Banklarda buxgalteriya hisobi
Download 189 Kb.
|
kursavouyshablon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kurs ishiga qo’yiladigan umumiy talablar. Kurs ishining maqsadi va vazifalari
- 2. Kurs ishining tarkibi va mazmuni.
- Kurs ishining kirish qismida quyidagilar yoritilishi kerak
- Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
- 3. Kurs ishiga rahbarlik qilish va taqriz berish.
- 4. Kurs ishi bo’yicha baholash mezonlari
- Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi bo’yicha talabalarning bilimlarini baholash mezonlari
- 5. Kurs ishini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar
- Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi mavzulari
- Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan adabiyotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy xujjatlari
- Ilova O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Bank ishi fakulteti
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI UMAROV Z.A., OTAMURODOV H.H. “BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI” FANIDAN KURS ISHI YOZISH VA HIMOYA QILISH TARTIBI USLUBIY QO’LLANMA TOSHKENT-2020 1
Umarov Z.A., Otamurodov H.H. “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi yozish va himoya qilish tartibi. Uslubiy qo‟llanma (5230700 – “Bank ishi” bakalavr ta‟lim yo‟nalishi uchun) – T.: TMI, 18 b. 2020 y. Ushbu uslubiy qo‟llanma 5230700 – “Bank ishi” bakalavr ta‟lim yo‟nalishi uchun “Banklarda buxgalteriya hisobi” fani bo‟yicha kurs ishlarini bajarish bilan bog‟liq qoida va tartiblarni o‟zida mujassamlashtirgan. Uslubiy qo‟llanma kurs ishlarini bajaruvchi talabalar va unga rahbarlik qiluvchi professor-o‟qituvchilar uchun mo‟ljallangan. Uslubiy qo‟llanmada kurs ishining tuzilishi va uning mazmuniga qo‟yiladigan talablar, uni tayyorlash, rasmiylashtirish hamda himoyasini tashkil etish tartiblari keltirilgan. Taqrizchilar: Sayfiddinov I.F. – TMI, “Bank hisobi va audit” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Saidov D.A. – TMI, “Bank ishi” kafedrasi dotsenti, i.f.n. 2
MUNDARIJA Kirish 4
2. Kurs ishining tarkibi va mazmuni. 6 3. Kurs ishiga rahbarlik qilish va taqriz berish 7 4. Kurs ishi bo‟yicha baholash mezonlari 8 5. Kurs ishini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar 9 6. “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi mavzulari 10 “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan adabiyotlar ro‟yxati 13 Ilova 18 3 Kirish Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta‟lim standartlari asosida ta‟lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, ularning mustaqil ravishda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ko‟nikmalarni shakllantirishda kurs ishining o‟rni beqiyos. 5230700 – “Bank ishi” bakalavr ta‟lim yo‟nalishi uchun mutaxassislik fanlaridan biri hisoblangan “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi yozish, ularning keyingi kursda bitiruv malakaviy ishini samarali tayyorlashga zamin yaratadi. Banklar har kuni bir necha yuz minglab operatsiyalarni amalga oshiradi va turli xil bank xizmatlarini ko‟rsatadi. Bularning barchasi banklarda buxgalteriya hisobida aks ettiriladi va tegishli hisobotlarda qayd etiladi. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni tuzish nafaqat bank mijozlari va aholiga sifatli bank xizmatlarini ko‟rsatish, balki bank aksiyadorlari, kreditorlari, investorlari va davlat moliya muassasalarini zarur axborot bilan ta‟minlash hamda moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy samadorligini nazorat qilishda muhim o‟rin tutadi. “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanini o‟qitishning maqsadi – kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo‟lib etishadigan talabalar uchun banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish, bank operatsiyalarini buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‟yicha nazariy bilim berish orqali ko‟nikmalar xosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarga bank buxgalteriyasini tashkil etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlari berish, tijorat banklarida buxgalteriya hisobini halqaro standartlar asosida yuritishni tashkil qilish, bank buxgalteriyasi operatsiyalarini rasmiylashtirilishi va hisobini o„rganishdan iborat. Bank tizimining halqaro talablar asosida faoliyat ko‟rsatishi banklarda buxgalteriya hisobini zamon talablarida asosida tashkil etishga zarurat tug‟dirdi. Banklarda buxgalteriya hisobida banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari, xujjatlar aylanishi va bank nazorati, bosh va yordamchi kitoblar bo‟yicha sintetik va analitik hisob, naqd pulsiz hisob-kitoblarning rasmiylashtirilishi va hisobi, qimmatli qog‟ozlar bo‟yicha operatsiyalarning rasmiylashtirilishi va hisobi, banklararo hisob-kitoblarning hisobi, qisqa va uzoq muddatli kredit operatsiyalarining rasmiylashtirilishi va hisobi, kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish va hisobga olinishi, bank ichki operatsiyalari, daromadlar va xarajatlarning hisobi, banklarning buxgalteriya hisobotlari kabi masalalar ko‟rib chiqiladi. “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanining sir asrorlarini yanada chuqurroq o‟zlashtirishlari uchun talabalar kurs ishini tayyorlaydilar va himoya qiladilar. 4
1. Kurs ishiga qo’yiladigan umumiy talablar. Kurs ishining maqsadi va vazifalari 5230700 - “Bank ishi” bakalavr ta‟lim yo‟nalishi o‟quv rejasiga muvofiq “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishini yozish va uni himoya qilish ko‟zda tutilgan. Kurs ishining talabga javob beradigan darajada bajarilishi va muvaffaqiyatli himoya qilinishi fanni yanada to‟liqroq o‟zlashtirishga, shuningdek, ilmiy ish bajarishi uchun dastlabki pog‟ona bo‟lib hisoblanadi. Kurs ishning maqsadi - talabalarning “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan olgan nazariy bilimlarni chukurlashtirishdan iborat. Kurs ishi talaba tomonidan bajarilgan mustaqil izlanish bo‟lib, aniq bir mavzuga bag‟ishlab yoziladi. Kurs ishining asosiy vazifalari qo‟yidagilardan iborat: mutaxassislik fanlar bo‟yicha talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlarini bir tizimga solish, ularni mustahkamlash; mutaxassislik va uning aniq bir sohasi bo‟yicha olingan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish; talabani nazariy jihatdan ilmiy xulosa qilish va mustaqil fikrlashga o‟rgatish; -nazariy jihatdan olingan bilimlarni sintez qilish va amaliyotdagi analitik materiallarni tahlil qilish asosida muammolarning to‟g‟ri echimini topishni o‟rganish; -amaliy hisobot materiallarni ilmiy jihatdan asoslangan holda xulosala olish. Kurs ishini muvaffaqqiyatli bajarilishining muxim omili – bu talabaning o‟z qiziqishi va qobiliyatiga qarab mos mavzuni tanlashi xisoblanadi. Shuning uchun ushbu bosqichda talaba mavzu tanlashda sinchkov va ma‟suliyatli bo‟lishi lozim. Kurs ishi mavzulari kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzusi talabalarni nazariy bilimlarini mustaxkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan bo‟lishi bilan bir qatorda zamon talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Kurs ishini bajarish uchun mavzu tanlab olgan talaba uni yozishdan oldin darslik, o‟quv qo‟llanma, ilmiy-amaliy jurnallar, davriy nashrlar, me‟yoriy hujjatlar va internet saytlari bilan tanishishi tavsiya qilinadi. Tanishishni birinchi navbatda, Prezidentimizning mavzuga oid asarlari, O‟zbekiston Respublikasi qonunlari, Hukumat qarorlari va boshqa me‟yoriy hujjatlarni o‟rganishdan boshlash maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, bank sohasiga oid qonunlar va maxsus me‟yoriy hujjatlar to‟plamidan ham foydalanish mumkin. Talaba mavzuga mos adabiyotlar bilan tanishib bo‟lgandan so‟ng, uni o‟rganishni boshlashi kerak. Ushbu mavzuga oid adabiyotlarni yig‟ib bo‟lib, undan foydalanish tavsiya qilinadi. Kurs ishi mavzusini tanlash va rejasini tuzishda adabiyotlardan foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi. Talaba kurs ishi yozishda o‟zi uchun qiziqarli va tushunarli mavzuni tanlashi lozim. Tanlangan mavzu bo‟yicha reja tuzishda, uning ahamiyatini, huquqiy asoslari etarliligi, dolzarbligi va bu muamolarni bartaraf etish mumkinligini adabiyotlardan foydalangan holda o‟rganib chiqadi. Shuningdek, talaba kurs ishi materiallarini tahlil qilishda e‟lon qilingan bank moliyaviy hisobotlari, statistik ma‟lumotlardan keng foydalanishi lozim. 5
2. Kurs ishining tarkibi va mazmuni. Kurs ishi o‟z tarkibiga titul varag‟ini, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati, amaliy ma‟lumotlar manbai va ilovalarni oladi. Ular quyidagi tartibda joylashtiriladi: Titul varag‟i Kirish. Asosiy qism (Kurs ishining mavzusini yoritish bilan bog‟liq 3-5 ta savollardan iborat bo‟ladi). Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati. Ilovalar. Titul varag’i. Titul varagi qo‟yidagi ma‟lumotlardan iborat bo‟ladi: O‟zbekiston Respublikasi Oliy va O‟rta Maxsus ta‟lim vazirligi: Institutning to‟liq nomi - Toshkent Moliya instituti; Kafedra nomi - “Bank hisobi va audit”; Fanning nomi – “Banklarda buxgalteriya hisobi”. Kurs ishining mavzusi; Talabaning familiyasi, ism-sharifi, kursi, guruhi; Ilmiy rahbar familiyasi ism-sharifi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni; Kurs ishi bajarilgan yil. Kurs ishining kirish qismida quyidagilar yoritilishi kerak: Kurs ishning kirish qismida mavzu tanlashda nimalarga e‟tibor qaratilganligini, uning ahamiyatini, mavzuni o‟rganishdan maqsad va vazifalarini, uning dolzarbligini o‟z ichiga olishi kerak. Kurs ishida o‟rganilayotgan mavzuning izlanish olib borilayotgan davrdagi holati, shu sohadagi mavjud muammolar, ularni ishlab chiqishdagi turli yondoshuvlar alohida ta‟kidlanib, ularning kamchilik va yutuqlari ko‟rsatilgan holda mavzuning dolzarbligi asoslanishi lozim. Asosiy qism Kurs ishining asosiy qismi butun ishning deyarli 85-90 foizini tashkil qiladi. Ushbu qismda tanlangan mavzu va unga tegishli savollar bo‟yicha ayrim olimlar, mutaxassislar fikriga baho berish, o‟z fikrini bayon qilish va uni asoslash, o‟rganilayotgan bank muassasasining ma‟lumotlariga asoslanib aniq analitik ishlarni bajarish asosiy vazifa bo‟lib hisoblanadi. Bunda bank amaliyoti materiallari, hisobotlari, statistik ma‟lumotlar asosida hozirgi zamon tadqiqot usullarini qo‟llash bilan o‟rganiladigan masala yoki muammolarning haqiqiy xolatini tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni aniqlash, o‟rganilgan savollar bo‟yicha o‟z fikrini bildirish bo‟ladi. Masalan, “Banklarda asosiy vositalar ijarasi hisobi” mavzusi bo‟yicha kurs ishi tijorat banklari faoliyatida asosiy vositalarning o‟rni, asosiy vositalarning turlari, 6
asosiy vositalarni ijaraga berish, ijaraga berilgan asosiy vositalarni hisobga olish va hisobotda aks ettirish haqida yoritish lozim bo‟ladi. Shu bilan birga, biror bank misolida ijaraga berilgan asosiy vositalar to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni keltirish va tahlil qilish talab etiladi. Kurs ishi mavzusiga oid ma‟lumotlarni tahlil qilish asosida umumiy xulosalar qilib, aniq tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish va ularni iqtisodiy asoslash ham asosiy bo‟limga tegishli vazifalardan hisoblanadi. Xulosa Kurs ishning oxirgi qismi "Xulosa" qismi bo‟lib, unda kurs ishida o‟rganib chiqilgan mavzu bo‟yicha xulosalar beriladi, mavzuga oid ko‟rsatilgan muammolarning echimi, kamchiliklarni bartaraf etish yo‟llari, bank amaliyotida qo‟llash mumkin bo‟lgan takliflar va boshqa g‟oyalar keltiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati Kurs ishida foydalanilgan manbalar - qonunlar, me‟yoriy hujjatlar, o‟quv va maxsus adabiyotlar, ilmiy ishlar va statistik to‟plamlar nomi to‟liq keltirilishi lozim. O‟zbekiston Respublikasi Qonunlari O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me‟yoriy xujjatlari Maxsus adabiyotlar Gazeta va jurnallar Internet saytlari. Adabiyotlar ro‟yxatini tuzishda har bir adabiyot nomidan avval mualliflar familiyalari to‟liq, ismi va otasining ismining bosh xarflari ko‟rsatiladi. Adabiyotlar ro‟yxatida har bir adabiyot muallifining familiyasi bo‟yicha alfavit tartibida joylashtiriladi. Shu bilan birga, adabiyotlar ro‟yxatiga kiritilgan monografiya, darslik, o‟quv qo‟llanma, jurnal, gazeta kabi manbalarning chop etilgan yili, qaerda chiqarilganligi va nashriyotining nomi ko‟rsatilgan bo‟lishi lozim. Kurs ishini yozish davomida matnda monografiya, darslik, o‟quv qo‟llanma, gazeta va jurnaldan xavola (tsitata) keltirilganda, avvalom bor muallifining familiyasi, ismi, otasining ismi, kitob nomi, nashriyot nomi, nashr qilingan yili, foydalanilgan beti keltirilishi zarur. Agar tsitata yoki ma‟lumotlar gazeta va jurnaldan olingan bo‟lsa, bunda ham avval muallifining familiyasi, ismi, otasining ismi, maqola nomi, gazeta yoki jurnalning nomi, soni, yili (sana) ko‟rsatilishi lozim. 3. Kurs ishiga rahbarlik qilish va taqriz berish. Kurs ishi kafedra mudiri tasdiqlagan professor, dotsent va eng tajribali o‟qituvchilar safidan tayinlangan ilmiy rahbarlar boshchiligida bajariladi. Ilmiy rahbarlik qilish uchun o‟rnatilgan tartibda yuklama belgilanadi. Kurs ishini yozishdan 7
avval talaba mavzu bo‟yicha tegishli adabiyotlarni to‟plab kurs ishi rejasini tuzadi va ilmiy rahbarga tasdiqlatib oladi. Ilmiy raxbar talabaga kurs ishi yozish davomida maslaxat berib boradi, qanday yangi adabiyotlarda foydalanishi mumkinligini tavsiya qiladi. Kurs ishining rahbari vazifalari: talabaga kurs ishini bajarishda bevosita rahbarlik qiladi; kurs ishi rejasi tekshirib beradi va maqsadini aniqlab, talabaning ijodiy izlanishlarini mazkur rejaga muvofiqlashtirishga yordam beradi; talaba bilan birgalikda ilmiy tadqiqot usullarini aniqlaydi, o‟tkazilishi zarur bo‟lgan eksperementlar metodikasini, o‟tkazilishi muddatlarini muhokama etadi; rahbar talaba bilan birgalikda kurs ishini bajaralishi jarayonini taxlil qiladi, u tomondan ishlatiladigan ilmiy atamalar, shartli belgi va simvollarning qo‟llanilish tartibga rioya qilinishini nazorat qilib boradi. Kurs ishi belgilangan tartibda tayyorlangandan so‟ng, talaba ishni kafedra tomonidan ko‟rsatilgan muddatlardan kechikmagan xolda kafedradan ro‟yhatdan o‟tkazishi va ilmiy rahbarga topshirishi shart. Tayyor bo‟lgan kurs ishiga ilmiy rahbar tomonidan taqriz yoziladi. Kurs ishida unga qo‟pol bo‟lmagan xato va kamchiliklar bo‟lsa-yu, u himoyaga tavsiya etilsa, talaba ko‟rsatilgan xato - kamchiliklarni asoslash yoki to‟g‟rilash uchun kurs ishi himoyasigacha tayyorlanish kerak. Agarda kurs ishida xato-kamchiliklar ko‟p bo‟lsa, ularni bartaraf etgandan so‟ng, himoyaga tavsiya etilishi ko‟rsatilgan bo‟lib, u holda xato va kamchiliklar bartaraf etilgandan so‟ng, ikkinchi marta yana himoyaga tavsiya etish taqrizi yoziladi. Agarda talaba sababsiz ravishda kurs ishini o‟z vaqtida topshirmasa, kamchiliklar to‟liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi himoyaga qo‟yilmaydi deb yozib xulosa beradi. Kabinet mudiri taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan ro‟yxatdan o‟tkazishi kerak. Kurs ishilarini ro‟yxatga olish kitobida har bir guruhni alohida betga rasmiylashtirish tavsiya etiladi. Taqriz olingandan so‟ng, talaba kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan kurs ishi himoyasi bo‟yicha komissiya a‟zolari oldida og‟zaki himoya qilinadi. Kurs ishini himoya qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komissiya tarkibi kafedra majlisida belgilab beriladi. Kurs ishi himoyasida qatnashuvchi komissiya tarkibi 3-5 ta a‟zodan iborat bo‟ladi. Kurs ishini himoyasida, albatta, komissiya tarkibidan kamida 3 ta a‟zosi bo‟lishi talab etiladi. Komissiya kurs ishi bo‟yicha baholash mezonlari asosida talaba baholaydi. 4. Kurs ishi bo’yicha baholash mezonlari Talabalarning bilim saviyasi, ko‟nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning kurs ishi bo‟yicha o‟zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. 8
“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi bo‟yicha talabalarning bilimlarini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi bo’yicha talabalarning bilimlarini baholash mezonlari
Kurs ishi bo‟yicha saralash bali 55 balni tashkil etadi. Kurs ishi bо„yicha qо„yilgan balldan norozi bо„lgan talabalar, ball e‟lon qilingan kundan keyingi kun qayta topshirish huquqiga ega. 5. Kurs ishini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar Kurs ishining matni 210 x 297 mm o‟lchamdagi A-4 formatdagi yozuv qog‟ozining bir tomoniga yozilgan, qo‟l yozma shaklida 35-45 bet va kompyuter yordamida 25-35 bet hajmda tayyorlanadi. Kompyuterda Times New Roman nomli 14 o‟lchamli shriftda, 1,5 intervalda yozilishi lozim. Har bir bet hoshiyasi yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‟ngdan 1,5 sm bo‟lishi, xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda bo‟lishi lozim. Kurs ishning titul varag‟idan tashqari barcha varaqlari raqamlanadi. Kurs ishning rasmlar qismi qo‟lda yoki maxsus dasturlar yordamida kompyuterda bajariladi. Kurs ishi uchun zarur bo‟lgan formula yoki rasmlar qaysi manbadan olinganligi ko‟rsatiladi. Sarlavhalar simmetrik ravishda yoziladi. Sarlavha va matn orasidagi masofa 3-4 interval bo‟lishi lozim. Kurs ishida keltirilgan rasm, jadval hamda rasmlarning barchasi ketma-ket raqamlanadi. 9
“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi mavzulari Aholi jamg„armalari bo„yicha operatsiyalarni rasmiylashtirilish va hisobga olish tartibi. Balans hisobotining mazmuni, tarkibi, uning yelementlari va ularni tuzish tartibi.
Bank asosiy vositalarining mazmuni, turlari va ularni hisobga olish. Bank balansi, uning moddalari va tuzish tartibi. Bank daromadlari, ularning turlari va hisobi. Bank foydasi va uning hisobini yuritish. Bank hisobvarag„ini yuritish bo„yicha bank va mijoz o„rtasidagi shartnoma va uning bajarilishi yuzasidan ma‟suliyatlar. Bank hujjatlari va bank operatsiyalari bo„yicha hujjatlar aylanishini tashkil qilinishi. Bank plastik kartochkalar bilan operatsiyalar va ularning hisobi. Bank plastik kartochkalarning turlari va ular bo„yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi muammolar. Bank ustav kapitalini shakllantirish hisobi. Banklararo hisob-kitoblarning huquqiy-me‟yoriy asoslari va uni takomillashtirish. Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi va uni takomillashtirish. Banklararo kreditlar va ularning buxgalteriya hisobi. Banklarda akkreditivlar bo‟yicha hisob-kitoblar hisobi Banklarda anderaytiring operatsiyalari hisobi Banklarda asosiy vositalar hisobdan chiqarilishi hisobi Banklarda asosiy vositalar ijarasi hisobi Banklarda asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va uning hisobi Banklarda asosiy vositalarni qayta baholash va uning hisobi Banklarda asosiy vositalarning eskirishini hisoblash tartibi va uning hisobi. Banklarda berilgan kafolatlar hisobi Banklarda buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga to„liq moslashtirish orqali yanada takomillashtirish. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi va uni takomillashtirish. Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning huquqiy asoslari. Banklarda chiqim kassa operatsiyalari bo„yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati. Banklarda depozit operatsiyalarining tashkil etilishi va hisobi. Banklarda faktoring operatsiyalari mohiyati, ularni rasmiylashtirish, nazorat qilish va hisobi. Banklarda hisob-operatsion apparatining tuzilishi va buxgalteriya xodimlarining huquq hamda majburiyatlari. Banklarda inkasso topshiriqnomalari bo‟yicha hisob-kitoblar hisobi Banklarda ipoteka kreditlari hisobi 10
Banklarda kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa material zahiralar hisobi. Banklarda kirim kassa operatsiyalari bo„yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va nazorati. Banklarda mijozning hisobvarag„ida mablag„lar yetarli bo„lmaganda to„lovlarni amalga oshirish tartibi va uni takomillashtirish. Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari va ularning yuritilishi. Banklarda sintetik va analitik hisobning tashkil etilishi. Banklarda to‟lov talabnomalari bo‟yicha hisob-kitoblar hisobi Banklarda to‟lov topshiriqnomalari bo‟yicha hisob-kitoblar hisobi Banklarda xalqaro hisob-kitoblar hisobi Banklarda xodimlar mehnatiga haq to‟lash va uning hisobi Banklarning balansdan tashqari operatsiyalari va ular hisobini tashkil etish. Banklarning byudjet va byudjetdan tashqari to„lovlarini hisoblash va hisobga olish. Banklarning depozit operatsiyalarini buxgalteriya hisobi. Banklarning forfeyting operatsiyalari va ularning hisobi. Banklarning kapitali va uning buxgalteriya hisobini yuritilishi. Banklarning kredit operatsiyalari va ularning hisobini takomillashtirish. Banklarning muammoli kreditlari va ularning hisobi. Banklarning nomoddiy aktivlari va ularning buxgalteriya hisobi. Banklarning qimmatli qog„ozlar bilan operatsiyalari tavsifi va hisobi. Banklarning qimmatli qog„ozlar bilan operatsiyalari va ularning hisobini tashkil etilishi. Banklarning riskka tortilgan aktivlarini buxgalteriya hisobi. Banklarning trast operatsiyalari va ularning hisobi. Banklarning vakillik hisobvaraqlari bo„yicha buxgalteriya hisobining yuritilishi va uni takomillashtirish. Banklarning vakillik hisobvaraqlari va ularning vakillik munosabatlari. Banklarning xarajatlari va ularning hisobi. Bank–mijoz dasturi, u orqali operatsiyalarning tashkil etilishi va hisobga olinishi. Bankning boshqaruv xarajatlari hisobini yuritish va bu xarajatlarni qisqartirish masalalari. Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlarining modellari va ularning amaliyotda qo„llanilishi. Hisob-kitob markazlari orqali banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi va hisobi. Hisob-kitoblarda noto„lovlar muammosi va uni hal qilish yo„llari. Ichki bank nazorati va uni takomillashtirish. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularni takomillashtirish. Jamg„arma sertifikatlari bo„yicha operatsiyalar va ularning hisobi. 11
Kapital qo„yilmalarni moliyalashtirish va uzoq muddatli kreditlarni berish bo„yicha operatsiyalarning hisobini tashkil qilish. Mijozlarga hisobvaraq ochish, yopish va qayta rasmiylashtirish tartibi. Mijozlarga masofadan turib xizmat ko„rsatishning mazmuni, ahamiyati va uni takomillashtirish. Mikrokreditlash operatsiyalari va ular hisobining tashkil etilishi. Minibanklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va uning O„zbekiston bank amaliyotida qo„llanilishi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar alohida shakllarining hususiyatlari va ularni hisobga olish tartibi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar bo„yicha muammolar va ularni bartaraf etish yo„llari. O„zbekiston bank tizimida banklararo hisob-kitoblarning elektron to„lov tizimi orqali yuritilishi va ularning hisobi. O„zbekistonda bank plastik kartochkalar bo„yicha operatsiyalarning tashkil etilishi va uning hisobi. O‟zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan hisob tizimlarida axborotni muhofaza qilish Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash operatsiyalari, ular hisobining tashkil etilishi. Qisqa muddatli kreditlash operatsiyalari va ular hisobining tashkil etilishi. Tijorat bankida kunlik buxgalteriya balansini tuzish tartibi Tijorat banklarda buxgalteriya hisobining o„rni va ahamiyati. Tijorat banklari faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi. Tijorat banklari omborxonasidagi materiallarni hisobga olish tartibi. Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog„ozlar va ularning hisobga olinishi. Tijorat banklari tomonidan fermer xo„jaliklari va kichik biznes subyektlarini mikrokreditlash tartibi va hisobi. Tijorat banklari tomonidan lizing operatsiyalarini amalga oshirish va buxgaletriya hisobini yuritish. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog„ozlar bilan REPO bitimlari hisobi.
Tijorat banklari tomonidan sotib olingan qimmatli qog„ozlar va ularning hisobga olinishi. Tijorat banklari tomonidan tayyorlanadigan moliyaviy hisobotlarning turlari va ularni tuzish tartibi. Tijorat banklari tomonidan to„lanadigan soliqlarning turlari, ularni hisoblash va to„lash tartibi. Tijorat banklarida chet el valyutasini sotish va sotib olish bo„yicha operatsiyalarni hisobga olish tartibi. Tijorat banklarida foiz o‟stirmaslik siyosati va uning hisobi. 12
Tijorat banklarida ichki nazorat tashkil etishda xalqaro Bazel standartining qo‟llanilishi Tijorat banklarida individual bank kutichalarini ijaraga berish xizmatini ko‟rsatish va uni hisobga olish Tijorat banklarida investitsiya faoliyatining hisobi Tijorat banklarida iste‟mol kreditlari hisobi Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‟yicha ichki nazorat tizimi Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etishni takomillashtirish Tijorat banklarida konversion valyuta operatsiyalar hisobi Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish, uning rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi. Tijorat banklarida maxsus fondlar va ularning hisobi Tijorat banklarida naqd chet el valyutasi bilan bog‟liq operatsiyalar hisobi Tijorat banklarida o‟z kapitali to‟g‟risidagi hisobotlarni tuzish Tijorat banklarida olingan lizing operatsiyalari hisobi Tijorat banklarida pul oqimlari to‟g‟risidagi hisobotni tuzish Tijorat banklarida pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi va ularning hisobga olinishi. Tijorat banklarida uzoq muddatli kredit operatsiyalari hisobi Tijorat banklariga mijozlarga hisob-kitob-kassa xizmatini ko‟rsatish Uzoq muddatli kreditlash operatsiyalarining hususiyatlari va uning hisobi. Valyuta ayrboshlash shaxobchalaridagi operatsiyalar hisobi Xalqaro hisob-kitoblar va ular hisobining tashkil etilishi. Xususiy tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko„rsatayotgan dehqon xo„jaliklarini mikrokreditlash va hisobga olish. Yosh oilalarga kredit berish va uni hisobga olish tartibi. “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan adabiyotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Qonunlari O‟zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‟g‟risida»gi qonuni. – T.: 2016 y. O‟zbekiston Respublikasining “Bank va banklar faoliyati to‟g‟risida»gi qonuni. - T.: 2019 y. O‟zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‟g‟risida»gi qonuni. –T.: 2019 y.
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 6 apreldagi «Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora–tadbirlari to‟g‟risida»gi PQ–1317–sonli Qarori 13
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori halqaro reyting ko‟rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‟nalishlari to‟g‟risida”gi PQ-1438-sonli Qarori, 2010 yil 26 noyabr. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi PQ 2344- sonli Qarori O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‟zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‟yicha harakatlar strategiyasi to‟g‟risida”gi PF-4947-sonli Farmoni O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va kapitallashuvi darajasini oshirishga oid qo‟shimcha chora-tadbirlar to‟g‟risida” PQ-3066-sonli Qarori O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‟yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‟g‟risida” PF-5177-son Farmoni O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‟g‟risida” PQ-3270-sonli Qarori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi “Tadbirkolik sub‟ektlarining bank ishi sohasiga ruxsat berish tartib-taomillaridan o‟tishi tartibi to‟g‟risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 56-son Qarori O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 27 martdagi “Tijorat banklarining investitsiya faoliyatini rag‟batlantirishga va banklar tomonidan korxonalarni yangi investorlarga sotishni jadallashtirishga doir qo‟shimcha chora-tadbirlar to‟g‟risida” 71-son Qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‟zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‟iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‟lishi kerak. – Toshkent: “O‟zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‟zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‟zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‟minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‟zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy xujjatlari O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining "Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‟yiladigan talablar to‟g‟risida"gi 2693-son Nizomi, 2015 yil 6 iyul. 14 O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining "Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo‟yiladigan talablar to‟g‟risida”gi 2229-son Nizomi, 2011 yil 25 may. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Banklarning hisob siyosati va moliyaviy hisoboti to‟g‟risida”gi 1270 - sonli Nizom 2003 yil 3 sentyabr O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Banklarning qimmatli qog‟ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar to‟g‟risida”gi 1782-nizom 2008 yil 2 aprel O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Hisobot sanasidan keyin yuz bergan voqealarni banklar tomonidan buxgalteriya hisobida aks ettirish to‟g‟risida”gi 1426 - sonli Nizom 2004 yil 3 dekabr O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‟yiladigan talablar to‟g‟risida”gi 1419 - sonli nizom 2004 yil 25 oktyabr. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O‟zbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish” Qoidalari 1602-son, 2006 yil 24 iyul O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O‟zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‟g‟risida”gi 2711-son yo‟riqnoma. 2015 yil 26 avgust O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O‟zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‟g‟risida”gi 1948-son yo‟riqnoma. 2009 yil 27 aprel O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O‟zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‟g‟risida”gi 2465-sonli nizom. 2013 yil 3 iyun O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‟yiladigan talablar to‟g‟risida”gi 905-sonli nizom 02.03.2000 yil O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari tomonidan O‟zbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini o‟tkazish tartibi to‟g‟risida”gi 953-sonli nizom 2000 yil 3 avgust. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tacniflash va aktivlar bo‟yicha ehtimoliy yo‟qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‟g‟risida”gi 2696 - sonli Nizom 2015 yil 14 iyul O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‟g‟risida”gi 1306-sonli nizom. 2004 y. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir” 1831-sonli yo‟riqnoma. 2008 yil 27 iyun 15
O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini amalga oshirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‟g‟risida”gi 1648-sonli nizom 2006 yil 27 dekabr. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlaridagi xatolarni tuzatish tartibi to‟g‟risida”gi 1301 - sonli Nizom 2004 yil 21 yanvar O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarida qimmatli qog‟ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi to‟g‟risida”gi 1885-yo‟riqnoma 2008 yil 13 dekabr O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‟yiladigan talablar to‟g‟risida”gi 2709-sonli nizom. 2015 y. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «O‟zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‟g‟risida»gi 1834–son yo‟riqnoma. 2008 yil 11 iyul. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «O‟zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi» № 773–17–son 2004 yil 13 avgust. Maxsus adabiyotlar Abduvaxidov F.T., Umarov Z.A., Djuraev K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi. O‟quv qo‟llanma. –T.: TDIU, 2010. –224 b. Donald Resseguie Accounting for Banks Matthew Bender 2012 y Ibragimov A.K., Marpatov M.D. Halqaro moliyaviy hisobot standartlari asosida banklarda buxgalteriya hisobi T. MoliY. 2010 yil Karaliev T.M. va boshqalar Bank ishi. Darslik. –T.: “Fan va texnologiya”, 2016, 640 bet. Navruzova K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika T., MOLIYA – IQTISOD 2010 y. Navruzova K.N., Karimov N.G„.,Ortiqov U.D. Banklarda buxgalteriya hisobi VIP POLIGRAF.T., 2013 y. Navruzova K.N.,Ortikov O.A. Banklarda hisob va tо„lov tizimi - TMI 2005 Navruzova K.N.,Ortikov O.A. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va tо„lov tizimi. CHо„lpon. 2014y. Omonov A.A., Karaliyev T.M. Banklarda buxgalteriya hisobi. T., MOLIYA – IQTISOD 2014 y. Temirov A.A. Banklarda buxgalteriya hisobi va operatsion texnika T., TDIU 2010 y. Бухгалтерский учѐт в банках: учебник/ К.Наврузова, Р.Аллаберганов, - Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2017. – 312 с. Каримов Н.Г., Костина Л.М. Бухгалтерский учѐт и операционная техника в коммерческих банках: Учебник. – Т.:ТГЕУ, 2011. Козлова Е.П, Бабченко Т.Н. Сборник корреспонденсий счѐтов бухгалтерский учета по новому счѐтному плану. - М.: Бухгалтеркий учет, 2005г. 16
Муругова И.А. Операционная техника и учет в банках. - Т.: 2010. МОЛИЯ – ИҚТИСОД Пaлий В.Ф. Междунaрoдные cтaндaрты учетa и финaнcoвoй oтчетнocти. Учебник. М.: Инфрa–М, 2004. – 472 c. Парфенов К.Г “Банковский учет и операционная техника в коммерческих банках” Изд-3-е переработка. –М.: 2009 г. Смулов А. М. Промишленние и банковские фирми: взаимодействие и кризисние ситуатсии. 2009. Фи.С Тютюнник А.В. Учебное пособие по диссиплине «Бухгалтерский учет банках» / Московская финансово-промишленная академиЙ. - М.:2014г. Internet saytlari. www.sbu.uz O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki www.lex.uz O‟zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi
www.stat.uz O‟zbekiston Respublikasi Ctatistika qo‟mitasi www.tfi.uz Toshkent moliya instituti www.gaap.ru (Generally Accepted Accounting Principles). 17
Ilova O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Bank ishi fakulteti Bank hisobi va audit kafedrasi “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan KURSISHI MAVZU: ___________________________________________________ ____________________________________________________________ ____________________________________________________________ Tayyorladi: 3-kurs KBI-___ gurux
Toshkent – 2020 yil 18
19 20 Download 189 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling