Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish va ularning hisobi
Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar
Download 0.96 Mb.
|
Banklarda naqd pulsiz hisob mustaqil ish
2.Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar
Memorial order bu bankning eng sodda va hech qanday e’tirozlarsiz qabul qilinadigan to’lov hujjat hisoblanadi. Memorial order asosan quyidagi hollarda qo’llanilish maqsadga muvofiq bo’ladi: mijozlar bilan bog‘liq bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda; bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha hisob-kitoblarda; banklarning ichki operatsiyalarida; to‘lov hujjatlari bo‘yicha qisman to‘lov amalga oshirilganda; ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshirilganda; mijozning qarzdorlik mablag‘larini qoplashda, agar ushbu talab bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa; buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda; jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) yozma murojaati bo‘yicha mablag‘larni naqd pulsiz shaklda o‘tkazishni amalga oshirishda, bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, mazkur murojaat memorial order bilan birga bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; - mijozlar bilan tuziladigan shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Bankda 2-son kartotekaga kirim qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha qisman to‘lov avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Bunda memorial orderlarning “To‘lov maqsadi” grafasida qisman to‘lov amalga oshirilganligini bildiruvchi “Q/t” belgisi, to‘lov hujjatining raqami, sanasi va dastlabki summasi ko‘rsatiladi. Bank to‘lovchi sifatida qatnashganda va buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda foydalanadigan memorial orderlar bank rahbarining va bosh buxgalterning imzolari (shu jumladan elektron raqamli imzolari) bilan tasdiqlanishi lozim. Boshqa hollarda memorial orderlar mazkur operatsiyani amalga oshirgan mas’ul xodimlarning (bek-ofis boshlig‘i, yetakchi buxgalter) imzolari (shu jumladan, elektron raqamli imzolari) bilan tasdiqlanadi. Memorial orderlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalarning to‘g‘riligi bo‘yicha javobgarlik mazkur to‘lov hujjatlarini imzolagan shaxslar zimmasiga yuklatiladi Mablag’ oluvchining banki hisobvarag’iga pul kelib tushganda quyidagicha provodka beriladi: D ebet29804 - «Boshqa bank m ijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari» (16103 - «Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisobkitoblar bo ‘yicha olinadigan m ablag‘lar» hisobvarag‘i orqali); Kredit 20208 - «Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i»; Boshqa bank mijozlariga tegishli bo’lgan naqd pullar bo’yicha mablag’lar qayta sanash kassasida sanab b o ‘lingandan keyin, elektron memorial ordershakllantirilib, vakillik hisob varag ‘idan shu kunning o‘zida, elektron to‘lov tizimi orqali, ularning hisobvaraqlariga o ‘tkazib beriladi va quyidagi buxgalteriya o ‘tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 29804 - «Boshqa bank m ijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari»; Kredit 20xxx «Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i»; Kredit 22624 - «Savdo korxonalarining maqsadli m ablag‘lari» tegishli 1-rasm. Tijorat banklarda qo’llaniladigan memorial order to’lov hujjati Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling