Banklarni tugatish Tugatuvchining vakolatlari va majburiyatlari Aktivlarni baholash va sotish


Download 30.53 Kb.
bet2/7
Sana01.04.2023
Hajmi30.53 Kb.
#1315584
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Banklarni tugatish

Ixtiyoriy tugatish
Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish kreditorlar va omonatchilar oldida majburiyatlar bajarilishini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Markaziy bankning ixtiyoriy tugatish uchun ruxsatnomasini olganidan so‘ng tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida, shuningdek bankning korporativ veb-saytida bank tugatilayotganligi, jumladan uning kreditorlari tomonidan talablar to‘g‘risidagi arizalarni taqdim etish tartibi va muddatlari haqida e’lon berishi lozim. Tugatuvchi shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorida tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish bilan bog‘liq ma’lumotlarni belgilangan tartibda oshkor qilishi shart.
Talab qilinayotgan barcha choralar bajarilgach, tugatish komissiyasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlaganidan so‘ng 7 kun ichida Markaziy bankka hisobot va tugatish balansini taqdim etishi lozim.
Majburiy tugatish
Bankni majburiy tarzda tugatish Markaziy bankning bank litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Markaziy bankning litsenziyani qaytarib olish to‘g‘risidagi qaroriga asosan bankni majburiy ravishda tugatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
a) passivlarning aktivlardan oshib ketishi tufayli bankning to‘lovga layoqatsiz bo‘lib qolishi;
b) litsenziya berilishiga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligining aniqlanishi;
v) bank o‘z omonatchilari yoki boshqa kreditorlari oldidagi majburiyatlarni bajarishga layoqatsizligi;
g) hisobot ma’lumotlarining muntazam ravishda buzib ko‘rsatilishi;
d) qonunchilikka hamda omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi litsenziya shartlariga zid bo‘lgan bank operatsiyalarining amalga oshirilishi;
e) litsenziya berilgan vaqtdan boshlab bir yildan ortiq muddatda bank operatsiyalarini bajarishni kechiktirish;
j) monopoliyaga qarshi qoidalarning buzilishi;
z) O‘zbekiston Respublikasi hududida shu’ba bankni tashkil etgan xorijiy davlat bankining litsenziyasi chaqirib olinishi;
i) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi.
Mazkur Nizom maqsadlarida bank tomonidan yo‘l qo‘yilgan omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soluvchi tartibbuzarliklarga quyidagilar kiradi:
a) amaldagi qonunchilik va Markaziy bank me’yoriy hujjatlarining buzilishi;
b) xavfli yoki nosog‘lom bank faoliyatining yuritilishi;
v) bankning Markaziy bank ko‘rsatmalarini atayin va uzoq muddat bajarmasligi;
g) bank tomonidan hujjatlar yoki yozishmalarning Markaziy bank inspektorlaridan yashirilishi yoki bank nazorati xizmatiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortilishi.
Bank faoliyati omonatchilar va kreditorlar manfaatlariga real xavf soladi deb tan olinadi, agar:
bank kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti darajasi Markaziy bank belgilagan ushbu iqtisodiy me’yorning 75 foizidan kam bo‘lishi;
bank ketma-ket keluvchi har uch chorakda bank regulyativ kapitalining 10 foizidan yoki vaqtdan qat’i nazar regulyativ kapitalning 50 foizidan ortiq miqdorda potensial zarar ko‘rishi yoki ko‘rishi mumkin ekanligi;
boshqa hollar omonatchilar va kreditorlarning bankka ishonib topshirgan mablag‘lari butligiga real xavf solsa.

Download 30.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling