Банкларда фойда ва зарарлар ҳисоби
Banklarda buxgalteriya hisobi oldiga qo’yidagi asosiy vazifalar
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
dat asakabank farxod filialida foyda va zararlar hisobi va uning
Banklarda buxgalteriya hisobi oldiga qo’yidagi asosiy vazifalar
qo’yilgan: hisob-kitoblardagi mablag’lar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko’rsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank muomalalarini to’g’ri bajarish; bajarilgan muomalalarning buxgalteriya hisobi va hisobotida o’z vaqtida hamda aniq aks ettirilishiga erishish; bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishlicha rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan bu hujjatlar borgan joyda foydalanishini yengillashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan muomalalar bajarilayotganda hamda ular xizmat ko’rsatuvchi mijozlar hisobi yuritilayotganda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning, qonunga g’ilof xatti-xarakatining oldini olish; bankdan pul mablag’lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turadigan blankalar kam chiqishi, ortiqcha hamda qonunga xilof ravishda sarflanishining oldini olish; bank mansabdor shaxslarining o’rnatilgan tartibga zid ravishda bank muomalalarini amalga oshirilganliklarini, qimmatliklar va hujjatlarni yo’qotib qo’yish hamda shu kabi boshqa xollarda ularning javobgarligini hujjatlar bilan asoslash; muomalalarni amalga oshirish va rasmiylashtirishni ma’lumotlar to’plash orqali qonuniyligi hamda to’g’riligini tekshirish imkoniyatini berilishi; bankda ish kuni tartibiga qat’iy rioya etilishi; zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan keng ko’lamda foydalanish asosida bank muomalalarini amalga oshirish ular hisobini yuritish hamda hisobotlar tuzish uchun mehnat va mablag’ sarfini kamaytirish. ~ 14 ~ Respublikamizda buxgalteriya hisobining qonuniy asosi bo’lib, 1996 yil 30 avgustda O’zbekiston Oliy majlisi 10 sesiyasida qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonuni" hisoblanadi. Ushbu qonun buxgalteriya hisobining yuritilishini tartibga soluvchi qonuniy hujjat hisoblanadi va mulkchilik shaklidan, qaysi tarmoqqa tegishligidan va katta- kichiqligidan qat’iy nazar barcha xo’jalik sub’ektlari va ularning filiallari unda belgilangan tartib-qoidalar asosida buxgalteriya hisobining tashkil qilishi va yuritishlari zarur bo’ladi. Ushbu qonunda banklarda buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi barcha me’yoriy hujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ishlab chiqarishi ko’rsatilgan, ya’ni Markaziy bank uslubiy markaz hisoblanadi. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling