Banklarni tugatish Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari Aktivlarni baholash va sotish


Download 30.53 Kb.
bet4/7
Sana01.04.2023
Hajmi30.53 Kb.
#1315584
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Banklarni tugatish

Moddiy nazorat va inventarlash
Kelib tushayotgan barcha depozitlar va garov xatlari ijro etilmay, bank tugatilayotgani haqidagi xabarnoma bilan jo‘natuvchiga qaytarilishi shart.
Tugatish jarayoni boshlangach, tugatuvchi bank mulkini inventarlashni tashkil etishi va oraliq balansni tuzishi shart.
Markaziy bank tomonidan bankni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab tugatuvchi bank aktivlari ustidan jismoniy nazoratni ta’minlashi shart. Bu quyidagilarni anglatadi:
a) xavfsizlik xizmati, militsiya organlari va boshqa mavjud vositalardan foydalangan holda bank binolari va jihozlari butligini ta’minlash;
b) qimmatbaho buyumlar, shu jumladan, naqd pul, qimmatli qog‘ozlar, avtomobillar va san’at asarlarini tugatuvchining ixtiyoriga o‘tishi;
v) eshik qulflarini almashtirish;
g) bank hujjatlari va mulkidan foydalanishni nazorat qilish maqsadida qo‘riqlash xizmatini almashtirish.
Firibgarlik yoki jinoiy faoliyat to‘g‘risida shubha tug‘dirayotgan hollar (ayniqsa chet el valyutasi hisobvaraqlarida) aniqlansa, likvidator zarur choralar ko‘rish uchun bu haqda zudlik bilan Markaziy bankka tegishli chora ko‘rish uchun ma’lum qilishi zarur.
Bankning barcha ishlari nihoyasiga yetkazilishi, jumladan bankning tugatish jarayoni boshlangunga qadar ssudalarni qoplash uchun olingan mablag‘lar va harakatsiz depozitlar, yordamchi va bosh daftarlarga kiritilishi shart.
Bankning so‘nggi ish kuniga yakuniy balans tayyorlanishi lozim.
Likvidator Markaziy bankning bank joylashgan erdagi hisob-kitob-kassa markazida “X banki tugatilmoqda” degan maxsus tugatish hisobvarag‘ini ochadi. Chet el valyutasi ular uchun mo‘ljallangan alohida tugatish hisobvaraqlarida saqlanishi zarur. Bank resurslari ushbu hisobvaraqlarga o‘tkaziladi. Faqat likvidator tugatish hisobvaraqlaridan foydalanishning mutlaq huquqiga ega.
Aktivlarni sotishdan tushgan barcha tushumlar tugatish hisobvaraqlarida saqlanadi.
Likvidator bankning vakillik hisobvaraqlari, ayniqsa chet el banklaridagi hisobvaraqlar ustidan alohida nazorat o‘rnatishi zarur. Likvidator bank mablag‘lari saqlanayotgan barcha respublika va chet el moliya muassasalariga bank tugatilayotgani hamda ularning mablag‘larini o‘tkazish faqat likvidatorning ruxsati bilangina amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berishi kerak. Bunday xabarlar shoshilinch ravishda berilishi lozim. Yozma xabarlarni jo‘natishdan oldin ularni oluvchilarga bu haqda telefon orqali ma’lum qilish kerak. Agarda bank filiallari yoki chet el hisob raqamlarida mablag‘lar mavjud bo‘lsa, ularni telegraf orqali “X bank tugatilmoqda” — tugatish hisobvarag‘iga o‘tkazish lozim.

Download 30.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling