Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish va ularning hisobi


aksept — to‘lovchining, to‘lov uning hisobidan amalga oshirilishiga roziligi yoki qarzdorlikni tan olganligi; operatsiya kuni


Download 0.96 Mb.
bet2/9
Sana24.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1294035
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Banklarda naqd pulsiz hisob mustaqil ish

aksept — to‘lovchining, to‘lov uning hisobidan amalga oshirilishiga roziligi yoki qarzdorlikni tan olganligi;
operatsiya kuni — to’lovlarni qabul qilish va ularga amaliy jihatdanoperatsiyalarni amalga oshiriladigan vaqtning davri;
masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi (bundan buyon matnda Tizim deb yuritiladi) — bankda hisobvarag’i bor shaxslarning elektron xizmatlardan foydalanish uchun to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalari, raqamli va axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot va uskunalar majmui;
mablag‘larni oluvchi — pul mablag‘larini oluvchi shaxs;
mablag‘larni oluvchining banki — mablag‘larni oluvchining pul mablag‘lari kirim qilinadigan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
mablag‘larni to‘lovchi — to‘lov kimning hisobidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs;
mablag‘larni to‘lovchining banki — mablag‘larni to‘lovchining pul mablag‘lari hisobdan chiqariladigan hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
mablag‘larni to‘lovchining identifikatsiya raqami — yuridik shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan to‘lov hujjatlarida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami va jismoniy shaxslar to‘lovchi sifatida ishtirok etadigan to‘lov hujjatlarida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ko‘rsatiladigan to‘lov hujjatining rekviziti (8 raqamdan iborat identifikatsion raqam);
shaxsiy varaqcha — tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun imzolar namunalari qo‘yilgan, boshqa yuridik shaxslar uchun imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan varaqcha
shaxsiy vaqarcha asosan yuruduk shaxslar ya’ni korxonaning rahbari yoki buxgalteri tomonidan to’ldiriladigan va toki korxonaning ma’lumotlari (rahbari, buxgalteri, korxona imzosi, korxona nomi va vh)lar o’zgarmaguncha banda saqlanadigan hujjat;
elektron to‘lov vositalari — axborotni o‘z ichiga olgan va to‘lovchiga to‘lovni amalga oshirish, shuningdek to‘lovchi bilan elektron to‘lov vositalarining emitenti o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan bank kartasi yoki boshqa elektron jism.
To’lov hujjatlarining rekvezitlari. To’lov hujjatlarining rekvezitlari to’liq va bexato bo’lishi lozim . to’lov hijjatlarini taqdim qilayotganda bank hodimi tekshirib, to’g’riligini tasdiqlagandan so’nggina to’lov operatsiyasini amlaga oshirishi mumkun. Bunda quyidagi rekvezitlar bo’lishi shart:

  • to‘lovning turi;

  • hujjatning sanasi;

  • mablag‘larni to‘lovchining to‘liq nomi va pochta manzili;

  • mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i;

  • to‘lov summasi;

  • valyuta kodi;

  • to‘lov maqsadi;

  • to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq bank komission xarajatlari;

  • mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;

  • mablag‘larni to‘lovchining banki pochta manzili (mamlakat, shahar);

  • mablag‘larni to‘lovchining banki maxsus kodi;

  • mablag‘larni oluvchining banki nomi;

  • mablag‘larni oluvchining banki pochta manzili (mamlakat, shahar);

  • mablag‘larni oluvchining banki maxsus kodi;

  • mablag‘larni oluvchi bankining mablag‘larni to‘lovchining bankidagi hisobvarag‘i;

  • mablag‘larni oluvchining to‘liq nomi va pochta manzili;

  • mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘i;

  • mablag‘larni to‘lovchining oluvchiga xabari.

To‘lov hujjatidagi to‘lov summasi raqam va so‘z bilan yoziladi, bunda to‘lov summasini so‘z bilan yozilganda birinchi so‘z katta harf bilan va tiyin raqam bilan yoziladi

To‘lov hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladi. To‘lov hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.


To‘lov hujjatlari shaxsiy varaqchaga imzo qo‘ygan shaxslar tomonidan imzolanishi shart. To‘lov hujjatlarini faksimile usulida nusxa ko‘chirish vositalaridan foydalangan holda imzolash taqiqlanadi.
To‘lov hujjatlarining nusxalari, shuningdek mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish amalga oshiriladigan elektron shakldagi to‘lov hujjatlari mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim tomonidan imzolanadi.
Mijozning hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul xodim to‘lov hujjatini to‘lovga qabul qilish va mablag‘larni to‘lash sanalarini ko‘rsatadi hamda o‘ziga biriktirilgan bank shtampi bilan tasdiqlaydi.






Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling