Банкларда фойда ва зарарлар ҳисоби
Foizli daromadlarga asosan quyidagilar kiritiladi
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
dat asakabank farxod filialida foyda va zararlar hisobi va uning
Foizli daromadlarga asosan quyidagilar kiritiladi:
- ssudalar bo’yicha olinadigan daromadlar; - qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlar; - investitsiyalar bo’yicha daromadlar. Foizsiz daromadlarga asosan quyidagilar kiritiladi: - chet el valyutasidan foyda; - tijorat operatsiyalaridan foyda; - investitsiyalardan olinadigan foizsiz daromadlar. Bank faoliyatining asosiy tavsifi sifatidan uning daromad keltiruvchi aktivlari, ya’ni kredit qo’yilmalari hisoblanadi. Bankning daromad keltiruvchi aktivlari qanchalik ko’p bo’lsa, bank investorlar uchun shunchalik jozibador bo’ladi va bankning daromadlari o’sib boradi. Bankning daromad keltiruvchi aktivlari u o’tkazayotgan xo’jalik muomalalariga bog’liq. 3 Матвиев О.В. Управление активами коммерческого банка – ДиК-№5, 2001, 55-59 бетлар. 4 Лаврушин О.И. “Банковское дело” Москва. 2005, 47-бет. ~ 21 ~ Tijorat banklari faoliyatini moliyaviy ahvolini, ularning barqarorlik ko’rsatkichi, ya’ni bank kapitali bilan barcha daromad keltiruvchi aktivlar ko’rsatkichlari aktivlar ko’rsatkichlari aniq namoyon qilib ko’rsatiladi. Tijorat banklarining foizli daromadlari summasidan foizli xarajatlari summasini ayirib tashlasak, u holda, sof foizli daromad ko’rsatkichi yuzaga keladi. Sof foizli daromad summasining bank aktivlari o’rtacha summasiga nisbati sof foiz marjasi deb ataladi. Bu ko’rsatkich bankning foizli daromadlari darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Banklarni xarajatlarini ikki guruhga ajratib o’rganishning zururligi shundaki, tijorat banklarida yalpi xarajatlarning asosiy qismi foizli xarajatlarga to’g’ri keladi. Foizli xarajatlarning yalpi xarajatlar hajmida yuqori va barqaror salmoqqa ega ekanligi tijorat banklari resurs bazasining barqarorligini ta’minlashnnig zururiy shartidir. Ayrim mamlakatlar bank amaliyotida iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan tijorat banklari xarajatlarini bir necha guruhlarga ajratib o’rganiladi. Masalan, taniqli olim, professor O.I.Lavrushinning “Bankovskoye delo” kitobida tijorat banklarining xarajatlari olti guruhga ajratilgan: 5 1. Operatsion xarajatlar. 2. Bank xo’jalik faoliyatini ta’minlash xarajatlari. 3. Mehnatga haq to’lash xarajatlari. 4. Soliqlar to’lash xarajatlari. 5. Zaxira ajratmalari. 6. Boshqa xarajatlar. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling