Banklarda hisob-kitob operatsiyalari va bank bo`limlari faoliyati


Valyuta operatsiyalarining turlari va ularning hisobini tashkiletishning o'ziga xos xususiyatlari


Download 81.82 Kb.
bet12/13
Sana07.03.2023
Hajmi81.82 Kb.
#1247362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Jumaboyev Shoxruh hisobot

Valyuta operatsiyalarining turlari va ularning hisobini tashkiletishning o'ziga xos xususiyatlari
Valyuta operatsiyalarining quyidagi turlari mavjud: «spot» bitimi — bu hisobkitoblarshartnoma tuzilgandan keyin ikki ish kuni davomida, bitim tuzilgan sanadabelgilangan kurs bo'yicha oshiriladigan bitimdir; «forfard» bitimi - bu shartnomabo'yicha hisob-kitob ikki kundan keyin ma'lum muddat ichida, u tuzilgan sanadabelgilangan kurs bo‘yicha amalga oshiriladigan bitimdir; «svop» bitimi - bu ikkitomonlama davriy to'lovlar majburiyatini amalga oshirishga asoslangan kelishuvbo'lib, «spot» va «forfard» bitimlari kombinatsiyasini tashkil qiladi; «optsion» bitimi- bu ma'lum miqdordagi chet el valyutalarini muayyan vaqt davomida yoki ma'lumbir sanagacha belgilangan narx bo'yicha sotib olish («optsion-koll») yoki sotish(«optsion-put») huquqini beruvchi bitimdir. «Optsion» bitimi bo'yicha berilganhuquq ishlatilishi yoki ishlatilmasligidan qat'iy nazar, sotib oluvchi «optsion»ni sotuvchiga mukofot to'laydi.O'zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya hisobining amaldagi tizimi ko'pvalyutali tizimga asoslangan. Ushbu tizimning asosiy maqsadi bankning valyutapozitsiyasi (mavqei) ustidan boshqaruv va nazorat o'matishdir. Ko'p valyutaliktizimning asosiy tamoyillari quyidagilar:
- banklarda mavjud har bir valyuta turi (so'mlar, AQSh dollarlari, evro, Yaponiyaienasi va shu kabilar) bo'yicha dasturiy tarzda alohida Bosh kitob (BK) yuritaladi,ya'ni bank oborotida valyutalaming nechta turlari bo'lsa, shuncha Bosh kitoblaryuritiladi. Har bir BKda bank operatsiyalari hisobining to'liq yuritilishini ta'minlashuchun zarur bo'lgan miqdorda balans hisobvaraqlari ochiladi. Har bir balanshisobvarag'ida analitik hisobni tashkil qilish uchun esa, o'z navbatida, operatsiyalarturlari va boshqa belgilar bo'yicha kerakli miqdordagi yordamchi kitoblar ochiladi;
- har bir valyuta turi bo'yicha ikkita hisobvaraq yuritiladi: 17101- “Valyutapozitsiyasi hisobvaraqlari” - «Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari» va 17101- “Valyutapozitsiyasi hisobvaraqlari” - «Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlarining so'mdagiekvivalenti». Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari bankning chet el valyutasidagiaktivlari yoki majburiyatlari bo'lib hisoblanmaydi, balki bankning aktivlari vamajburiyatlari o'rtasidagi farqni aks ettiruvchi nazorat hisobvaraqlaridir. Pozitsiyahisobvaraqlari bo'yicha buxgalteriya yozuvlari faqat valyuta ayirboshlashoperatsiyalarida, chet el valyutasida olingan daromad va xarajatlami so'mko'rinishida konvertatsiyalashda, chet el valyutasiga asosiy vositalar sotib oldingandava ayirboshlash operatsiyalarida amalga oshiriladi;
- operatsion kun oxirida valyuta pozitsiyasining so'mdagi ekvivalenti hisobvaraqlari valyutadagi pozitsiya hisobvaraqlari bilan taqqoslanadi, aniqlanganfarq esa shu davrdagi bank daromadlari va xarajatlari bo'lib hisoblanadi;
- bankning asosiy vositalari, daromadlari va harajatlarining hisobi faqat milliyvalyutada yuritiladi;
- valyuta kross-operatsiyasi ikkita valyutani o'z ichiga oladi va buxgalteriyadaquyidagi tartibda aks ettirilishi lozim:
a) ikki xil valyutani o'z ichiga oladigan operatsiyalar ushbu valyutalardagi harbir bosh kitobda valyuta pozitsiyasining tegishli hisobvaraqlariga aloqador bo'lganbuxgalteriya yozuvlari yordamida balanslanadi;
b) chet el valyutasi va so'mda amalga oshirilgan operatsiyalar chet el valyutasidagi bosh kitobda va so'mdagi bosh kitobda qayd etiladi;
v) ikki turdagi chet el valyutalarida amalga oshirilgan operatsiyalar ushbu ikkivalyutaga tegishli bosh kitoblarga qayd etiladi.Chet el valyutasida qayd etilgan aktiv va passiv hisobvaraqlar qoldiqlarini qayta baholash valyuta kursi o‘zgarishidan ko‘rilgan foyda yoki zararlami aniqlash vamoliyaviy hisobotni tuzish maqsadlarida har bir oyning oxirgi ish kunida,shuningdek, jamlama balans hisobotini olish maqsadida oyning istalgan kunidao'tkaziladi. Har ikki holda ham bir xil qayta baholash qoidalari qo'llaniladi. Buning uchun chet el valyutalari bo'yicha barcha Bosh kitoblardagi hammahisobvaraqlaming qoldiqlari Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo'yichaquyidagi tartibda so'mga aylantiriladi:
a) bankning chet el valyutasidagi aktiv va passivlari (quyidagi b bandda
ko'rsatilgan aktivlar va passivlardan tashqari) balans tuzish sanasida shu sanadagiSpot kursi asosida qayta baholanadi;
b) Ustav kapitali oldingi (dastlabki) qiymati bo'yicha, ya'ni Ustav kapitaligamablag'lar kiritilayotgan kundagi Spot kursi bo'yicha qayta baholanadi. Agarda Ustav kapitali bir necha marta to'ldirilgan bo'lsa, unda qayta baholash maqsadida harbir hoi uchun to'ldirilgan kundagi summa va Spot kursiga alohida yangi shaxsiyhisobvaraq ochiladi.Qayta baholash har kuni buxgalteriya yozuvlarisiz dasturiy tarzda faqatginajamlama balans hisobotini tuzish uchun o'tkaziladi. Qayta baholangan aktiv vapassivlaming ikkita yakuniy summalari o'rtasidagi farq valyuta bo'yicha kitobdagivalyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi qoldig'ini o'zida aks ettiradi.Har oyning oxirida moliyaviy hisobotda qayd etish uchun qayta baholashnatijasida ko'rilgan foyda va zararlar aniqlanadi.Qayta baholash natijasida ko'rilgan foyda va zararlami aniqlash tartibiquyidagicha:a) alohida valyutalaming Bosh kitoblari ma'lumotlaridan kelib chiqqan holdabalans tuzish sanasidagi har bir valyuta bo'yicha aktiv va passivlaming barchaqoldiqlari jamlanadi. Aktiv va passivlar yakuniy summalari o'rtasidagi farq ushbu Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'i qoldig'iga tenglashtirilishi lozim;b) chet el valyutasida qayd etilgan aktiv va passivlar tegishli ravishda yuqoridabegilangan kurslar asosida so'mga aylantiriladi;v) qayta baholangan aktiv va passivlaming ikkita yakuniy summalari orasidagifarq valyuta bo'yicha kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi qoldig'inio'zida aks ettiradi.Bu yangi qoldiq so'm bo'yicha kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'iningtegishli qoldig'i bilan taqqoslanadi. Olingan farq qayta baholashdan keyingi foydayoki zarami tashkil etadi va mos ravishda quyidagi buxgalteriya yozuvi asosida aksettiriladi:
Dt 17101- “Valyuta pozitsiyasi” hisobvaraqlari,Kt 45401- ““Spot” bitimi bo'yicha xorijiy valyutalardagi foyda”.Yoki,Dt 55302- ““Spot” bitimlari bo'yicha xorijiy valyutalarda ko'rilgan zararlar”,Kt 17101- “Valyuta pozitsiyasi” hisobvaraqlari.
Bunda so'm bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'i chet elvalyutasi bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangiqoldig'iga mos kelgunga qadar doimiy ravishda tartibga solinib turiladi. Debet yokikredit buxgalteriya yozuviga muvofiq bunday tartibga solinish natijasida qaytabaholashdan olingan foyda yoki zarar aniqlanadi. Ustav kapitalining valyuta qismigateng valyutadagi aktivlami qayta baholash natijasida boMgan farq so‘m bo‘yichakitobda 30906 -"Devalvatsiya uchun zahira" balans hisobvarag'ida aks ettiriladi vaqayta soliqqa tortiladigan bazaga kiritiladi.Qayta baholashdan so'ng quyidagi hollarda foyda olinadi: agar chet el valyutasibo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi kredit qoldig'I so'm bo'yicha valyuta pozitsiyasi hisobvarag’ining korrespondent debet qoldig'idanortiq bo'lsa; agar chet el valyutasi bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasihisobvarag'ining yangi debet qoldig'i so'm bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining korrespondentsiyalanuvchi kredit qoldig'idan kam bo'lsa.Qayta baholashdan so'ng quyidagi hollarda zarar ko'riladi:
Agar chet el valyutasibo'yicha bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi kredit qoldig'i so'm bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining korrespondentsiyalanuvchi debet qoldig'idan kam bo'lsa; agar chet el valyutasi bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining yangi debet qoldig'i so'm bo'yicha Bosh kitobdagi valyuta pozitsiyasi hisobvarag'ining korrespondentsiyalanuvchi kredit qoldig'idan ortiq bo'lsa.
Xulosa
Banklarda hisob-kitob opеratsiyalar hisobi- sub‘etklar o‘rtasida bo‘ladigano‘zaro iqtisodiy munosabarlarni buxgalteriya hisobi shakllari va registrlarida to‘g‘ri rasmiylashtirishdir. Shuningdеk, naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalgaoshirish tartibini buxgaltеriya hisobida, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatgaolib yuritish bilan izohlanadi.
Plastik kartochkalar bank tomonidan chiqarilgan pеrsoni-fitsirlangan to‘lov vositasi bo‘lib, kartochka egasining tеgishli bankdagi hisobvarag‘ida mablag‘ borligiga guvohlik bеruvchi va naqd pul to‘lamasdan tovarlar (ish va xizmat) larni sotib olish huquqini o‘zida aks ettiradi. Plastik kartochkada bir xil ma'noda tеnglashtiruvchi emitеntning nomi va bosma usulda tеrilgan bo‘g‘inli bеlgilari ko‘rsatilgan bo‘ladi. Plastik kartochkalar barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovarlar (ish va xizmat)lar bo‘yicha o‘zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirishlarida, shuningdеk, bank shaxobchalaridan va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishlarida qo‘llaniladi.Hisob-kitob chеki hisobvaraq egasi (chеk bеruvchi) o‘z hisobvarag‘idanoluvchining (chеk egasi) hisobvarag‘iga chеkda ko‘rsatilgan summadanmablag‘larni o‘tkazib bеrish uchun bankining maxsus blankasida bankka bеrgantopshirig‘idir. Chеk blankalari tipografik yo‘l bilan tijorat banklari buyurtmasigako‘ra, ularning faoliyati uchun yеtarli bo‘lgan miqdorda tayyorlanadi. Bunda chеklarbеlgilangan namunadagi 0505411005 shaklda har bir bank uchun alohida bo‘lganbank nomi va firma bеlgisidan tashqari barcha zaruriy rеkvizitlarga ega bo‘ladi.Akkrеditiv - mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uningkontrogеnti foydasiga bеrilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga ko‘ra,akrеditiv ochgan bank mahsulot yеtkazib bеruvchiga to‘lovni bajarishi yoki boshqabanklar tomonidan akkrеditivda ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda vaakkrеditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to‘lovlarni bajarish uchunvakolat bеrishi mumkin. Akkrеditiv so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “ishonchli”dеgan ma'noni bildiradi.

Download 81.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling