Banklarni tugatish Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari Aktivlarni baholash va sotish
Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari
Download 30.53 Kb.
|
Banklarni tugatish
Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari
Likvidator tayinlangan vaqtdan boshlab unga bank ishlarini boshqarish vakolatlari o‘tadi. Likvidator tayinlangan vaqtdan boshlab va Markaziy bank bilan kelishilgan holda uning zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi: a) bank aktivlari va passivlarini to‘liq nazorat qilish; b) bank ishlarini boshqarish bilan bog‘liq javobgarlik; v) kreditorlar talablarini eng yuqori ravishda qondirilishini ta’minlovchi narxda bank aktivlarini sotish; g) har uch oyda kamida bir marta tugatish jarayoni, jumladan, sotilayotgan aktivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni batafsil aks ettiradigan muntazam hisobotlarni tuzish hamda bu hisobotlarni Markaziy bankka taqdim etish. Likvidator noqonuniy yoki atayin noto‘g‘ri qilingan harakatlar (harakatsizlik) natijasida bankka keltirilgan zarar uchun javobgardir. Likvidator tugatish bilan bog‘liq me’yordagi operatsiya tavakkalchiligi toifasiga kiruvchi zararlar uchun javob bermaydi. Likvidator quyidagi huquqlarga ega: a) bank aktivlarini aniqlash hamda tugatish maqsadlarini hisobga olgan holda mulk egasi va bank boshqaruvi organlari vakolatlari doirasida ularni tasarruf etish; b) bank nomidan tugatish ishlari va bank faoliyatini yakunlash maqsadlariga muvofiq bank rahbariyati vazifalarini bajarish; v) bank aktivlari va mulkini zaxiraga olish; g) bank hujjatlari va mulki, shuningdek garov ta’minoti sifatida berilgan boshqa mol-mulk butligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish; d) tugatish jarayonini amalga oshirish uchun mustaqil mutaxassislar tarkibidan xodimlarni, shuningdek o‘z xohishiga ko‘ra bank xodimlarini (qorovullardan tortib malakali maslahatchilargacha) shartnoma asosida yollash. Bank kreditorlari bu jarayonga xodimlar sifatida jalb etilishi mumkin emas; e) tugatilayotgan bankning moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda, mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimlarga ish haqi va boshqa to‘lovlarni belgilash; j) sudda tugatilayotgan bank nomidan qatnashish; z) omonatchilar va kreditorlarning talablarini qondirish uchun mablag‘lar yetishmasa tugatuvchi bank mulkini sotish huquqiga ega; i) bank nomidan talablar qo‘yish, bank kreditorlari talablarining qonuniyligini aniqlash va qonuniy deb topilgan talablarni qondirish. Likvidator tayinlangunga qadar oxirgi uch oy davomida kreditorlarning biriga yoki bank bilan aloqador istalgan shaxsga imtiyoz berish maqsadida amalga oshirilgan to‘lovlar va boshqa aktiv operatsiyalar likvidator tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, omonatlarni olish, ish haqiga doir oddiy to‘lovlar yoki boshqa mukofotlar bundan mustasno. Bu holda tugatuvchi amalga oshirilgan to‘lov yoki bankning boshqa aktiv operatsiyalari haqiqiy emas deb tan olinishi to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat qiladi. Download 30.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling