Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish va ularning hisobi


Akseptli to‘lov talabnomasi to‘lovchining ruxsati bilan ijro qilinadi


Download 0.96 Mb.
bet7/9
Sana24.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1294035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Banklarda naqd pulsiz hisob mustaqil ish

Akseptli to‘lov talabnomasi to‘lovchining ruxsati bilan ijro qilinadi. Debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi, yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar) bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomaning to‘lov talabnomasiga ilova qilinishi mablag‘larni akseptsiz ravishda hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lmaydi.
Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, to‘lov talabnomasi akseptlangan summa doirasida 2-son kartoteka ( K2 )da hisobga olinadi.
Mablag‘larni to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasini akseptlash to‘la rad etilganda, to‘lov talabnomasi shu kunning o‘zida 1-son kartotekadan hisobdan chiqariladi hamda to‘lov talabnomasini akseptlashni to‘la rad etish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi bilan birga mablag‘larni oluvchining bankiga ijro etilmasdan keyingi operatsiya kunidan kechikmagan holda qaytarib yuboriladi.
Mablag‘larni to‘lovchi belgilangan muddatda to‘lov talabnomasini akseptlashi yoki rad etishi (to‘liq yoki qisman) to‘g‘risida ma’lum qilmagan taqdirda, to‘lov talabnomasi bank tomonidan umumiy tartibda akseptlangan hisoblanadi hamda to‘lov amalga oshiriladi.



  • Mablag‘lar quyidagi hollarda akseptsiz hisobdan chiqariladi:

  • to‘lov talabnomasiga mablag‘larni to‘lovchining summani tan olganligi to‘g‘risidagi yozma xatining asl nusxasi ilova qilinganda;

  • banklar tomonidan mablag‘larni to‘lovchining bankiga uning kreditlari va ularga hisoblangan foizlari bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlarni undirish uchun;

  • bankdan olingan kreditlar va ularga hisoblangan foizlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzdorlikni kafil bo‘lgan shaxsdan undirish uchun, bundan kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan hollar mustasno;

  • qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Qog‘oz shakldagi akseptsiz to‘lov talabnomalari bankka:
mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bankning bitta filiali tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi;
mablag‘larni to‘lovchi va oluvchiga bir bankning turli filiallari yoki turli banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov talabnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda to‘lov talabnomasi mablag‘larni oluvchining bankiga taqdim qilingan bo‘lsa, uning barcha nusxalari mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi.
Mablag‘larni to‘lovchining banki akseptsiz to‘lov talabnomalari asosida mablag‘larni hisobdan chiqarganda, to‘lov talabnomasi old qismining yuqori o‘ng burchagiga “Akseptsiz” degan yozuv kiritadi va to‘lovni amalga oshiradi.



  • Akseptlangan, qisman akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomasi asosida to‘lov amalga oshirilgandan keyin, mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan to‘lov talabnomasining:

  • birinchi nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikiladi;

  • ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birgalikda to‘lovchiga beriladi. Bunda, to‘lov talabnomasining nusxasini mablag‘larni to‘lovchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.


Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ bo‘lmagan taqdirda, akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomalari bank tomonidan 2-son kartotekada hisobga olinadi va mablag‘larning yetarli bo‘lgan qismi doirasida to‘lov amalga oshiriladi, bunda to‘lov talabnomasining orqa tomonida qisman to‘lov amalga oshirilgan sana, qisman to‘langan summa va qoldiq ko‘rsatilib, imzo qo‘yiladi. To‘lov talabnomasi bo‘yicha summaning qolgan qismi mablag‘larning kelib tushishiga qarab to‘lab boriladi.


Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, akseptlangan yoki akseptsiz to‘lov talabnomalari 2-son kartotekada hisobga olinadi hamda bu haqda uch operatsiya kunidan kechikmay mablag‘larni oluvchining bankiga xabar beriladi va mablag‘larning kelib tushishiga qarab to‘lab boriladi.
Tizim orqali taqdim qilingan to‘lov talabnomalari asosida amalga oshirilgan qisman to‘lovlar hisobi dasturiy ravishda yuritiladi.

  • Akseptli va akseptsiz to‘lov talabnomalarining 2-son kartotekadan hisobdan chiqarilishi sud qaroriga, mablag‘larni oluvchining arizasiga va mablag‘larni oluvchining faoliyati tugatilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomaga asosan amalga oshiriladi hamda ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.

Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan elektron shakldagi to‘lov talabnomalari ro‘yxat ko‘rinishida chop etiladi va bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi.
Elektron shakldagi to‘lov talabnomasining nusxasini mablag‘larni oluvchiga uning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilgan holda taqdim etish tartibi mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
To‘lov talabnomasi bitta operatsiya bo‘yicha takroran taqdim etilishi mumkin emas, bundan dastlabki to‘lov talabnomasi mablag‘larni to‘lovchining bankiga kelib tushmagan hollar mustasno.

3-rasm. . Tijorat banklarda qo’llaniladigan


o’lov talabnoma to’lov hujjati

  • Davlat korxonasi olingan tovarlar uchun pulini o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun uning hisob raqam iga to‘lov talabnom asi kelib tushdi.

Debet - 20210 - “Davlat korxona, tashkilot va m uassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari”
Kredit - 10103 “Bankning M arkaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i” yoki 20xxx - mol oluvchining hisob raqami.



  • Ishlab chiqarish korxona nomiga boshqa bankdagi mijozdan to’lov talabnoma kelib tushdi:

Debet - 20210 - “Davlat korxona, tashkilot va m uassasalarining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari”
Kredit - 10301 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro



  • To‘lov talabnomasini 1-kartotekaga joyla shtirishda quyidagi balansdan tashqari provodka bajariladi:

Debet - 90962 “To‘lov m uddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”
Kredit - 96319 “To‘lov m uddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo ‘yicha kontr-hisobvaraq”



  • Mijoz hisobraqamida pul mablag ‘i mavjud bo‘lsa 1-kartotekadagi to‘lov talabnomasining o‘zi kartotekadan olinadi va hisobdan chiqariladi:

Debet - 96319 “To‘lov m uddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari
bo ‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kredit - 90962 “To‘lov m uddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari”

  • Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirganda to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmaganda to‘lov hujjatlari bankning ikkinchi kartotekasiga kirim qilinadi. Talabnoma 2-kartotekaga jo ylashtirilganda balansdan tashqari ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:

Debet - 90963 “Muddatda to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlar”
Kredit - 96321 “Muddatda to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”



  • Mijoz hisobraqamiga pulmablag ‘i kelib tushganda teskari provodka berish orqali op eratsiya oxiriga etkaziladi:

Debet - 96321 “Muddatda to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”
Kredit - 90963 “Muddatda to‘lanmagan hisob-kitob hujjatlar”

Undan so‘ng quyidagi operatsiya amalga oshiriladi.


Debet - 202xx - to ‘lovchining talab qilguncha saqlanadigan depozit
hisob varaq raqami;
Kredit - 10103 “Bankning M arkaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i”
yoki 20xxx - mol oluvchining hisob raqami.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling