markazlashgan holda hududiy va tarmoqlar bo‘yicha yig‘ish va taqsimlash;

  • kredit resurslarini xalq xo‘jaligi rejalarining bajarilishiga xizmat qilishini nazorat qiluvchi ma’lumotlar bilan ta’minlash;

  • davlat mablag‘larining xarakatini va sarflanishini pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga hisobvaraqlar rejasi yordamida kuchli nazorat ostiga olish uchun asos qilib olgan edi.

Albatta, hisobning bunday tizimi mazmun va moxiyat jihatidan butunlay boshqacha bo‘lgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash ga o‘tish davri talabiga to‘liq javob bera olmay qolgan edi. SHu boisdan, bank tizimini isloh qilishda dastlab hisobvaraqlarning ishlab chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. YAngi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqishda ularning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan.
1996 yil 13 noyabrda Vazirlar Mahkamasining 289 sonli qarori bilan “Respublika Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasi”, 290 sonli qarori bilan esa “Banklarning hisobvaraqlar rejasi” tasdiqlandi. 1997 yil 1 apreldan barcha banklar buxgalteriya hisobi yangi hisobvaraqlar rejasi asosida olib borila boshlandi. O‘zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotiga qo‘yilganligi, jahon bozor munosabatlari tizimiga o‘tganligi banklar uchun yangi hisobvaraqlar rejasiga o‘tish zaruriyatini keltirib chiqardi.



7-rasm. Hisobvaraqlar rejasining xususiyatlari.





8-rasm. Hisobvaraqlar rejasiga o‘tishning zaruriyati.

Tijorat banklari turli mulkchlik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga xizmat ko‘rsatadi, shunga asosan, ularda alohida hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bankda esa, faqat hukumat va nazorat organlariga xizmat ko‘rsatadi. Hisobvaraqlar rejasi 6 bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan 5 tasi balans ichidan hisobvaraqlardan va oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan tashkil topgan1. YAngi rejaning yana bir xarakterli xususiyatlari shundan iboratki, bundagi balansdan tashqari hisobvaraqlar ham balans ichidagi hisobvaraqlar kabi ikki yoqlama yozuv asosida olib boriladi. Har bir bo‘lim asosiy va yordamchi hisobvaraqlarni (subschet) o‘z ichiga mujassamlangan. Xulosa qilib aytganda, bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo‘limlarga kiritilgan.





9-rasm. Balans schyotlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi.


Yangi hisobvaraqlar rejasi bosh buxgalteriya kitobidagi hisobvaraqlar tizimini ifodalaydi. Ular moliyaviy operasiyalarni guruhlashtirish, ikki yoqlama yozuvni amalga oshirish, hisobotlarni tuzish va tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda quyidagilar: birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda joylashuvini osonlashtirish; ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va turkumlash; uchinchidan, hisob ishlarini kompyuterlashtirish; to‘rtinchidan, operasiyalar bo‘yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni ta’minlash mumkinligi hisobga olingan. Hisobvaraqlar rejasidagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta rahamdan iborat qilib kodlashtirilgan va ularning raqamlanishi quyidagi ko‘rinishga ega.
1- bo‘lim 10000 - Aktivlar,
2- bo‘lim 20000 - Passivlar,
3- bo‘lim 30000 - Kapital,
4- bo‘lim 40000 - Daromadlar,
5- bo‘lim 50000 - Xarajatlar,
6- bo‘lim 90000 -Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha (balansdan tashqari) hisobvaraqlar.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling