Banklarda hisob-kitob operatsiyalari va bank bo`limlari faoliyati


Banklarda kredit operatsiyalarini amalgaoshirishda kreditlash tamoyillari


Download 81.82 Kb.
bet11/13
Sana07.03.2023
Hajmi81.82 Kb.
#1247362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Jumaboyev Shoxruh hisobot

Banklarda kredit operatsiyalarini amalgaoshirishda kreditlash tamoyillari

O'zbekiston Respublikasi qududida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga kredit berishtijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to'g'risida» gi qonun asosida vaboshqa me'yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. KreditlarO'zbekiston Respublikasining «Korxonalar to'g'risida» gi qonuniga asosan kredit o'zkapitali va mustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega bo'lgan mustaqil xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga beriladi.


Tijorat banklari xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga,ulaming mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli kreditlar beradilar. Kredit mijozning hisob-kitob varag'i joylashgan bankdaberiladi. Zarar ko'rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchisub'ektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa belgilangan tartibdamuddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq muddatli moliyaviynobarqaror xo‘jasizlik va zararlami qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditlar muddatiga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli turlarga bo'linadi.Qisqa muddatli kreditlar amal qilish muddati 12 oydan oshmaydigan kreditbo‘lib, uning muddati uzaytirilishi kreditlanayotgan tadbirlami o‘tkazish muddati,ulaming qoplanishi va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qisqamuddatli kreditlar kreditlaming boshqa turlariga nisbatan likvidliroq hisoblanadi.Uzoq muddatli kreditlar 3- 5 yildan ortiq muddatga beriladi. Kreditlash jarayoni birnechta tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

  • kreditning muddatliligi;

  • kreditning qaytarilishligi;

  • kreditning ta'minlanganligi;

  • kreditning to'lovliligi;

  • kreditning maqsadliligi.

Kredit iqtisodiy munosabatlami belgilangan tizimi sifatida boshqa pul
munosabatlaridan farq qiladi, ya'ni pulning xarajati qaytarib berish sharti bilanamalga oshiriladi.Kreditning keyingi tamoyili muddatlilik boMib, u qaytarishlik tamoyili bilanuzviy bogMiq boMadi. Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama xarakterga ega.Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag`ningqaytarilishinigina bildirib qolmay, balki bu qaytarilishni aniq muddatlarini belgilashniham taqozo etadi.
Kreditning muddati, bir tomondan foydalanishga berilayotgankredit resurslarining bo‘sh turish muddati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan qarzoluvchining mablagMarga boMgan vaqtinchalik ehtiyojlarining muddatiga bogliq.Kreditlash muddatliligining bu ikki tomonlama xarakteri inobatga olingandavaqtinchalik foydalanishga berilgan mablagMami toMiq va belgilangan muddatdaqaytarilishini ta'minlash mumkin.Kreditning muddatiiligiga rioya qilish banklar uchun ham, qarz oluvchilar uchunham muhim ahamiyatga ega. Buning hisobiga bank kredit resurslarining aylanishinijadallashtirsalar va ulardan oqilona foydalanishga erishsalar, xo‘jaliklar o‘zdaromadlarini ko'paytirish, o'z va qarz mablag'laridan foydalanish samarasinioshirishlari mumkin. Kredit muddatini uzaytirish aksariyat hollarda bankaing ruxsatibilan amalga oshiriladi. Kredit muddati qarz olingan mablag'lami qaysi davrgachafoydalanishini hisobga olgan holda belgilanadi.Qaytarilish tamoyili kreditning mohiyatini ifodalaydi. Bank tomonidanmijozlarga beriladigan har bir so'm pul mablag'lari yana bankka qaytarilishi lozim.
Qaytarib berishni iqtisodiy asosi sifatida mablag'laming uzluksiz doiraviy aylanishihisoblanadi. Qaytarish tamoyilining shunday muhim xususiyati borki, kreditni boshqatovar-pul munosabatlarining iqtisodiy kotegoriyalaridan farqi bo'lgan iqtisodiykotegoriya sifatida ajratib turadi. Qaytarilish kreditning ajralmas atributi hisoblanadi.Kreditning ta'minlanganligi- bunda kreditning ta'minlanganligi kredit berilishigaasosan qarz oluvchining mulki, moddiy boyliklar zahiralari, ko'chmas mulki yokiishlab chiqarish xarajatlari summasiga mos kelishi bilan belgilanadi. Bu o'znavbatida kreditni o'z muddatida qaytarilishiga kafolat berilishini tasdiqlaydi.Olingan kredit mablag'lari korxonada ishlab chiqarish zaxirasi, tugallanmagan ishlabchiqarish yoki tayyor mahsulot hamda mavjud moddiy boyliklami ta'minlash uchunberiladi. Bu tamoyil asosan korxonalarga berilgan kreditlar yoki tomonlarmajburiyatlari bilan real ta'minlanadi.
0‘zbekiston Respublikasida banklar faoliyatining xalqaro bank amaliyotiga yaqinlashib borayotgan sharoitda kreditning ta'minlanganligi sifatida tovar-moddiyboylik va xarajatlardan tashqari garov, kafolat va kafillik kabi shakllari hamamaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Bu holat bank xatarlarini kamaytirgan holdakreditlaming bankka o‘z vaqtida kaytishini ta'minlaydi. Kreditning o‘z vaqtidaqaytarilishini ta'minlash uchun kredit shartnomasiga ko‘ra qarz oluvchi garovga ma'lum qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni qo‘yib rasmiylashtiradi. Agar kreditoluvchi kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasa, u holda garovni sotish choralari ko'riladi. Kredit miqdori garovga qo'yilgan mulk qiymatining 50 foizidan 80foizigacha miqdorida beriladi.Kreditlashning yana bir tamoyili - olingan kredit uchun haq to'lash yokifoizlilikdir. Bunda shartnomaga ko‘ra kredit oluvchi-korxona o‘z ehtiyoji uchunkreditga olgan pul mablag‘laridan vaqtincha foydalanganligi uchun bankkabelgilangan haqni to'lashi lozim. Amaliyotda bu tamoyil bankning foiz mexanizmiorqali amalga oshiriladi. Bankning foiz stavkasi bu kreditning «narxidir». Kredituchun haq to'lash korxonalami xo'jalik hisobiga shu jumladan resurslamiko'payishiga hamda jalb qilingan, mablag'lardan foydalanishga ta'sir etadi. Bank muassasalari kredit foizi hisobidan o'z xarajatlarini qoplaydi. Kredit uchun haqto'lash tamoyili qarzga olingan mablag'lardan unumli foydalanish va kreditniqaytarish muddatini tezlashtirish maqsadida korxonaga -iqtisodiy ta'sir ko'rsatishvositasidir. Bank foizi kredit turlariga qarab turlicha belgilanadi. Qaytarilish muddati o'tib ketgan kreditlar uchun oshirilgan miqdorda foiz olinadi, bu esa qaytarishmuddati shartlariga qat'iy a rioya qilishga yordam beradi.O'zbekiston Respublikasi tijorat banklari kredit to'lovi miqdorinibelgilashda ahamiyat beradigan quyidagi asosiy tamoyillar mavjud:
- O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarigaberiladigan kreditlar bo'yicha o'matilgan bazaviy foiz stavkasi;
- banklararo kredit bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi, ya'ni aktiv operatsiyalamiamalga oshirish uchun boshqa banklardan sotib olingan resurslar bo‘yicha;
- turli depozit hisobvaraqlar bo'yicha mijozlarga bank tomonidan
to'lanadigan o'rtacha foiz stavkasi;
- bankning kredit resurslarining tarkibi (jalb qilingan mablag'lar hissasi yuqoribo'lganda kredit narxi ham yuqori bo'ladi);
- kreditga bo'lgan talab;
- talab qilinayotgan kredit muddati va kredit turi, ya'ni uning ta'minlanganligigabog'liq ravishda xatar darajasi;
- mamlakatdagi pul aylanishini muvozanati (inflyatsiya sur'ati yuqori bo'lsakredit shunchalik qimmat bo'ladi, chunki pul-qadrsizlanishi tufayli bankning o'z resurslarini yo'qotish xatari ortadi) va boshqalardir.



Download 81.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling