Banklarni tugatish Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari Aktivlarni baholash va sotish
Download 30.53 Kb.
|
Banklarni tugatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 11-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 626]
BANKLARNI TUGATISH rEJA: Banklarni tugatish Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari Aktivlarni baholash va sotish Omonatchilar va kreditorlar talablarini qondirish BANKLARNI TUGATISH TO‘G‘RISIDA NIZOM [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 11-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 626] Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va bankdan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya qaytarib olingan hollarda banklarni tugatish tartibini belgilab beradi. bankni tugatish — boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga huquqiy vorislik tartibida huquqlar va majburiyatlar o‘tmagan holda bank faoliyatini tugatish; tugatuvchi yoki tugatish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda tugatuvchi) Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanadi. Tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank va uning bank joylashgan manzil bo‘yicha hududiy Bosh boshqarmasi mutaxassislari kiritilishi mumkin. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida ko‘zda tutilgan asoslar va tartib bo‘yicha, bank qonunchiligi va mazkur Nizom bilan belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda tugatiladi. Tugatish jarayonining maqsadi bank omonatchilari va kreditorlari talablarini tezlik bilan qondirishdan iborat. -bank ixtiyoriy yoki majburiy ravishda tugatilishi mumkin (Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya chaqirib olinganida). -litsenziya chiqarib olinganligi haqidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim. Banklarni tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: a) bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasi Markaziy bank tomonidan chaqirib olinishi; b) Markaziy bank ruxsati mavjud bo‘lgan holda aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi qarori. -bank tugatilganda, unga berilgan bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya Markaziy bank tomonidan chaqirib olinadi. -bankni tugatish jarayoni Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan boshlangan deb hisoblanadi. Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori u qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Qaror u qabul qilingan kuni bank rahbariyatiga (mazkur qarorni olganligi to‘g‘risida) imzo qo‘ydirilgan holda topshiriladi. -Bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin, Markaziy bank Banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobiga bankda tugatish jarayoni ketayotganligi to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi. -Tugatuvchi bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olingan kundan so‘ng ikki oy mobaynida kreditorlarni aniqlash va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki majburiy zaxiralar jamg‘armasida depozitga o‘tkazilgan debitorlik qarzlari va mablag‘larni olish choralarini ko‘radi. Ko‘rsatilgan mablag‘lar birinchi navbatda tugatilayotgan bankning fuqarolar omonatlari bo‘yicha qarzlarini to‘lashga yo‘naltiriladi. Tugatilayotgan bankning Markaziy bank majburiy zaxiralar hisobvarag‘ida hisobda turgan mablag‘lari tugatuvchi tomonidan bankni tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma taqdim etilganidan so‘ng uch kunlik muddatda tugatilayotgan bank joylashgan erdagi Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi huzuridagi Hisob-kitob-kassa markazida ochiladigan bankning tugatish hisobvarag‘iga qaytariladi. -Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish jarayoni yakunlanishiga qadar quyidagi cheklashlar belgilanadi: a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, boshqa organlar va bank mansabdor shaxslarining vakolatlari, jumladan mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni so‘ndirish bo‘yicha vakolatlari, shuningdek ularning bankni boshqarish huquqlari to‘xtatib qo‘yiladi. Bunda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining tugatuvchining hisobotlarini maslahatli tarzda muhokama qilish, tugatish balansini tasdiqlash hamda tugatuvchini tayinlash va qayta tayinlash huquqlari saqlanib qoladi; b) tugatilayotgan bank nomidan yoki uning hisobidan amalga oshirilgan harakatlar ular faqat likvidator tomonidan bajarilgan holdagina yuridik kuchga ega bo‘lishi mumkin; v) bankning barcha qarz majburiyatlari muddati o‘tgan hisoblanadi; g) tugatilayotgan bankning majburiyatlari, jumladan bank omonatlari va/yoki bank hisobvaraqlariga oid shartnomalar bo‘yicha foizlarni, shuningdek neustoykalarni hisoblash tugatiladi; d) tugatilayotgan bank ishtirokida sudda ko‘rilayotgan mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan bo‘lsa to‘xtatiladi; e) bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan barcha talablar faqat likvidator nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin; j) tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga oid sudning ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan navbat tartibida ijro etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi. Bankni tugatish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: moddiy nazorat va inventarlash; aktivlarni tekshirish; aktivlarni baholash va sotish; sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish; tugatish jarayonini yakunlash. Markaziy bank bankni tugatish jarayonini nazorat qilib turishi shart. Ushbu maqsadlarda Markaziy bank muntazam ravishda bank aktivlarini baholash, bu aktivlarni tugatish va daromadlarni taqsimlash to‘g‘risida hisobotlar olib turadi. Likvidator, ekspertlar va tugatish jarayonida band bo‘lgan boshqa shaxslar faoliyatiga haq to‘lash shartlari likvidator tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan tugatish rejasida qayd etiladi. Bankni tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. Banklarni tugatishga doir xarajatlarni Markaziy bank tomonidan moliyaviy ta’minlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Tugatilayotgan bank majburiyatlariga doir hisob-kitoblarni bajarishda tugatish bilan bog‘liq xarajatlar navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi. Likvidator yoki tugatish komissiyasi a’zolari tomonidan amaldagi qonunchilik buzilgan hollarda, Markaziy bank boshqa likvidator yoki tugatish komissiyasi a’zolarini tayinlashni talab qilishga haqli. Bank tugatilguniga qadar u Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi va Markaziy bank uni tekshirib turish huquqiga egadir. Markaziy bankning bankni ixtiyoriy tugatilishini rad etishi, shuningdek bankni majburiy tugatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin. Download 30.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling