Banklarni tugatish Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari Aktivlarni baholash va sotish
Omonatchilar va kreditorlar talablarini qondirish
Download 30.53 Kb.
|
Banklarni tugatish
Omonatchilar va kreditorlar talablarini qondirish
Lavozimga tayinlanganidan keyin ikki ish kuni mobaynida tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida, shuningdek bankning korporativ veb-saytida bank tugatilganligi, jumladan uning kreditorlari tomonidan talablar to‘g‘risidagi arizalarni taqdim etish tartibi va muddatlari haqida e’lon berishi lozim. Talablarni taqdim etish muddati bank tugatilganligi haqidagi xabar e’lon qilingan sanadan boshlab 2 oyni tashkil etadi, ushbu muddat tugaganidan keyin tugatuvchi tomonidan talablar qabul qilinmaydi. Tugatuvchi shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bog‘liq ma’lumotlarni belgilangan tartibda oshkor qilishi shart. Likvidator bankni tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risida barcha kreditorlar va omonatchilarni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda tugatuvchi xabarnomada ularning shaxsiy hisobvaraqlarida qayd etilgan qarz yoki omonat miqdorini ko‘rsatadi. Xabarnomada likvidator da’volarni berish muddatini ma’lum qiladi. Ushbu muddat tugagach, da’volar qabul qilinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi. Kreditorlar va tugatilayotgan bankning o‘zaro majburiyatlari mavjud bo‘lsa, ular o‘zaro qoplanishiga yo‘l qo‘yiladi. O‘zaro qoplash quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi: o‘zaro qoplash faqat to‘lov muddati yetib kelgan majburiyatlar bo‘yicha ruxsat etiladi; biron bir majburiyat bo‘yicha e’tiroz bildirilmaydi; ikkala tomon ham qarzni inkassatsiya qilish va to‘lash huquqiga ega bo‘lishi shart; avtomatik ravishda o‘zaro qoplashga yo‘l qo‘yilmaydi, tomonlar bir-biriga ariza bilan murojaat qilishlari shart; turli valyutalardagi majburiyatlarning o‘zaro qoplanishi Markaziy bankning uni bajarish kunidagi ayirboshlash kursi bo‘yicha amalga oshiriladi; bankka aloqador shaxslar bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, ularga bankning boshqa qarzdorlariga qo‘yilayotgan talablar qo‘yiladi; bog‘liq shaxslarga berilgan qarzlarga oid majburiyatlarning o‘zaro qoplanishiga ruxsat etilmaydi; aksiyadorning aksiyadorlik kapitalini to‘lashga doir bank oldidagi majburiyatlari bankning ushbu aksiyador oldidagi boshqa majburiyatlari bilan qoplanishi mumkin emas. O‘zaro qoplashda omonatchilar va kreditorlar talablarini qondirish navbati hisobga olinadi. Bank tugatilayotganda uning kreditorlari talablari amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda qondiriladi. Jismoniy shaxs bo‘lgan omonatchilar tugatishdan kelib tushgan tushumlar hisobiga o‘z omonatlarini olishda ustuvorlikka egadirlar. Tugatilayotgan bankning mulki bir navbatdagi barcha talablarni to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, mavjud mablag‘lar amaldagi qonunchilikka muvofiq kreditorlar o‘rtasida taqsimlanadi. Quyidagi hollarda kreditorlarning talablarini qondirishdan bosh tortilishi mumkin: a) talabnomalar belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng olingan bo‘lsa; b) tugatuvchi tomonidan asossiz deb topilgan bo‘lsa. Likvidator kreditorlar tomonidan talablarni bildirish muddati tugaganidan so‘ng kreditorlar talablarini qondirishga doir quyidagi choralarni ko‘rishi lozim: qabul qilingan talablar ro‘yxatini tuzish; tugatuvchi tasdiqlamagan talablarni rad etish; har bir kreditor qarzi miqdori va talablarni to‘lash ketma-ketligini belgilash; kreditorga ularning talablari qabul qilinganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida ma’lum qilish; oraliq balansni tuzish. Kreditorlar talablarini qondirish rad etilganligi to‘g‘risida ularning manziliga yozma tarzda xabarnoma jo‘natiladi. Kreditor talablarini qondirish rad etilgan yoki uni ko‘rib chiqishdan bosh tortilgan holda u likvidatorga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat qilishi mumkin. Tugatilayotgan bankning pul mablag‘lari kreditorlar talablarini qondirish uchun mavjud bo‘lmasa, tugatish komissiyasi sud qarorlari ijrosi uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali bank mulkini sotadi. Tugatilayotgan bankning mulki yetarli bo‘lmaganligi tufayli kreditorning qondirilmagan talablari to‘langan hisoblanadi. Shuningdek kreditor da’vo bilan sudga murojaat qilmagan bo‘lsa, tugatuvchi tomonidan tan olinmagan hamda sud qarori bilan kreditorning talablari qondirilishi rad etilgan talablar to‘langan hisoblanadi. Kreditorlar talablari qondirilganidan so‘ng qolgan bank mulki qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlash uchun bank aksiyadorlariga beriladi. Download 30.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling