Banklarda buxgalteriya fanidan


Download 0.96 Mb.
bet5/6
Sana27.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1300516
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 Мавзу

A +




P +

Buning natijasida bank balansining aktiv va passiv tomonlari bir xil summaga ko‘payadi, ya’ni bank mablag‘lari ham, ularning manbalari ham ortadi. Bunga misol qilib, savdo firmasi tomonidan savdo tushumini bank kassasiga topshirish bo‘yicha operatsiyani keltiramiz. Bu operatsiyani quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali ko‘rish mumkin.
Debet 10101 Aylanma kassadagi naqd pullar (+)
Kredit 20208 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari (+)
Misolimizda xususiy firmaning topshirgan naqd pullarining umumiy summasiga «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag‘i va Xususiy korxonalarning talab qilib olinguncha depozitlari» bo‘yicha xisobvarag‘i ko‘payadi, bu holda 10101 hisobvaraq aktiv, 20208 hisobvaraq esa passiv. SHuning uchun balansning ikkala tomoni ham topshirilgan pul summasiga ortadi.
4 guruh operatsiyalarida ham ikkita hisobvaraq ishtirok etadi. Ularning biri aktiv, ikkinchisi passiv mazmunga ega bo‘lib, xar ikkalasi ham bir xil summaga kamayadi

A -




P -

Buning natijasida balansning ikkala tomoni ham bir xil summaga kamayadi. Masalan, davlat korxonasi ishchi-xizmatchilarga ish xaqi to‘lash uchun bankdan naqd pul oldi. Bu operatsiya quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali ifodalanadi.
Debet 20210 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari (-)
Kredit 10101 Aylanma kassadagi naqd pullar (-).
Davlat korxonasining bankdan naqd pul olishi natijasida uning «Talab qilib olinadigan depozitlari» hisobvarag‘i ish xaqiga olingan summaga kamaytirildi, naqd pullar bank kassasidan to‘landi, shu sababli «Aylanma kassadagi naqd pullar” hisobvarag‘i ham xuddi shu summaga kamaytirildi. Natijada bank mablag‘lari va ularni manbalari bir xil summaga kamaydi.
Shunday qilib, bank operatsiyalarini mazmunan 4 ta guruhga ajratdik va buxgalteriya provodkalarini bajarish tartibi, ular natijalarining bank balansiga ta’sirini ko‘rib chiqdik. Bank orqali o‘tkaziladigan barcha operatsiyalar bo‘yicha buxgalteriya provodkalarini bajarishda yuqorida keltirilgan to‘rt xolatni asos qilib olish mumkin.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling