Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish va ularning hisobi


To‘lov talabnomasi bilan hisob-kitoblar hisobi


Download 0.96 Mb.
bet6/9
Sana24.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1294035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Banklarda naqd pulsiz hisob mustaqil ish

4. To‘lov talabnomasi bilan hisob-kitoblar hisobi


To‘lov talabnomasi bunda mablag’ oluvchi mablag’ to’lovchi hisobvarag’idan kerakli summani o’zining hisobvarag’iga o’tkazish to’g’risidagi talabi hisoblanadi.

To‘lov talabnomasi faqatgina bankning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga berilishi lozim, bundan chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlariga taqdim etiladigan to‘lov talabnomalari mustasno.


To‘lov talabnomasi tovarlar (ishlar, xizmatlar), shuningdek mablag‘larni oluvchi hamda to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilishi mumkin.



Qog‘oz shakldagi to‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchi tomonidan ikki nusxada tuzilgan reyestr bilan birga unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka yoki to‘lovchining bankiga taqdim qilinadi.
Reyestrning birinchi nusxasi tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolangan hamda tashkilot muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak, bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim qilingan reyestrda muhr izining mavjudligi talab etilmaydi. Reyestrning birinchi nusxasi qabul qilish sanasi ko‘rsatilib, bank mas’ul xodimining imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qo‘yilgan bank shtampi bilan tasdiqlangan holda bankda qoladi.
Reyestrning ikkinchi nusxasi bank tomonidan qabul qilingan sanasi ko‘rsatilib, mas’ul xodimning imzosi va bank tomonidan unga biriktirib qo‘yilgan bank shtampi bilan tasdiqlangan holda mablag‘larni oluvchiga qaytariladi.


  • Qog‘oz shaklidagi akseptli to‘lov talabnomalari:

  • birinchi nusxasi bankda qoldiriladi;

  • ikkinchi nusxasi keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay (bundan to‘lovchi yoki uning vakili belgilangan muddatda bankka tashrif buyurmagan hollar mustasno), bank tomonidan qabul qilish sanasi ko‘rsatiladi va akseptlash uchun to‘lovchi yoki uning vakiliga topshiriladi.

Akseptli to‘lov talabnomasining nusxasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga kelib tushgan kundan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmasdan, mablag‘larni to‘lovchi yoki uning vakiliga “To‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari” jurnalida va ushbu to‘lov talabnomasi birinchi nusxasining yuqori o‘ng burchagiga imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi. Bunda topshirilgan akseptli to‘lov talabnomasi 1-son kartotekada( K1) hisobga olinadi.
….
Tizim orqali topshirilgan akseptli to‘lov talabnomalarining olinganligi mablag‘larni to‘lovchi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi. Bunda ushbu to‘lov talabnomalarining hisobi elektron shakldagi “To‘lov muddatini kutayotgan to‘lov hujjatlari” jurnalida yuritiladi hamda 1-son kartotekada hisobga olinadi.
Akseptli to‘lov talabnomalarini akseptlash muddati ular mablag‘larni to‘lovchiga topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab besh operatsiya kunini tashkil qiladi.
Bunda mablag‘larni to‘lovchining arizasiga asosan akseptli to‘lov talabnomalari ular topshirilgan kundan keyingi kundan boshlab o‘n operatsiya kuni ichida akseptlanishi mumkin.
Akseptli to‘lov talabnomasi kelib tushgan kundan boshlab o‘n operatsiya kuni ichida bank tomonidan mablag‘larni to‘lovchiga topshirish imkoni bo‘lmagan, shu jumladan ushbu muddatda mablag‘larni to‘lovchi Tizimga kirmagan hollarda to‘lov talabnomasiga bank tomonidan “Mijozning kelmaganligi sababli ijro etilmadi” degan yozuv kiritiladi va ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling